Avazov Yusuf Shodievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p komponentli aralashmalarni ajratishning texnologik jarayonlarini takomillashtirilgan boshqarish», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/T512.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor; Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Ximavtomatika” mas’uliyati cheklangan jamiyat.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘p komponentli aralashmalarni ajratishning murakkab texnologik jarayonlarini boshqarishning takomillashtirilgan tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ob’ektni boshqarish uchun noaniq mahsuliy tizim ko‘rinishida shakllantiriladigan yondashuv ishlab chiqilgan;
invariant boshqarish tizimining parametrlarini hisoblash asosida ajratish kolonnalari qismlarining dinamik modeli ishlab chiqilgan;
ajratish kolonnalarining ish rejimlarini tayyor mahsulot sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha dasturiy-mantiqiy boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
noaniq mantiq usullari arsenali asosida ajratish kolonnasining tezkor avtomatlashtirilgan boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
noaniq-to‘plamli tushunchalar asosida ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish jarayonlarining vaziyatli boshqarish usuli ishlab chiqilgan;
etil spirtini ishlab chiqarishdagi bragorektifikatsiya qurilmalarini takomillashtirilgan boshqarishning ARS-tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bragorektifikatsiya qurilmalarining texnologik sxemasini takomillashtirish va ularning ish rejimlarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish kolonnasining ish rejimlarini boshqarishning dasturiy-mantiqiy algoritmi Yangiyo‘l shahridagi “BIOKIMYO” AJda joriy qilingan (“O‘zsharobsanoat” AJning 2018 yil 16 apreldagi TU-1083-son ma’lumotnomasi). Natijada ajratish jarayonining boshqarish sifatini yaxshilashga imkon bergan;
noaniq mantiq asosida ajratish kolonnasini boshqarish algoritmi “Biokimyo” AJda joriy qilingan (“O‘zsharobsanoat” AJning 2018 yil 16 apreldagi TU-1083-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish jarayonlarining boshqarish tizimini takomillashtirishga imkoniyat yaratilgan;
noaniq to‘plamlar asosida ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish jarayonlarining vaziyatli boshqarish usuli “Biokimyo” AJda joriy qilingan (“O‘zsharobsanoat” AJning 2018 yil 16 apreldagi TU-1083-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari ko‘p komponentli aralashmalarni ajratish jarayonlarining takomillashtirilgan boshqarishdagi energiya va resurslar sarfini 5-10 % ga kamaytirish imkonini bergan.