Allaniyazov Arman Baxitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped536.
Ilmiy rahbar: Kudaybergenova Tajixal Kuchkarovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (mayllar, qiziqish va hissiyot) pedagogik yondashuvlar asosida ob’ektiv-aniq bilimlar, sub’ekt-sub’ekt munosabatlar hamda axborotlarni uzatish mexanizmlari bilan ma’naviy qadriyatlarning anglanganligi va amaliy faoliyatda namoyon bo‘lish dinamikasiga (so‘z va amal birligi) ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish tuzilmasi (emotsional-kognitiv, amaliy-faoliyatli, refleksiv-baholovchi) o‘quvchilarning “o‘z-o‘ziga va o‘zgalarga bo‘lgan munosabati” tizimi asosida ijobiy faoliyat turlariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;  
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini hosil qilishga yo‘naltirilgan pedagogik modeli shaxsiy-faoliyatli, aksiologik va gumanistik yondashuvlar asosida o‘quvchilarda qadriyatlarga oid aniq bilim va tasavvurlarni hosil qilish, ularning mohiyatini anglashga yo‘naltirilgan qadriyatli-maqsadli, mazmunli, tefleksiv va tashxisli-natijali bloklarning yaxlitligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini hosil qilishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon dars va darsdan tashqari ta’lim shakllarida qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish strategiyalarini qo‘llashga doir o‘qituvchi faoliyatining tarbiyaviy, me’yoriy, texnologik, izchillik, konseptual faoliyat bosqichlarida nazariy va amaliy tayyorgarlikning uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini pedagogik yondashuvlar asosida ob’ektiv-aniq bilimlar, sub’ekt-sub’ekt munosabatlar hamda axborotlarni uzatish mexanizmlari bilan ma’naviy qadriyatlarning anglanganligi va amaliy faoliyatda namoyon bo‘lish dinamikasiga (so‘z va amal birligi) ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan «Tarbiya» fanining ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 21 apreldagi 01/11-02/02-537-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Tarbiya» fani bo‘yicha kompetensiyalar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish tuzilmasini o‘quvchilarning “o‘z-o‘ziga va o‘zgalarga bo‘lgan munosabati” tizimi asosida ijobiy faoliyat turlariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir  taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 fevraldagi 02-07-456/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirishga mezonlari (ma’naviy-axloqiy tarbiyalanganlik va qadriyatlarga nisbatan hissiy yo‘nalganlik va h.k.) va daraja (yuqori, o‘rta, past) ko‘rsatkichlarini aniqlashga erishilgan;
o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini hosil qilishga yo‘naltirilgan pedagogik modeli o‘quvchilarda qadriyatlarga oid aniq bilim va tasavvurlarni hosil qilish, ularning mohiyatini anglashga yo‘naltirilgan qadriyatli-maqsadli, mazmunli, tefleksiv va tashxisli-natijali bloklarning yaxlitligini ta’minlash orqali takomillashtirish hamda dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish strategiyalarini qo‘llashga doir taklif va tavsiyalardan A-1-173 raqamli “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” (2012-2016 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 19 fevraldagi 02-07-456/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda qadriyatli munosabat tajribasini shakllantirish shart-sharoitlarini takomillashtirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish