Xakimova Shoira Sag‘dullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonning elektroenergetika sanoati tarixi (1991–2016-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar492.
Ilmiy rahbar: Saidboboeva Gulzora Nematjonovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991–2016-yillarda O‘zbekistonning elektroenergetika sanoati va energiya ishlab chiqaruvchi asosiy tarmoqlari faoliyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1985-yildan 2000-yillargacha elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish respublikada issiqlik elektr stansiyalarini qurish hisobiga amalga oshirilganligi, shu sababli gidroenergetika inshootlarining qurilishida deyarli o‘zgarish yuz bermaganligi, asosiy ishlar ishlab turgan GESlarning samaradorligini oshirish, ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish masalalariga qaratilganligi, aholi sonining o‘sib borishi va ishlab chiqarish korxonalarining ko‘payishi natijasida XX asrning so‘nggi 10 yilligida elektr energiyasi isteʼmoliga nisbatan energiya ishlab chiqarish ortda qolganligi aniqlangan;
respublika taraqqiyotiga qaratilgan islohotlar energiya sektorini rivojlantirish jarayonlarida ham to‘la aks etganligi, uning uch bosqichda o‘tkazilganligi, birinchi bosqich (1991-1996-yillar)da energiya mustaqilligi va jamiyatning ustivor ijtimoiy maqsadlariga erishish uchun yoqilg‘i-energiya bozorini qayta yo‘naltirilganligi, ikkinchi bosqich (1997-2002-yillar)da energiya bozorini boshqarish mexanizmlarini joriy etish, sohada mahalliy va xorijiy investisiyalarni jalb etishning olib borilganligi, uchinchi bosqich (2003 yildan keyingi yillar) energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning joriy etilgani dalillangan;
O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirishning “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lsada, sohada tajribali kadrlarning kamligi, targ‘ibot ishlarining keng olib borilmaganligi, quyosh panellarini o‘rnatishdagi kamchiliklar va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni amalda qo‘llash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish talablariga javob bermaganligi natijasida muqobil energiya manbalari oqilona o‘zlashtirilmaganligi isbotlangan;
1990 – 2016-yillarda elektroenergetika sanoatida yangi boshqaruv mexanizmlarining joriy etilganligi hamda uni rivojlantirishga doir bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligiga qaramasdan, sovet davrida bunyod etilgan energetik inshootlarning texnik imkoniyatlari eskirganligi bois ularni ta’mirlash, zamonaviylarini qurishga respublika va mahalliy buyudjetdan ajratilgan mablag‘larning etmaganligi, xorijiy xususiy investisiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoit yaratilmaganligi sababli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining investisiya loyihalari asosida amalga oshirilganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2016-yillarda O‘zbekistonda elektroenergetika sanoati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
1985-yildan 2000-yillargacha elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish respublikada issiqlik elektr stansiyalarini qurish hisobiga amalga oshirilganligi, shu sababli gidroenergetika inshootlarining qurilishida deyarli o‘zgarish yuz bermaganligi, asosiy ishlar ishlab turgan GESlarning samaradorligini oshirish, ularni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish masalalariga qaratilganligi, aholi sonining o‘sib borishi va ishlab chiqarish korxonalarining ko‘payishi natijasida XX asrning so‘nggi 10 yilligida elektr energiyasi isteʼmoliga nisbatan energiya ishlab chiqarish ortda qolganligi aniqlanganligi, respublika taraqqiyotiga qaratilgan islohotlar energiya sektorini rivojlantirish jarayonlarida ham to‘la aks etganligi, uning uch bosqichda o‘tkazilganligi, birinchi bosqich (1991-1996-yillar)da energiya mustaqilligi va jamiyatning ustivor ijtimoiy maqsadlariga erishish uchun yoqilg‘i-energiya bozorini qayta yo‘naltirilganligi, ikkinchi bosqich (1997-2002-yillar)da energiya bozorini boshqarish mexanizmlarini joriy etish, sohada mahalliy va xorijiy investisiyalarni jalb etishning olib borilganligi, uchinchi bosqich (2003 yildan keyingi yillar) energiya ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning joriy etilgani dalillanganligi yuzasidan natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2022-yil 12-sentyabrdagi 02-31-1487-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarda respublika elektroenergetika sanoati tarixi bo‘yicha ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirishning “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lsada, sohada tajribali kadrlarning kamligi, targ‘ibot ishlarining keng olib borilmaganligi, quyosh panellarini o‘rnatishdagi kamchiliklar va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni amalda qo‘llash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish talablariga javob bermaganligi natijasida muqobil energiya manbalari oqilona o‘zlashtirilmaganligi isbotlanganligi, 1990-2016-yillarda elektroenergetika sanoatida yangi boshqaruv mexanizmlarining joriy etilganligi hamda uni rivojlantirishga doir bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinganligiga qaramasdan, sovet davrida bunyod etilgan energetik inshootlarning texnik imkoniyatlari eskirganligi bois ularni ta’mirlash, zamonaviylarini qurishga respublika va mahalliy buyudjetdan ajratilgan mablag‘larning etmaganligi, xorijiy xususiy investisiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoit yaratilmaganligi sababli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining investisiya loyihalari asosida amalga oshirilganligi xususidagi natijalaridan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilgan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 16-noyabrdagi 02-38/3235-son ma’lumotnomasi). Natijalar ushbu tadbirlarni ilmiy asosda shakllantirish va tashkil etish imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish