Xodjaeva Malika Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «HDV infeksiyasida klinik va molekulyar genetik paralelliklar», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2PhD/Tib1910.
Ilmiy rahbar: Xikmatullaeva Aziza Saydullaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ibadova Gul`nara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: HDV infeksiyasida klinik va molekulyar genetik paralelliklarni aniqlash va baxolashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gepatit B ning asimptomatik tashuvchilari orasida HDV aniqlanishi isbotlangan;
gepatotsitlar sitolizi sababli surunkali HDV infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda jigar fibrozining rivojlanishida mikroRNK-122 ekspressiya darajasi sabab ekanligi isbotlangan;
ilk bor gepatotsitlar shikastlanishi hisobiga mikroRNK-122 ekspressiya miqdori virusning RNKsi va HBsAg ning miqdoriy ko‘rsatkichlarini ortishiga olib kelishi aniqlangan;
VGB+D ning oila ichida tarqalishining oldini olish uchun muloqatda bo‘lgan shaxslarni VGV ga qarshi emlash orqali VGV bilan kasallanish kamayganligi sababli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 13 iyundagi 1n-z/13-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: HBV infeksiyasi ilk bor aniqlangan shaxslar orasida HDV infeksiyasining tarqalish darajasi aniqlash HBV bilan kasallangan bemorlar orasida HDV ning tarqalishini nazorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, ushbu infeksiyani tashxislash va davolashni takomillashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: HDV infeksiyasini erta tashxislash algoritmi Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 11 noyabrdagi 22-son buyrug‘i, Toshkent shahridagi birinchi shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 21 oktyabrdagi 163/1-son buyrug‘i va Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 15 oktyabrdagi 71-sonli buyrug‘iga asosan ushbu shifoxonalar bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • HBV infeksiyasi ilk bor aniqlangan shaxslar orasida NDV infeksiyasi erta aniqlanadi; • NDV infeksiyasi oqibatida yuzaga keladigan jigar fibrozi, sirrozi va gepatotsellyulyar karsinoma kabi asoratlarning yuzaga kelishi kamayadi; • bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi quyidagilardan iborat: Gepatit D virusini belgilarsiz tashuvchilarni o‘z vaqtida aniqlashning iqtisodiy xarajatlari surunkali virusli gepatit D bilan yangi kasallangan bemorlarni davolashdan kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytiradi, bu har bir bemor uchun yiliga 41249341 so‘mni, 1 kishini skrining tekshiruvi esa, 47000 so‘mni tashkil etadi. Muloqatda bo‘lgan shaxslarni, xususan, oila a’zolarini o‘z vaqtida skrining tekshiruvidan o‘tkazish va emlash oila ichidagi zararlanishni kamaytiradi va SVGV+D bilan kasallangan 1 nafar bemorni davolash uchun byudjet xarajatlaridan yiliga 41 249 341 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: Muloqatda bo‘lgan shaxslarni, xususan, oila a’zolarini o‘z vaqtida skrining tekshiruvidan o‘tkazish va emlash SVGV+D bilan kasallangan 1 nafar bemorni davolash uchun byudjet xarajatlaridan yiliga 41 249 341 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «HDV infeksiyasida klinik va molekulyar genetik parallelliklar» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha RIEMYuPKIATMning Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashiga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 2023 yil 1 iyundagi 344-son xat yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: jigar fibrozi zo‘rayishida va jigar sirrozida qonda mikroRNK-122 miqdori kamayib borishi va uning gepatit D da jarayon faolligi bilan bog‘liqligi kuzatildi. SGD bemorlar guruhiga nisbatan JSning rivojlanishi mikroRNK-122 miqdorining 3,7 baravar kamayishi bilan ifodalanadi. MikroRNK-122 markeri gepatit D bilan kasallangan bemorlarning laborator monitoringida jigar shikastlanishi og‘irligining va SGD da jigar fibrozi shakllanishi tezligining ko‘rsatkichi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: MikroRNK-122 ekspressiya darajasi va jigar fibrozining og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 11 noyabrdagi 22-son buyrug‘iga, Toshkent shahridagi birinchi shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 21 oktyabrdagi 163/1-son buyrug‘iga va Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 15 oktyabrdagi 71-sonli buyrug‘iga asosan ushbu shifoxonalar bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samardorligi quyidagilardan iborat: • NDV infeksiyasi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jigar fibrozi, sirrozi va gepatotsellyulyar karsinoma kabi asoratlar yuzaga kelishining oldi olinadi; • bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi quyidagilardan iborat: MikroRNK-122 markeri gepatit D bilan kasallangan bemorlarning erta tashxisotida va davolash jarayonida qo‘llanilishi jigar fibrozini erta aniqlash imkonini beradi va surunkali virusli gepatit D bilan kasallangan 1 nafar bemorni davolash uchun byudjet xarajatlaridan yiliga 41 249 341 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: MikroRNK-122 markerini surunkali virusli gepatit D erta tashxisotida va davolash jarayonida qo‘llash surunkali virusli gepatit D bilan kasallangan 1 nafar bemorni davolash uchun byudjet xarajatlaridan yiliga 41 249 341 so‘m tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «HDV infeksiyasida klinik va molekulyar genetik parallelliklar» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha RIEMYuPKIATMning Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashiga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 2023 yil 1 iyundagi 344-son xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: HDV virus yuklamasi darajasi, HBsAg ning miqdoriy ko‘rsatkichlari va mikroRNK-122 ekspressiyasi darajasi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik aniqlanib, bu fakt mikroRNK-122 ning yuqori darajasi HDV replikatsiyasi jarayoniga bilvosita ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy kilinishi: HDV virus yuklamasi, HBsAg ning miqdoriy ko‘rsatkichlari va mikroRNK-122 ekspressiyasini surunkali HDV infeksiyasida aniqlash Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 11 noyabrdagi 22-son buyrug‘iga, Toshkent shahridagi birinchi shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 21 oktyabrdagi 163/1-son buyrug‘iga va Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 15 oktyabrdagi 71-sonli buyrug‘iga asosan ushbu shifoxonalar bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samardorligi quyidagilardan iborat: HDV virus yuklamasi darajasi, HBsAg ning miqdoriy ko‘rsatkichlari va mikroRNK-122 ekspressiyasi ko‘rsatkichlarini aniqlash HDV replikatsiyasi jarayonini baholash va surunkali gepatit D ning zo‘rayishi va uning jigar sirrozga o‘tish xavfi aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi quyidagilardan iborat: Virus yuklamasi, HBsAg miqdoriy ko‘rsatkichini va mikroRNK-122 ekspressiyasi ko‘rsatkichlarini bevosita aniqlash optimal terapiyani tanlashda va davolashda ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: Qonda virus yuklamasi, HBsAg miqdoriy ko‘rsatkichini va mikroRNK-122 ekspressiyasi ko‘rsatkichlarini aniqlash muhim diagnostik va prognostik ahamiyatga ega va ushbu ko‘rsatkichlar optimal terapiyani tanlash va davolashni monitoring qilishda muhim ahamiyatga ega. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «HDV infeksiyasida klinik va molekulyar genetik parallelliklar» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha RIEMYuPKIATMning Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashiga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 2023 yil 1 iyundagi 344-son xat yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonda HDV infeksiyasining iqtisodiy yukini aniqlash muloqatda bo‘lgan shaxslarni (oila a’zolarini) o‘z vaqtida tekshirish va virusli gepatit V ga qarshi emlashni o‘tkazishning samarasi surunkali gepatit D bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun bevosita xarajatlarni tejash va virusli gepatit D yukini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy kilinishi: Surunkali virusli gepatit D ning ijtimoiy-iqtisodiy yukini aniqlanish natijalari Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 11 noyabrdagi 22-son buyrug‘iga, Toshkent shahridagi birinchi shahar klinik yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 21 oktyabrdagi 163/1-son buyrug‘iga va Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2022 yil 15 oktyabrdagi 71-sonli buyrug‘iga asosan ushbu shifoxonalar bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samardorligi quyidagilardan iborat: O‘zbekistonda HDV infeksiyasining iqtisodiy yukini aniqlash muloqatda bo‘lgan shaxslarni (oila a’zolarini) o‘z vaqtida tekshirish va virusli gepatit V ga qarshi emlashni o‘tkazishning samarasi surunkali gepatit D bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun bevosita xarajatlarni tejash va virusli gepatit D yukini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samardorligi quyidagilardan iborat: Virusli gepatit D ni belgilarsiz tashuvchilarni o‘z vaqtida aniqlashning iqtisodiy xarajatlari surunkali virusli gepatit D bilan yangi kasallangan bemorlarni davolashdan kelib chiqadigan iqtisodiy yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytiradi, bu har bir bemor uchun yiliga 41249341 so‘mni, 1 kishini skrining tekshiruvi esa, 47000 so‘mni tashkil etadi. Muloqatda bo‘lgan shaxslarni, xususan, oila a’zolarini o‘z vaqtida skrining tekshiruvidan o‘tkazish va emlash oila ichidagi zararlanishni kamaytiradi va SVGV+D bilan kasallangan 1 nafar bemorni davolash uchun byudjet xarajatlaridan yiliga 41 249 341 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: Muloqatda bo‘lgan shaxslarni (oila a’zolarini) o‘z vaqtida skrining tekshiruvidan o‘tkazish va virusli gepatit V ga qarshi emlash SGD bilan kasallangan bemorlarni har yili davolashdan ko‘ra iqtisodiy jihatdan foydaliroqdir. Refleks testini o‘tkazish va muloqatda bo‘lgan shaxslarni emlash narxi har bir muloqatda bo‘lganlar uchun 47 000 so‘mni tashkil etadi. Vaholanki, SGD bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun yiliga 41249341 so‘m sarflanadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «HDV infeksiyasida klinik va molekulyar genetik parallelliklar» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha RIEMYuPKIATMning Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashiga Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan 2023 yil 1 iyundagi 344-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish