Sadirova Shaxlo Sobirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida surunkali virusli V va S gepatitlarini bartaraf qilish dasturi doirasida turli diagnostika va terapevtik yondashuvlarni qiyosiy baholash», 14.00.30 – Epidemiologiya, 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib559.
Ilmiy maslahatchi: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Francesco Negro, tibbiyot fanlari doktori, professor (Shveysariya).
Yetakchi tashkilot: I.I. Mechnikov nomidagi Vaksina va zardob ilmiy tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virusli V va S gepatitlarni eliminatsiyasining maqbul strategiyasini ishlab chiqish uchun turli diagnostik va terapevtik yondashuvlarni qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
HBsAg ning tarqalganlik ko‘rsatkichi 0-19 yoshlilar o‘rtasida 0,9%, 30-49 yoshlilar o‘rtasida 4,77% aniqlanganligi, so‘nggi 20 yil davomida 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni VGV ga qarshi profilaktik emlashlar bilan bog‘liqligi isbotlangan;
gepatitlarni aniqlash uchun ommaviy skriningni amalga oshirishda HbsAg, anti-HCV larni ekspress sinamalarning sezgirligi va maxsusligi yuqori ekanligi isbotlangan;
gepatitlarni aniqlash uchun ommaviy skriningni amalga oshirishda HCV-core-Agni va virusning yuklamasini aniqlashda immunoxemilyuminessent taxlili polimeraz zanjir reaksiyasiga muqobil ekanligi isbotlangan;
HBsAg-ijobiy bo‘lganda, HCV-core-Ag va gepatit S virusi RNKsi aniqlangan bemorlarga, APRI, FIB4 qiymatlariga tayanmasdan virusga qarshi dori vositalarni qo‘llash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi 1n-z/13-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Toshkent sh. Shayxontoxur tumani TTB qoshidagi MKTP, Sirdaryo viloyati Guliston sh. BTSYo 4-sonli oilaviy eksperimental poliklinikasi, RIEMYuPKIATM Farg‘ona filiali (Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashining 2023 yildagi 15 martdagi № 3 n-z/1 va № 3 n-z/3 son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. HBsAg ning tarqalganlik ko‘rsatkichi 0-19 yoshlilar o‘rtasida 0,9%, 30-49 yoshlilar o‘rtasida 4,77% aniqlanganligi, so‘nggi 20 yil davomida 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarni VGV ga qarshi profilaktik emlashlar bilan bog‘liqligi isbotlangan ekanligi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Toshkent sh. Shayxontoxur tumani TTB qoshidagi MKTP, Sirdaryo viloyati Guliston sh. BTSYo 4-sonli oilaviy eksperimental poliklinikasi, RIEMYuPKIATM Farg‘ona filiali (Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi № 1 n-z/13- sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - taklif etilgan tashhislash tartibi VGV va VGCning simptomsiz tashuvchilarini erta tashhislash, surunkali V gepatit va surunkali S gepatit, shuningdek, jigar sirrozi rivojlanishi sonini kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aholini HBsAg va anti HCV tezkor testlar bilan skriningdan o‘tkazish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini har bir o‘tkazilgan tekshirish uchun 1050 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan (bitta tezkor test narxi 5450 so‘m, gepatit V va C lar uchun 1 ta IFA test tizimi narxi 6500 so‘m). VGB uchun 57502 nafar kishi VGC uchun 57497 nafar insonlar tekshirilgan bo‘lib umumiy 114 999 ta tekshirishlardan 120 748 950 ming so‘m iqtisod qilishga imkon yaratgan. Tezkor test o‘tkazishga xodim 30 daqiqa vaqt, IFA usuli uchun esa 2 kun sarflagan, bu esa laboratoriya xodimlari ish vaqtini iqtisod qilishga imkon yaratgan. Xulosa: aholini HBsAg va anti HCV tezkor testlar bilan skriningdan o‘tkazish virusli gepatitlarni tashxislash uchun maxsus klinik laboratoriyani va asbob-uskunalarni keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar shart emasligi hisobiga umumiy 114 999 ta tekshirishlardan 120 748 950 ming so‘m iqtisod qilishga imkon bergan. Sadirova Shaxlo Sobirovnaning “O‘zbekiston Respublikasida surunkali virusli V va S gepatitlarini bartaraf qilish dasturi doirasida turli diagnostika va terapevtik yondashuvlarni qiyosiy baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi №1 n-z/13- sonli xulosasi olingan.
ikkinchi ilmiy yangilik: gepatitlarni aniqlash uchun ommaviy skriningni amalga oshirishda HbsAg, anti-HCV larni ekspress sinamalarning sezgirligi va maxsusligi yuqori ekanligi isbotlanganligi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Toshkent sh. Shayxontoxur tumani TTB qoshidagi MKTP, Sirdaryo viloyati Guliston sh. BTSYo 4-sonli oilaviy eksperimental poliklinikasi, RIEMYuPKIATM Farg‘ona filiali (Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi №1 n-z/13- sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - VGV va VGS uchun skrining olib borishda sezgirligi va spesifikligi yuqori bo‘lgan tezkor testlardan foydalanish, virusli yukni tashxislash uchun tannarxi yuqori bo‘lgan PZR tekshirish o‘rniga IXLA usulidan foydalanish tartibining samaradorligi yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aholini HBsAg va anti HCV tezkor testlar bilan skriningdan o‘tkazish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini har bir o‘tkazilgan tekshirish uchun 1050 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan (bitta tezkor test narxi 5450 so‘m, gepatit V va S lar uchun 1 ta IFA test tizimi narxi 6500 so‘m). VGV uchun 57502 kishi VGS uchun 57497 kishi tekshirilgan bo‘lib umumiy 114 999 ta tekshirishlardan 120 748 950 ming so‘m iqtisod qilishga imkon yaratgan. Tezkor test o‘tkazishga xodim 30 minut vaqt, IFA usuli uchun esa 2 kun sarflagan, bu esa laboratoriya xodimlari ish vaqtini iqtisod qilishga imkon yaratdi. Surunkali V gepatit va S gepatitni shifoxonada 9 kun davolash byudjet mablag‘laridan 3087000 so‘mni talab etadi, har bir bemor yiliga 2 marta davolanadi. VGV va VGS tashuvchilar ularda surunkali gepatit rivojlanmasidan oldin ambulator sharoitda dori vositalarini qabul qilishi har bir bemor uchun shifoxonada 1 kun davolanishga byudjet mablag‘laridan sarf qilinadigan 343000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan. Jigar sirrozi mavjud bemorni shifoxonada 9 kun davolanishi uchun byudjet mablag‘laridan 6300000 so‘m sarf qilinadi, VGV li bemorni ambulator sharoitda barvaqt davolash har bir bemor uchun shifoxonada 1 kun davolanishga byudjet mablag‘laridan sarf qilinadigan 700 000 so‘mni iqtisod qilishga imkon yaratdi. Xulosa: aholini HBsAg va anti HCV tezkor testlar bilan skriningdan o‘tkazish virusli gepatitlarni tashxislash uchun maxsus klinik laboratoriyani va asbob-uskunalarni keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar shart emasligi hisobiga umumiy 114 999 ta tekshirishlardan 120 748 950 ming so‘m iqtisod qilishga, surunkali V va S gepatitda shifoxonada 1 kun davolanishiga sarflanadigan 343000 so‘mni, jigar sirrozida esa 700 000 so‘mni iqtisod qilishga imkon berdi. Sadirova Shaxlo Sobirovnaning “O‘zbekiston Respublikasida surunkali virusli V va S gepatitlarini bartaraf qilish dasturi doirasida turli diagnostika va terapevtik yondashuvlarni qiyosiy baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi №1 n-z/13- sonli xulosasi olingan.
uchinchi ilmiy yangilik: gepatitlarni aniqlash uchun ommaviy skriningni amalga oshirishda HCV-core-Agni va virusning yuklamasini aniqlashda immunoxemilyuminessent taxlili polimeraz zanjir reaksiyasiga muqobil ekanligi isbotlanganligi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Toshkent sh. Shayxontoxur tumani TTB qoshidagi MKTP, Sirdaryo viloyati Guliston sh. BTSYo 4-sonli oilaviy eksperimental poliklinikasi, RIEMYuPKIATM Farg‘ona filiali (Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi №1 n-z/13- sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: - VGV va VGS uchun skrining olib borishda sezgirligi va spesifikligi yuqori bo‘lgan tezkor testlardan foydalanish, virusli yukni tashxislash uchun tannarxi yuqori bo‘lgan PZR tekshirish o‘rniga IXLA usulidan foydalanish tartibining samaradorligi yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali V gepatit va S gepatitni shifoxonada 9 kun davolash byudjet mablag‘laridan 3087000 so‘mni talab etadi, har bir bemor yiliga 2 marta davolanadi. VGV va VGS tashuvchilar ularda surunkali gepatit rivojlanmasidan oldin ambulator sharoitda dori vositalarini qabul qilishi har bir bemor uchun shifoxonada 1 kun davolanishga byudjet mablag‘laridan sarf qilinadigan 343000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan. Jigar sirrozi mavjud bemorni shifoxonada 9 kun davolanishi uchun byudjet mablag‘laridan 6300000 so‘m sarf qilinadi, VGV li bemorni ambulator sharoitda barvaqt davolash har bir bemor uchun shifoxonada 1 kun davolanishga byudjet mablag‘laridan sarf qilinadigan 700 000 so‘mni iqtisod qilishga imkon yaratdi. Xulosa: taklif etilgan yondashuvga ko‘ra davolash VGVda jigar sirrozi yangi holatlari rivojlanishini 18% dan 5% gacha, VGS da esa 32% dan 3% gacha kamayishiga olib kelgan va jigar sirrozida bemorni bir kun shifoxonada davolanishiga sarflanadigan 700 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon bergan. Sadirova Shaxlo Sobirovnaning “O‘zbekiston Respublikasida surunkali virusli V va S gepatitlarini bartaraf qilish dasturi doirasida turli diagnostika va terapevtik yondashuvlarni qiyosiy baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi №1 n-z/13- sonli xulosasi olingan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: HBsAg-ijobiy bo‘lganda, HCV-core-Ag va gepatit S virusi RNKsi aniqlangan bemorlarga, APRI, FIB4 qiymatlariga tayanmasdan virusga qarshi dori vositalarni qo‘llash takomillashtirilganligi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Toshkent sh. Shayxontoxur tumani TTB qoshidagi MKTP, Sirdaryo viloyati Guliston sh. BTSYo 4-sonli oilaviy eksperimental poliklinikasi, RIEMYuPKIATM Farg‘ona filiali (Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi №1 n-z/13- sonli xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuvga ko‘ra davolash VGVda jigar sirrozi yangi holatlari rivojlanishini 18% dan 5% gacha, VGS da esa 32% dan 3% gacha kamayishiga imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: HBsAg-musbat VGV holatlarida APRI, FIB4 ko‘rsatkichlarini aniqlash lozim emasligi har bir FIB4 uchun 250000 so‘m va APRI uchun 110000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkonini bergan. Surunkali gepatit V va gepatit S ni shifoxonada 9 kun davolash byudjet mablag‘laridan 3087000 so‘mni talab etadi, har bir bemor yiliga 2 marta davolanadi. VGV va VGS tashuvchilar ularda surunkali gepatit rivojlanmasidan oldin ambulator sharoitda dori vositalarini qabul qilishi har bir bemor uchun shifoxonada 1 kun davolanishga byudjet mablag‘laridan sarf qilinadigan 343000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan. Jigar sirrozi mavjud bemorni shifoxonada 9 kun davolanishi uchun byudjet mablag‘laridan 6300000 so‘m sarf qilinadi, VGV li bemorni ambulator sharoitda barvaqt davolash har bir bemor uchun shifoxonada 1 kun davolanishga byudjet mablag‘laridan sarf qilinadigan 700 000 so‘mni iqtisod qilingan. Xulosa: taklif etilgan yondashuvga ko‘ra davolash har bir FIB4 uchun 250000 so‘m va APRI uchun 110000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilish imkoniyatini yaratadi. VGVda jigar sirrozi yangi holatlari rivojlanishini 18% dan 5% gacha, VGS da esa 32% dan 3% gacha kamayishiga olib kelgan va jigar sirrozida bemorni bir kun shifoxonada davolanishiga sarflanadigan 700 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon bergan. Sadirova Shaxlo Sobirovnaning “O‘zbekiston Respublikasida surunkali virusli V va S gepatitlarini bartaraf qilish dasturi doirasida turli diagnostika va terapevtik yondashuvlarni qiyosiy baholash” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi №1 n-z/13- sonli xulosasi olingan.