Saidov Ikrom Kokilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda laparoskopik xolesistektomiya taktikasining o‘ziga xosligi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 02.2023 PhD 177.
Ilmiy rahbar: O‘rokov Shuxrat To‘xtaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori DSc, professor; Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori., professor
Yetakchi tashkilot: «A.M. Granov nomidagi Rossiya  radiologiya va  jarrohlik    texnologiyalari  ilmiy   markazi  (Rossiya Federatsiyasi)»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali jigar diffuz kasalliklari fonida rivojlangan o‘tkir xolesistitning jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistit va uning asoratlarini davolashda, zamonaviy tashhisot va miniinvaziv usullardan hisoblangan, teri jigar orqali o‘t pufagini punksiyasi va teri jigar orqali o‘t pufagi stomiyasidan foydalanish, og‘ir holatdagi bemorlarni kechiktirilgan holda operativ davolash, asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarni kamayishi ilmiy asoslangan.
operatsiyadan oldingi tayyorgarlik kompleks davolashga qo‘shimcha ravishda Remaksol va Glutation preparatlarning ishlatilishi intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrda asoratlarning kamayishi ko‘rsatilgan.
jigar surunkali diffuz kasalliklari ayniqsa jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlar tekshirish rejasiga magnit rezonans pankreatoxolangiografiya (MRPXG) kiritilishi, bemorlarda operatsiyadan oldingi davrda 3 barobar ko‘proq jigardagi o‘zgarishlarni aniqladi va operatsiyadan oldingi tayyorgarlikni rejalashtirish imkoniyatini berishi, operatsiyadan oldingi tekshirish rejasida ul`tratovush tekshiruvi orqali ilgari aniqlanmagan,  bemorda o‘t yo‘llarida o‘t toshlari magnit rezonans pankreatoxolangiografiya tekshiruvi orqali aniqlanishi ko‘rsatilgan.
surunkali jigar diffuz kasalliklari o‘tkir toshli xolesistit bilan kelgan holatlarda  bemorlarda laparoskopik xolesistektomiyada ultratovushli garmonik dissektorlarni ishlatish, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrlarda qon ketishlarni oldini olishi ko‘rsatilgan. bilak suyaklarining distal uchidan sinishlarini tashhislash va jarrohlik davolash taktikasini tanlash dasturi taklif etilgan bo‘lib, bu sinishning tabiati va murakkabligini to‘liq aniqlashga, shuningdek ratsional jarrohlik davolash taktikasini tanlash imkonini berishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyun №23-z/039 son xulosasiga ko‘ra:
surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistit va uning asoratlarini davolashda, zamonaviy tashhisot va miniinvaziv usullardan hisoblangan, teri jigar orqali o‘t pufagini punksiyasi va teri jigar orqali o‘t pufagi stomiyasidan foydalanish, og‘ir holatdagi bemorlarni kechiktirilgan holda operativ davolash, asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarni kamayishi ilmiy asoslangan: surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistit va uning asoratlarini davolashda, zamonaviy tashhisot va miniinvaziv usullardan hisoblangan, teri jigar orqali o‘t pufagini punksiyasi va teri jigar orqali o‘t pufagi stomiyasidan foydalanish, og‘ir holatdagi bemorlarni kechiktirilgan holda operativ davolash, asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarni kamayishi imkonini berishi isbotlangan bo‘lib, amaliyot Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 08.03.2023 y.yildagi hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan  amaliyotiga joriy etilgan.
taklif etilgan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistit va uning asoratlarini davolashda, zamonaviy tashhisot va miniinvaziv usullardan hisoblangan, teri jigar orqali o‘t pufagini punksiyasi va teri jigar orqali o‘t pufagi stomiyasidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:1) surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistit va  asoratlarini davolashda, zamonaviy tashhisot va miniinvaziv usullardan hisoblangan, teri jigar orqali o‘t pufagini punksiyasi va teri jigar orqali o‘t pufagi stomiyasidan foydalanish, og‘ir holatdagi bemorlarni kechiktirilgan holda operativ davolashda sarflanadigan xarajatlarini 428 000 so‘mga kamaytirishga erishilgan; 2) surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistit va uning asoratlarini davolashda, zamonaviy tashhisot va miniinvaziv usullardan hisoblangan, teri jigar orqali o‘t pufagini punksiyasi va teri jigar orqali o‘t pufagi stomiyasidan foydalanish, og‘ir holatdagi bemorlarni kechiktirilgan holda operativ davolash, asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarni kamayishi imkonini berishi davrida tashxislash va uni klinik tahlil qilish jarrohlar va laparoskopik jarrohlar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi  isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashni shart emasligi hisobiga  iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistit va uning asoratlarini davolashda, zamonaviy tashhisot va miniinvaziv usullardan hisoblangan, teri jigar orqali o‘t pufagini punksiyasi va teri jigar orqali o‘t pufagi stomiyasidan foydalanish, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 428 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 170 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Jigar surunkali diffuz kasalliklari o‘tkir toshli xolesistit bilan kelgan xolatlarda operatsiyadan oldingi tayyorgarlik kompleks davolashga qo‘shimcha ravishda Remaksol va Glutation preparatlarning ishlatilishi intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrda asoratlarning kamayishiga  va u asosida adekvat davo taktikasini tanlash va kompleks davolashni aniqlashga imkon bergan bo‘lib, ishning natijalari amaliyot Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 08.03.2023 y.yildagi hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistitni davolashga qo‘shimcha ravishda Remaksol va Glutation preparatlarning ishlatilishi intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrda asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jarrohlik vaqtidagi va jarrohlikdan keyingi asoratlarni oldini oldini olishning takomillashtirilgan usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 11,0 kundan 7,0 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 428 000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIMBF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 70 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistitni kompleks xirurgik davolashda, jigar funksional holatini tiklash maqsadida Remaksol va Glutation vositalarini ishlatish ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning 60 % gacha kamaytirish imkonini bergan.
operatsiyadan oldingi tekshirish rejasida ul`tratovush tekshiruvi orqali ilgari aniqlanmagan,  bemorda o‘t yo‘llarida o‘t toshlarini erta aniqlanishida magnit rezonans pankreatoxolangiografiya tekshiruvi ishlatilishi intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.03.2023 y.; № 17) hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (10.03.2023 y.; №23) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistitni tekshirish rejasiga qo‘shimcha ravishda magnit rezonans pankreatoxolangiografiya tekshiruvi ishlatilishi intraoperatsion va operatsiyadan keyingi davrda asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Jarrohlik vaqtidagi va jarrohlikdan keyingi asoratlarni oldini oldini olishning takomillashtirilgan usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 11,0 kundan 7,0 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 428 000 so‘mga kamaytirgan (RShTYoIMBF ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 107.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 70 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: surunkali jigar diffuz kasalliklari xususan jigar sirrozining funksional buzilishlar fonida rivojlangan o‘tkir toshli xolesistitda kompleks magnit rezonans pankreatoxolangiografiya tekshiruvi ishlatilishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi asoratlarni  kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda laparoskopik xolesistektomiya taktikasining o‘ziga xosligi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori  tomonidan 2022 yil 16 martdagi 04/1627-son xat yuborilgan.
surunkali jigar diffuz kasalliklari o‘tkir toshli xolesistit bilan kelgan holatlarda  bemorlarda laparoskopik xolesistektomiyada ultratovushli garmonik dissektorlarni ishlatish, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi davrlarda qon ketishlarni oldini olishiga imkon berishi ishning natijalari amaliyoti Romitan tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 08.03.2023 y.yildagi hamda Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 10.03.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan  amaliyotiga joriy etilgan..Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar sirrozi fonida o‘tqir toshli xolesistit bo‘lgan bemorlarda jarrohlik aralashuvlari, qon ketishining ko‘payishi tufayli texnik qiyinchiliklar kuzatiladi, ushbu asoratlarning oldini olish maqsadida ultratovushli dissektor garmonikadan foydalanganda bu asoratlar soni keskin kamayishi imkoni yaratiladi, bu o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini bergan.  Ushbu taklif qilinayotgan usulda jarrohlik amaliyoti 51 nafar asosiy guruh bemorlarida bajarildi. Barcha klinik holatlarda amaliyot vaqtida, amaliyotdan keyingi nazorat davrlarida asoratlar kuzatilmadi.Opresiya vaktida garmonik ultrazvuk dissektorlarni qo‘llash  jarrohlik amaliyoti yaxshi sifatini oshiradi,gemostazninng ishonchliligi tufayli jarrohlik amaliyoti davomiyligi qisqaradi. Xirurgik amaliyotida keng miqyosda qo‘llashga tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda laparoskopik xolesistektomiya taktikasining o‘ziga xosligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerakligi isbotlangan, shu bilan birga, ishlab chiqilgan dastur shartlariga muvofiq jigar funksional holatini tiklash maqsadida Remaksol va Glutation vositalarini ishlatish hamda qon ketish asoratlarni oldini olish maqsadida ultratovushli dissektor garmonikadan foydalanish bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 4,0 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 428 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 280 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda laparoskopik xolesistektomiya taktikasini optimallashtirilgan usulini hamda asoratlar oldini olish maqsadida kompleks davolashda Glutation va Remaksol vositalarini qo‘llashning joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 428 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 280 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Saidov Ikrom Kokilovichning « Jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda laparoskopik xolesistektomiya taktikasining o‘ziga xosligi » mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 3 ta ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro Davlat tibbiyot institutuning 2023 yil 8 iyundagi 01/04 № 3130 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 428 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 280 000 so‘mga iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish