Sodiqov Alijon Nematulla o‘g‘lining
 bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Diniy maskanlarda sodir bo‘ladigan favqulodda holatlarning oldini olish usullarini takomillashtirish (masjidlar misolida)”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2024
ilmiy rahbar: Yoqubov Ulug‘bek Adxamovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Toshkent kimyo texnologiyalari instituti yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d., professor Beknazarov Xasan Saybnazarovich; Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kafedra boshlig‘i, t.f.f.d. (PhD), dotsent Jumaev Sayfiddin Qodirovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat arxitektura qurilish universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi masjidlarda yong‘in  va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda insonlar xavfsizligini ta’minlash va ularni xavfsiz evakuatsiya qilish jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish, masjidlarni rejalashtirish, loyihalash, shuningdek, masjidlarda insonlar xavfsizligi ta’minlash usullarini tadqiq etish bo‘yicha yangicha ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
masjidlarda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda insonlar hayoti va sog‘ligiga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfni raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yordamida oldindan prognozlash imkoniyatini beruvchi elektron dastur masjidlarda sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va tezkorlik bilan bartaraf etish samaradorligini 15-20% gachaoshirish mumkinligi aniqlangan;
ommaviy tadbirlar vaqtida insonlarni xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida ma’lum hududda rejalashtirilgan insonlar sonidan kelib chiqib, namozxonaning talab etiladigan maydonini hisoblash uslubiyatlari ishlab chiqilishi xavfsiz evakuatsiya qilish samaradorligi 10-15% gacha yaxshilash usullari takomillashtirilgan;
insonlarni masjid binosidan xavfsiz evakuatsiya qilish borasida olib borilgan ilmiy hisoblash ishlari raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilib, turli toifadagi insonlarning hamda ularni masjidning turli qismlarida bir vaqtda bo‘lishini inobatga olgan holda evakuatsiya vaqtini avtomatik hisoblash imkoniyatini beruvchi alohida maxsus samarador dastur ishlab chiqilishiga erishilgan;
yong‘in va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish imkoniyatini beruvchi evakuatsiya dasturi orqali binodagi odamlarning betalofat va sarosimsiz harakatini boshqarish, yong‘inni dastlabki bosqichida o‘chirishni tashkil etish, hamda sodir bo‘lgan yong‘in va favqulodda vaziyatlarda  binodagi insonlarni o‘z vaqtida tezkorlik bilan evakuatsiya qilishda samarador ekanligini aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diniy maskanlarda sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarning oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
Diniy maskanlarda sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarning oldini olish usullarini amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yilning 10 fevral` kunidagi №25/6484711/1-653-sonli va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi tomonidan 2023 yilning 10 mart kunidagi 36/3-1476-sonli dalolatnomalar olingan. 2023 yil 15 mart kuni “O‘zog‘irsanoatloyiha” LITI institutidan amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida №7/243-sonli ma’lumotnoma olingan. Natijada yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarda insonlarni xavfsiz evakuatsiya qilish vaqti aniqlash, insonlar hayoti va sog‘ligi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni oldindan prognozlash imkoni yaratilishi bilan birgalikda, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarni oldini olish va tezkorlik bilan bartaraf etish 15-20% gacha, fuqarolarni xavfsiz evakuatsiya qilish samaradorligi 10-15% gacha yaxshilanishiga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish