Radjabov Sardor Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarni fond bozorida aksiyalar narxini barqarorligini ta’minlash yoʻllari (sement ishlab chiqaruvchi aksiyadorlik jamiyatlari misolida)”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3172.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli ilmiy Kengash
Rasmiy opponentlar: Burxonov Aktam Usmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni fond bozorida aksiyalari narxini barqarorligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxona aksiyadorlariga oddiy aksiyalarni bozor qiymatining 95 foizidan past bo‘lmagan narxda sotib olishdan iborat o‘z imtiyozli huquqlarini ro‘yobga chiqarishni keng qo‘llash orqali korxonaning ustav kapitalini oshirish taklif etilgan;
korxonaning bitta aksiyasiga to‘g‘ri keladigan bazaviy daromadini baholash qo‘shimcha tarzda aksiyalarning “ikkilamchi bozordagi narxining o‘zgarishi” ko‘rsatkichidan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
korxonaning aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni xodimlar uchun “aksiya opsion”laridan foydalanish taklifi asoslangan;
“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining ikkilamchi bozor narxi o‘zgarishining narx bo‘yicha grafiklardagi vizual to‘lqinlar tizimidan foydalangan holda ikkinchi tartibli chiziqli differensial tenglamalarni qo‘llash orqali kunlik o‘zgarish prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar aksiyalari narxlarini barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
korxonaning aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlar odatdagi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarga joylashtirilganda, aksiyadorlariga oddiy aksiyalarni bozor qiymatining 95 foizidan past bo‘lmagan narxda sotib olishdan iborat o‘z imtiyozli huquqlarini ro‘yobga chiqarishni keng qo‘llash orqali ustav kapitali oshirish bo‘yicha taklifi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy etilgan (“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 16 yildagi 6/756-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi asosida korxonaning ustav kapitali 2021-yilga nisbatan 2022-yilda 5,3 foizga oshgan;
korxonaning bitta aksiyasiga to‘g‘ri keladigan bazaviy daromadini tahlil etishda aksiyalarini “ikkilamchi bozordagi narxini o‘zgarishi” bilan baholash bo‘yicha taklifi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy etilgan (“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 16 yildagi 6/756-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida fond bozorida aksiyalar erkin muomalada bo‘lishi ta’minlash orqali 2021-yilda dividend stavkasi 16,75 ga, 2022-yilda esa tashkilot ishlab chiqarish quvvatini oshirishi natijasida dividend stavkasi 26,86 ga ko‘tarilishiga erishilgan;
korxonaning aksiyalariga ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarni xodimlar uchun “aksiya opsion”laridan foydalanish bo‘yicha taklifi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy etilgan (“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 16 yildagi 6/756-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi aksiyaga to‘g‘ri keladigan daromadning kamayishi yoki har bir aksiya uchun zararning oshishi 2021-yilga nisbatan 2022-yilga 1,2 foizga kamayib, oddiy aksiyalar uchun daromadlar hajmi (EPS) 2022-yilda 1024 so‘mni tashkil etgan;
“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining ikkilamchi bozor narxi o‘zgarishining narx bo‘yicha grafiklardagi vizual to‘lqinlar tizimidan foydalangan holda chiziqli differensial tenglamalarni qo‘llash orqali kunlik o‘zgarish prognozi “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy etilgan (“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining 2023-yil 16 yildagi 6/756-sonli ma’lumotnomasi).