Abdullaev Mehriddin Razzoqovichning 
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I.    Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy sintetik mahsulotlardan foydalangan holda xususiyatlari yaxshilangan motor yoqilg‘isini olish texnologiyasini ishlab chiqish». 02.00.08 - Neft` va gaz kimyoviy texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3223.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: «O‘ZLITINEFTGAZ» AJ.
Ilmiy rahbar: Saydaxmedov Elyorbek Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
II.    Tadqiqotning maqsadi: muqobil mahalliy sintetik komponentlardan foydalanib, ekspluatatsion va ekologik xossalari yaxshilangan yuqori sifatli kompozision dizel` yoqilg‘ilarni ishlab chiqish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neftni qayta ishlashning gidrotozalangan dizel` yoqilg‘isi va yangi ekologik toza komponent - GTL jarayonini sintetik dizel` fraksiyasi asosida ekspluatatsion va ekologik xossalari yaxshilangan kompozision dizel` yonilg‘ilarini  yangi tarkibi va olish usuli ishlab chiqilgan (IAP 07328); 
ilk bor neftni qayta ishlash zavodining gidrotozalangan dizel` yoqilg‘isi hamda GTL jarayonini 360oS gacha bo‘lgan harorat oralig‘ida qaynaydigan sintetik dizel` fraksiyasi asosida yangi tarkibli kompozision dizel` yoqilg‘isi ishlab chiqilgan, undagi sintetik dizel` fraksiyasi ulushi 1 dan 50% gacha bo‘lgan miqdorda tashkil etadi (IAP 07328); 
kompozision dizel` yoqilg‘isi tarkibidagi GTL jarayonini sintetik dizel` fraksiyasini optimal chegaraviy miqdorini aniqlash mezoni sifatida sintetik komponentni moylantirish qobiliyatini ifodalovchi keltirilgan edirilish dog‘i diametri ko‘rsatkichidan foydalanish mumkinligi asoslangan;
tarkibida asosan parafin uglevodorodlar mavjud bo‘lgan GTL jarayonining sintetik dizel` fraksiyasi kompozision dizel` yoqilg‘isining qo‘shimcha komponenti sifatida qo‘shilganda yoqilg‘ining setan soni va setan indeksi ko‘rsatkichlari 20 punktgacha oshib kompozision dizel` yoqilg‘isini olovlanish va yonuvchanlik xususiyatlari yaxshilanishi aniqlangan;
kompozision dizel` yonilg‘isining tarkibiga GTL jarayonining sintetik dizel` fraksiyasi qo‘shimcha komponent sifatida 50% gacha miqdorda qo‘shilganda oltingugurt miqdori sezilarli darajada - 4 rrm gacha, polisiklik aromatik uglevodorodlarni miqdori - 3,17 % gacha kamayishi aniqlangan, bunda chiqindi gazlarida toksik moddalarni - uglerod monoksidi, azot oksidlarini va yonmagan uglevodorodlarni miqdorini nisbatan 30% kamayishi aniqlangan, bu kompozision dizel` yoqilg‘isining ekologik xususiyatlari yaxshilanishini tavsiflaydi;
ishlab chiqilgan kompozision dizel` yoqilg‘isidagi sintetik dizel` fraksiyasi ushbu yoqilg‘ini past harorat xususiyatlarini yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan, optimal miqdordagi kompozision dizel` yoqilg‘isining  filtrlanishining chegaraviy harorati minus 22oS ga teng bo‘lib bazaviy gidrotozalangan dizel` yoqilg‘isini aynan shu ko‘rsatkichiga nisbatan 15oS gacha pasayishi aniqlangan.  
IV.    Ixtiroga patenti: 
«Kompozision dizel` yoqilg‘isi tarkibi», № IAP 07328 - 2023 y.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqilgan neftni qayta ishlashning gidrotozalangan dizel` yoqilg‘isi asosida GTL jarayonini sintetik dizel` fraksiyasini ekologik toza komponent sifatida qo‘shib yuqori ekspluatatsion va ekologik xususiyatlarga ega bo‘lgan yangi tarkibli kompozision dizel` yoqilg‘isining olish usuli Buxoro neftni qayta ishlash zavodida amaliyotga joriy etilgan (Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 2023 yil 10-martdagi Dalolatnomasi hamda “O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 09-iyundagi № 08-611 sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan kompozision dizel` yoqilg‘isi uchun sertifikatsiya organi tomonidan yangi «DT Evro-L-II-K4-SSDF» va «DT Evro-L-II-K5-SSDF» markali yarim sintetik dizel` yoqilg‘isi sifatida sertifikatsiya qilingan va Buxoro NQIZ ushbu markali dizel` yoqilg‘ilarini seriyali ishlab chiqarish uchun muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lib (2023 yil 17 martagi  № UZ.SMT.01.0079.89526394 sonli sertifikati),  korxonada GTL jarayonining ekologik toza dizel` fraksiyasi asosida tayyor dizel` yoqilg‘isini ishlab chiqarishni 50% gacha oshirish imkonini bergan; 
Mazkur ishlanmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan (IAP 07328, 2023y.) ixtiro patenti berilgan, ushbu GTL jarayonining ekologik toza sintetik dizel` fraksiyasidan foydalanib neftni qayta ishlashdagi gidrotozalangan dizel` yoqilg‘isi asosida olovlanish va yonuvchanlik darajasi yuqoriligi, oltingugurt va polisiklik aromatik uglevodorodlarni miqdori sezilarli darajada past bo‘lib chiqindi gazlarida toksik moddalari kamayishi evaziga ekspluatatsion va ekologik xossalari yaxshilangan va eng zamonaviy halqaro talablarga to‘la javob bera oladigan kompozision yarim sitntetik dizel` yoqilg‘ilarini yangi markalarini ishlab chiqarish, mavjud texnologik resepturalar va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, raqobatdosh eksportbob tayyor dizel` yoqilg‘ilarini ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini beradi. Hozirgi kungacha ixtiro asosida kompozision yarim sitntetik dizel` yoqilg‘isi ishlab chiqarilgan va 1,108 mlrd. so‘mlik sof iqtisodiy samaraga erishilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish