Raupov Farxod Sayidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda yo‘g‘on ichak rezeksiyasini morfologik xususiyatlarni hisobga olgan holda mukammallashtirish», 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/Tib590.
Ilmiy maslahatchilar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Abdurashid Jurakulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori. Ochilov Komil Raximovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor. Jian Battista Parigi, tibbiyot fanlari doktori, professor (Italiya, Paviya universiteti)
Yetakchi tashkilot: «Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti» (Tojikiston)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajriba hayvonlari yo‘g‘on ichakning morfologik va funksional xususiyatlarini dinamikada aniqlash, olingan natijalarni bolalarda yo‘g‘on ichak patologiyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash amaliyotida qo‘llashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zotsiz oq kalamushlarning postnatal ontogenezida sfinkter sohasida yo‘g‘on ichak tuzilishining makroanatomik parametrlarining qonuniyatlari va xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor ichak rezeksiyasining jarrohlik usullari qiyosiy baholangan va o‘rganilgan, optimal korreksiya usuli aniqlanib, keyinchalik klinikada qo‘llanilishi asoslangan;
yo‘g‘on ichak rezeksiyasining klinik samaradorligi uning morfologik xususiyatlarini - sfinkterlarni hisobga olgan holda isbotlangan;
bolalarda yo‘g‘on ichakni rezeksiya qilish usuli ichak sfinkterlari tuzilishining klinik va morfologik xususiyatlarini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
an’anaviy va tavsiya etilgan usullar bilan operatsiya qilingan bemorlarda klinik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi korrelyasiya aloqasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil  iyundagi №- son xulosasiga ko‘ra:
oq zotsiz kalamushlar postnatal ontogenezida yo‘g‘on ichak sfinkterlar sohasidagi morfologik tuzilishining xususiyatlari yosh aspektida o‘rganilgan. Yo‘g‘on ichak sfinkterlar sohasidagi morfologik xususiyatlari o‘rganish ushbu sohadagi gistomorfologik o‘ziga xoslikni va uning yo‘g‘on ichak faoliyatidagi o‘rni tahlil qilingan. “Postnatal ontogenezda yo‘g‘on ichak rezeksiyasini morfologik va funksional ko‘rsatkichlar asosida optimallashtirish” hamda “Bolalarda operatsiyadan keyingi davrda yo‘g‘on ichak rezeksiyasi natijalarini baholash” metodikasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali bo‘yicha 16.08.2022 yildagi hamda Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi buyicha 18.08.2022 yildagi  joriy qilish dalolatnomasiga asosan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar yo‘g‘on ichak kasalliklari jarroxlik amaliyotida sfinkterlar lokalizatsiyasini inobatga olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini 27,5% dan 11,4% ga qisqartiradi; operatsiyadan keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mukammallashtirilgan jarroxlik amaliyotini joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 4 435800 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 27,5 foiz bemorlarda qayta jarroxlik (ikkinchi jarroxlik) operatsiyasi amalga oshiriladi). Qayta jarrohlik amaliyoti darajasini 27,5 foizdan 11,4 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 4 435800 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 50 nafar bemordan kasallik kaytalanishi 14 bemordan 5 bemorgacha ikkilamchi jarroxlik operatsiya kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 4 435 800 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 39 922 200 so‘mni (9 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: jarroxlik amaliyoti mukammallashtirish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 4 435 800 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 217 900 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
yo‘g‘on ichak jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar istiqbolini belgilash va ichak rezeksiyasishning takomillashtirish uchun oq zotsiz kalamushlar postnatal ontogenezida yo‘g‘on ichak morfologik parametrlarining qonuniyatlari va xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olingan. Jarrohlik usulini tanlash, jarrohlikdan keyingi asoratlarni bashorat qilish uchun yo‘g‘on ichak rezeksiyasini mukammallashtirish olingan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlanib, shu bilan birga, ishlab chiqilgan dastur shartlariga muvofiq “Postnatal ontogenezda yo‘g‘on ichak rezeksiyasini morfologik va funksional ko‘rsatkichlar asosida optimallashtirish” hamda  “Bolalarda operatsiyadan keyingi davrda yo‘g‘on ichak rezeksiyasi natijalarini baholash” metodikasi Respublika Shoshilinch Tez Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi Buxoro filiali bo‘yicha 16.08.2022 yildagi hamda Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi buyicha 18.08.2022 yildagi  joriy qilish dalolatnomasiga asosan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar yo‘g‘on ichak rezeksiyasi amaliyotini bajarish jarayonida chambar ichak anatomik shaklini va sfinkterlarni saqlash, jarrohlik amaliyotidan so‘ng yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali operatsiyadan keyingi reabilitatsiya tez amalga oshadi va bemor bolalar hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor statsionarda davolanish o‘rtacha o‘n kun davomida 2 320 640 so‘mni tashkil etadi, bir kunlik sarf xarajat esa 232 006 so‘m. Taklif etilgan usulda davolaganda nazorat guruxiga nisbatan asosiy guruxda 3,5 kun kam davolangan. Statsionarda davolanish muddatiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 812 021 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: jarroxlik amaliyotining mukammallashtirilishi 1 nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 812 021 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 406 015 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
yo‘g‘on ichak kasalligi tufayli ichak rezeksiyasi amaliyoti bajarilishi zarur bo‘lgan  bemor bolalarga intraoperativ, hamda jarrohlikdan keyingi asoratlarni kamaytirishga qaratilgan morfologik mukammallashtirish jarroxlik amaliyoti usuli taklif qilingan. Yo‘g‘on ichak rezeksiyasi amaliyotida sfinkterlar joylashishini va ichak shaklini hisobga olgan holda bajarish jarroxlik amaliyoti istiqboli va amaliyotdan keyingi asoratlar baholash imkoniyatini klinik samaradorligi isbotlangan. Bu o‘z navbatida, operatsiyaning travmatik omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan va jarroxlik amaliyotidan so‘ng bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Mazkur usul Respublika Shoshilinch Tez Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi Buxoro filiali bo‘yicha 16.08.2022 yildagi hamda Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi buyicha 18.08.2022 yildagi  joriy qilish dalolatnomasiga asosan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi; operatsiyadan keyingi asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi; jarroxlik amaliyotidan so‘ng bemor bolalarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun tibbiy xizmatlar uchun xarajatlar – tashxis qo‘yish uchun o‘tkazilgan tekshiruvlar 235 168 so‘m; mutaxassislar ko‘rigi 56 650 so‘m; dori vositalari, tibbiy buyumlar va sarflov materiallari uchun xarajatlar 538 686 so‘m; statsionarda yotib davolanish (10 kun) 2 320 640 so‘m; ovqatlanish (10 kun) 239 400 so‘m, jami (10 kun) 3 390 544 so‘m. Qayta operatsiyaga muhtoj bemorlar nazorat gurixidagi 27,5 foizdan 11,4 foizga kamaytirildi. 100 ta bemor umumiy xarajatlariga nisbat olganda 54 248 704 (16 nafar bemor uchun) so‘m iqtisod qiladi.  Xulosa: jarroxlik amaliyotining mukammallashtirilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3 390 544 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 695272 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
bolalarda yo‘g‘on ichakni rezeksiya qilish amaliyotini mukammalashtirishning ichak sfinkterlari klinik va morfologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bajarish usuli ilk marta taklif qilingan. Jarroxlik amaliyotida yo‘g‘on ichakdagi sfinkterlar lokalizatsiyasini aniqlash, o‘tkazilgan tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlari asoslash maqsadida irrigografiya muolajasini bajarish va taklif etilgan chizmalar namuna sifatida keltirilgan. Bemor bolalarni jarrohlik davolashning mukammallashtirilgan usuli Respublika Shoshilinch Tez Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi Buxoro filiali bo‘yicha 16.08.2022 yildagi hamda Buxoro viloyati Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi buyicha 18.08.2022 yildagi  joriy qilish dalolatnomasiga asosan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yo‘g‘on ichakni rezeksiya qilish jarayonida chambar ichak tabiiy shakli va sfinkterlarni saqlab qolinadi, sfinkterdan  kamida 2-3 sm proksimal uzoqlikda kesma olinadi, anastomoz qo‘yilib, ichak uzviyligi tiklanadi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yo‘g‘on ichakni rezeksiya amaliyoti  texnik jihatlarini mukammallashtirish yo‘g‘on ichak xirurgik kasalliklariga chalingan  bemor bolalarni davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davolanish davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich:  bemorning shifoxonada qolish o‘rtacha muddatini 20,3 kundan 16,8 kunga (3,5 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 812 224 so‘mga kamaytirdi (Respublika bolalar miliiy markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 232 064 so‘mni tashkil qiladi);  shifoxonada bo‘lish davrining 3,5 kunga qisqartirilishi hisobiga 1 885 397 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 538 685 so‘m dori vositalari sarflanadi). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 2 697 621 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: jarroxlik amaliyotining mukammalashtirilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 697 621 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 348 810 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Raupov Farxod Sayidovichning «Bolalarda yo‘g‘on ichak rezeksiyasini morfologik xususiyatlarni hisobga olgan holda mukammallashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti 2022 yil 22 iyuldagi 04/2829 hamda 04/2830 - sonli xatlari yuborilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 11 336 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 5 668 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish