Karimova Kamola G‘ulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobillarning tormozlanish jarayonida tormoz ustquymalari va shinalari eyilishining yo‘l-ekologik baholash usullarini takomillashtirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T1678
Ilmiy rahbar: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: Qosimov Karimjon, texnika fanlari doktori, professor; Tojiboev Abdunabi Abdurahmonovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Avtomobillar tormozlanish jarayonida tormoz ustquymalari va shinalar eyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdorini yo‘lning ilashish koeffisientini hisobga olgan holda aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobillar tormoz ustquymalari va shinalarning eyilishini atrof-muhitga chiqadigan zararli zarralar miqdorini va yo‘lning ilashish koeffisientiga bog‘liq ravishda hisoblash usullari ishlab chiqilgan;
tormoz ustquymalari va shinalar eyilishining avtomobil yo‘llarida hosil bo‘lgan yo‘l changi tarkibi va g‘ildirakning yo‘l bilan ilashish tavsiflariga bog‘liq o‘zgarishi qonuniyatlari aniqlangan;
chorrahalarda tormoz ustquymalari va shinalar eyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar tarkibining tahlili asosida ularning taqsimlanishi Igeo indeksi bo‘yicha aniqlangan; 
    yo‘l qoplamasi tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan shina rezina granulalaridan foydalanilgan asfalt-beton qoplamali yo‘llarni ilashish koeffisientini oshirish hisobiga avtomobil shina va tormoz ustquymalari eyilishini hamda atrof-muhitga chiqadigan zararli zarralarni kamayishiga olib kelishi aniqlangan..
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtomobil tormozlanish jarayonida tormoz ustquymalari va shinalari eyilishining yo‘l-ekologik baholash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
G‘ildirakning yo‘l bilan ilashish koeffisientini tormozlanish jarayonida oshirish bo‘yicha olingan natijalarni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi yo‘l tashkilotlari amaliyotiga joriy etildi. Natijada g‘ildirakning yo‘l bilan ilashish koeffisienti 29 % foizga oshgan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 15-fevraldagi №2/295-841-son va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2022-yil 17-fevraldagi №10/3-97-son ma’lumotnomasi).
Avtomobil tormoz ustquymalari va shinalarning  eyilishini yo‘lning ilashish koeffisenti o‘zgarishiga nisbatan ekologiyaga ta’sirini baholash usullari bo‘yicha olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi tashkilotlari amaliyotiga joriy etildi. Natijada tormoz ustquymalari va shinalarning eyilishidan atrof-muhitga chiqadigan zarralar miqdori 20 % ga kamaygan. (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 11-apreldagi №2/2241-2041-son ma’lumotnomasi).
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish