Usmanova Zumrad Islamovnaning

falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

IUmumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda turistik-rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish xususiyatlari va tendensiyalari”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt150.

Ilmiy rahbar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Yorkin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norchaev Asatillo, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot:  Samarqand  davlat  universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda turistik-rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish xususiyatlari va tendensiyalarini ochib berish hamda turistik-rekreatsion xizmatlar bozorida taklifning differensiatsiyasi asosida uning istiqbolini bashorat qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«rekreatsiya», «rekreatsion turizm» va «turistik-rekreatsion xizmatlar» tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati turistik-rekreatsion xizmatlarning iqtisodiyot tarmoqlaridagi mul`tiplikativ samarani inobatga olgan holda ilmiy jihatdan ochib berilgan;

mintaqada (Samarqand) turistik-rekreatsion xizmatlar salohiyatini muvofiqlashtiradigan turistik-rekreatsion xizmatlar sohasidagi korxonalarning  yagona axborot-analitik boshqarish tizimi taklif qilingan;

turistik resurslar va ob’ektlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, tahlil qilish va ular asosida yangi turistik marshrutlarni tayyorlashda yordam beradigan turizmni rivojlantirishning mintaqaviy geoaxborot tizimini shakllantirish tartibi ishlab chiqilgan;

O‘zbekiston hududlarida turistik-rekreatsion xizmatlar  bozorining rivojlanish tendensiyasida sanator-kurort va dam olish muassasalari faoliyatining rivojlanish darajasi bo‘yicha hududiy birliklar konsentratsiyasi va taklifning differensiatsiyasi  aniqlangan;

O‘zbekiston Respublikasida 2018–2021 yillar davrida turistik-rekreatsion xizmatlarni rivojlantirishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda turistik–rekreatsion xizmatlarni rivojlantirish xususiyatlari va tendensiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

 «rekreatsion turizm» atamasi, «rekreatsiya» tushunchasi hamda geoaxborot tizimini shakllantirish haqidagi ma’lumotlar «Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish» ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun tayyorlangan «Turizm: nazariya va amaliyot» nomli darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 89-03-583-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tadqiqot ishi natijalari turizmga oid fanlarni takomillashtirish va o‘qitish sifatini yanada oshirishga qaratilgan;

rekreatsiya ob’ektlarining joylashuvi va hududlar kesimidagi mavjud salohiyatdan samarali foydalanishda yagona axborot-analitik boshqarish tizimi «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi Samarqand viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan amaliyotga  joriy etish uchun qabul qilingan (Samarqand viloyat mintaqaviy bo‘limining 2016 yil 16 maydagi 84-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish turistik-rekreatsion xizmatlar sohasida hudud resurslar salohiyatining o‘zaro funksional aloqalarini ta’minlashga hamda mazkur hududda turistik-rekreatsion xizmatlar sohasida barqaror rivojlanishga imkon bergan;

Samarqand viloyati turistik-rekreatsion ob’ektlarning geoaxborot tizimini shakllantirish tartibi hududiy turoperatorlarning yangi turistik marshrutlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida foydalanish uchun «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi Samarqand viloyati mintaqaviy bo‘limi faoliyatiga joriy qilingan («O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi Samarqand viloyati mintaqaviy bo‘limining 2016 yil 16 maydagi 85-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 21 noyabrdagi 02-09/4069-son ma’lumotnomalari). Ilmiy natijadan foydalanish viloyatda turizm sohasiga va unga turdosh bo‘lgan korxonalarda qo‘shimcha ravishda 8,4 mingta yangi ish o‘rinlarini ochish imkoniyatini bergan;

turistik-rekreatsion resurslarining geoaxborot tizimi ishlanmasiga “IX-X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar” Respublika  yarmarkasida  quyidagi shartnomalar tuzilgan: TATU Samarqand filiali bilan XT-5/2016-son shartnoma,  OAJ «Talaba Food Servis» korxonasi bilan XTTS-8/2017-son, OAJ «Javoxir plus express» korxonasi bilan XTTS-12/2017-son, SamDAQI bilan 4-son shartnomalar;

O‘zbekiston turistik-rekreatsion xizmatlar bozorining rivojlanish tendensiyasida sanator-kurort va dam olish muassasalari faoliyatining rivojlanish darajasi bo‘yicha hududiy birliklar konsentratsiyasini aniqlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi faoliyatida qo‘llash uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining 2017 yil 28 noyabrdagi BM-13/1791-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish mintaqalarda tegishli rekreatsiya infratuzilmalarining tashkil etilishiga, mavjud sanatoriya va sog‘lomlashtirish maskanlaridan samarali foydalanishga, yangilarini qurish va turistik-rekreatsion xizmatlar sohasining jadal rivojlanishiga olib kelgan;

O‘zbekiston Respublikasida 2018–2021 yillar davrida turistik-rekreatsion xizmatlarni rivojlantirishning prognoz parametrlarini asoslash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining 2017 yil 28 noyabrdagi BM-13/1791-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2018-–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanator-kurort muassasalari sonining o‘rtacha yillik 15% ga, sanator-kurort muassasalari tomonidan xizmat ko‘rsatilgan jami fuqarolar sonining o‘rtacha yillik 14% ga, sanator-kurort muassasalari tomonidan xizmat ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolar sonining o‘rtacha yillik 16% ga o‘sishi kutilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish