Raximova Madina Boxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda endotelial disfunksiya fonida ankilozlovchi spondiloartritning kechishi xususiyatlari», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2676
.4.PhIlmiy rahbar: Axmedov Xalmurad Sadullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbyot universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarning klinik-immunologik ko‘rsatkichlariga endoteliy disfunksiyasini ta’sirini baholash, shuningdek, davolash va oldini olish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 negizida endoteliy disfunksiyasining avjlanishi endotelin-1 va endoteliyga bog‘liq vazodilyatatsiya ko‘rsatkichlarini xaqqoniy siljishlari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda tomirlar endoteliy funksiyasi (∆D, ∆Ved, ∆Vrs va PI) buzilishi va uning zo‘rayib borishida gipersitokinemiyaning o‘rni asoslangan;
ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 negizida xujayraviy immunitetning CD3+, CD4+ va CD8+ differensiyalovchi antigenlari ekspressiyasidagi o‘zgarishlari hamda ularning tomirlar endoteliy disfunksiyasi rivojlanishidagi ahamiyati aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda IL-17A ni ingibirlash va endoteliy disfunksiyasini korreksiyalash tufayli tizimli yallig‘lanish jarayonini tiklanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 15 iyundagi 06/002-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi bo‘yicha 07.12.2022 yildagi 46-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati 22-qishloq oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2.12.2022 yildagi 14-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoteliy disfunksiyasi negizida tizimli yallig‘lanishni avj olib borishini erta tashxislashga, mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanishini oldini olishga imkoniyat beradi; davolash chora tadbirlarni sifatini oshirishga va kasalxonaga qayta murojaat qilish chastotasini 37% ga kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) tomirlar endoteliy funksiyasi buzilishini COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda erta tashxislash 68% bemorlarda kasallikni avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi 2) endoteliy disfunksiyasini erta tashxislash kasallikni avj olib borishini oldini olgan holda 1 nafar bemor uchun 1 200 000 so‘m iqtisod qilindi. 100 nafar bemordan kasallik avj olib borilishi 5 bemordan 2 bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1 200 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 600 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil qiladi. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan og‘rigan bemorlarda tomirlar endoteliy funksiyasi buzilishini erta tashxislash kasallikni avj olib borishini oldini olish va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3 600 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda endotelial disfunksiya fonida ankilozlovchi spondiloartritning kechishi xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 24 noyabrdagi 03/4824-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda tomirlar endoteliy funksiyasi (∆D, ∆Ved, ∆Vps va PI) buzilishi va uning zo‘rayib borishida gipersitokinemiyaning o‘rni asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi bo‘yicha 07.12.2022 yildagi 46-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati 22-qishloq oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2.12.2022 yildagi 14-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:1) COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda IL-17A va O‘NO-α ni o‘rganish tomir endoteliy funksiyasini buzilishini erta tashxislash, bemorlarda ankilozlovchi spondiloartritni kechishini va noxush asoratlarini bashorat qilish imkonini berdi; 2) ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarning 78% da reaktiv giperemiya sinamasi yordamida elka arteriyasining doppler tekshiruvini o‘tkazish tomirlar endoteliy funksiyasini buzilishini darajasini, gemostatik buzilishlarni va tizimli yallig‘lanishning og‘irligini aniqlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan og‘rigan bemoralarda IL-17A va O‘NO-α ni ekspressiyasini kamaytirish maqsadida gen-injener biologik dori vositalarni qo‘llash tavsiya etilgan. Natijada bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,8 kundan 10,07 kungacha qisqartirib shifoxonada qolish to‘lov miqdori 178 ming so‘mga kamaytirgan (Toshkent shahar 3-sonli klinik shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 240.000 so‘mni tashkil qiladi); 70% bemorlarda 1 yil mobaynida kasallikni remissiya davriga o‘tishi va mehnat faoliyatini tiklashishiga erishilgan. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda gipersitokinemiyani va tomirlar endoteliy funksiyasini buzilishini erta tashxislash kasallikni davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,8 kundan 10,07 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 178 000 so‘mga kamaytirgan va 70% bemorlarda kasallikni remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda endotelial disfunksiya fonida ankilozlovchi spondiloartritning kechishi xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 24 noyabrdagi 03/4824-sonli xati yuborilgan. Ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda COVID-19 negizida xujayraviy immunitetning CD3+, CD4+ va CD8+ differensiasiyalovchi antigenlari ekspressiyasidagi o‘zgarishlari hamda ularning tomirlar endoteliy disfunksiyasi rivojlanishidagi ahamiyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi bo‘yicha 07.12.2022 yildagi 46-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati 22-qishloq oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2.12.2022 yildagi 14-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xujayraviy immunitetning differensiatsiyalovchi antigenlari ekspressiyasidagi o‘zgarishlarini o‘rganish ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda kasallikni faolligini kamaytirishiga va avj olib borishini oldini olishga imkon yaratadi; tizimli yallig‘lanish va endoteliy disfunksiyasi negizida xujayraviy immunitet o‘zgarishlarini erta tashxislash va oldini olish kasallikni davolash sifatini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan og‘rigan bemoralarda immun yallig‘lanishni kamaytirish maqsadida bazis dori vositalarni qo‘llash tavsiya etilgan va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitasiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitasiya uchun ishlatiladigan 45.000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa:COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda xujayraviy immunitetning differensiasiyalovchi antigenlari ekspressiyasini va tomirlar endoteliy funksiyasini buzilishini erta tashxislash kasallikni davolash chora tadbirlarini muvofiqlashtirishga imkon berdi. Natijada bemorda immun-yallig‘lanish jarayonini kamaytirish maqsadida bazis dori vositalarni qo‘llash tavsiya etilgan va shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda endotelial disfunksiya fonida ankilozlovchi spondiloartritning kechishi xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 24 noyabrdagi 03/4824-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kasallik faolligini pasaytirish va endotelial disfunksiyani korreksiyalashga qaratilgan davolash va oldini olish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda davolash samaradorligini oshishi, remissiya davrini uzayishi va erta nogironlikning oldini olishga olib kelgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent shahar 3-klinik shifoxonasi bo‘yicha 07.12.2022 yildagi 46-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati 22-qishloq oilaviy poliklinikasi bo‘yicha 2.12.2022 yildagi 14-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda bazis davo negizida gen-injener biologik dori vositalarni qullash birlamchi tibbiy-sanitariya yordam bosqichida ankilozlovchi spondiloartrit va endotelial disfunksiyani davolash, tizimli asoratlar rivojlanishini, nogironlik va kasallik zo‘rayishini oldini olish, mehnat qobiliyatini uzoq muddatga saqlab qolishiga imkoniyat bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: IL-17 ingibitorini, xususan, gen-injener biologik dori vositani bazis davo negizida qo‘llash bemorlarda shifoxonada davolashning iqtisodiy xarajatlarini 47% ga kamaytirdi; 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 14,8 kundan 10,07 (4 kunga) qisqartirilib, shifoxonada davolash to‘lov miqdori 960 000 so‘mga kamaytirildi (Toshkent shahar 3-son klinik shifoxonasining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun davolash 240 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada davolash davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 120 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 30 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa:COVID-19 o‘tkazgan ankilozlovchi spondiloartrit bilan kasallangan bemorlarda davolash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish remissiya davrini uzayishi va byudjetdan tashqari mablag‘larni 960 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda endotelial disfunksiya fonida ankilozlovchi spondiloartritning kechishi xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 24 noyabrdagi 03/4824-sonli xati yuborilgan.