Nu’monov Mirjalol Abdumalik o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chigitni samarali linterlash jarayonini takomillashtirilgan konstruksiyali aralashtirgich bilan ishlab chiqish” 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T2917
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Qadam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.66.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Sarimsaqov Olimjon Sharipjanovich texnika fanlari doktori, professor (05.06.02), Sulaymanov Rustam Shenikovich texnika fanlari doktori, professor (05.06.02)
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chigitni samarali linterlash jarayonini amalga oshiradigan takomillashtirilgan linterni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
linter ish unumdorligining arrali silindrdagi arra tishlari bilan aralashtirgich parraklari orasidagi chigitlar oqimiga ta’sirlashuv zonasi kattaligiga bog‘liq o‘zgarishini hisobga olgan holda aralashtirgich parraklari uchlarini chigitli valik aylanishi tomon bukilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
aralashtirgich parrak uchlarini chigitli valik aylanishi tomon bukilishi natijasida ularni chigit oqimi bilan ta’sirlashuv zonasi oshishi hisobiga linterlash zonasida chigit sirtidan momiqni qirib olishning jadallashishidan linterlar sonini amaldagidan kam bo‘lishini ta’minlaydigan aralashtirgich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
samarali linterlash jarayoni, chigit va momiq sifatining yaxshilanishi aralashtirgich parrak uchlarini bukilish burchagini, bukilish uzunligini, parrak uchlari bilan arrali silindr oraliq masofasini inobatga olgan holda aniqlangan va aralashtirgichning ratsional parametrlari asoslangan;
chigitni linterlash uskunasining konstruktiv va texnologik o‘lchamlari, aralashtirgichdagi bukilgan parrak uchlarini parametrlari, parrak uchlari bilan arrali silindr oraliq masofasining ratsional kattaliklari, chigitni linterlash jarayoni samaradorligining eng yuqori qiymatini ta’minlash shartidan kelib chiqib aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tozalash korxonalarida chigitni linterlashda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan uskunalarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta chigitini linterlash texnologiyasi va uskunasi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonaga, jumladan Namangan viloyati “Namangan Paxta Teks” MChJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2023 yil 4- apreldagi 02/22-272-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli chigitni linterlashda linterning ish unumdorligini chigit bo‘yicha o‘rtacha 70 kg/soat va 57 kg/soatga, momiq bo‘yicha o‘rtacha 1,8 kg/soat va 2,5 kg/soatga oshirish imkoni yaratilgan; yuqori va past navli chigitlarni linterlashda chigitni shikastlanishini o‘rtacha 0,36 (abs)% dan 0,28 (abs)%ga, momiqdagi iflos aralashmalar va butun chigitlarning massaviy ulushini o‘rtacha 0,51 (abs)% dan 0,69 (abs)%ga kamaytirish hamda ishlab chiqarilayotgan chigit va momiq sifatini yaxshilash imkoni yaratilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish