Nurmatova Iroda Akramdjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyat manaviy muhitini barqarorlashtirishda axloqiy me’yorlashtirish texnologiyalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal519.
Ilmiy rahbar: Qaxxorova Matlyuba Manofovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: Muhammadjonova La’lixon Ashuralievna, falsafa fanlari doktori, professor; Baltabaeva Aida Tinaybekova, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat ma’naviy taraqqiyotining barqarorligini ta’minlashda axloqiy me’yorlashtirish texnologiyalarining xususiyatlarini ijtimoiy-falsafiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyat ma’naviy muhitini barqarorlashtirishda xulq-odob (sabr, qanoat, tashabbus, shijoat) sifatlarining shaxs irodaviy xarakterini axloqiy me’yorlashtirishga oid texnologiyalarining aqliy-intellektual, hissiy-emotsional asoslarini yaratish va ta’lim-tarbiya tizimini obektiv zaruratga moslashtirishda ijtimoiy vosita sifatidagi ahamiyati asoslangan;
ma’naviy muhitda axloqiy vorislik (jadid ma’rifatparvarlari ta’limotidagi) ilm va axloq uyg‘unligi, fikriy, xulqiy tarbiyada ibrat va namunaning mavjudligi oila mikro muhitida milliy qadriyatlar tizimini assimilyasiyasiya va deformatsiyadan saqlab qoluvchi an’anaviy gumanistik mezonlari hamda avlodlararo vorisiylik taraqqiyotini ta’minlovchi zamonaviy progressiya xususiyati ochib berilgan;
yoshlar dunyoqarashini shakllanishida axloqiy me’yorlashtirish (kitobxonlik va muloqot texnologiyasi)ning ijtimoiy-madaniy jihati jamiyat taraqqiyotida inson faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishiga oid aksiologik omillarning umuminsoniy qadriyatlar va milliy manfaatlar ustuvorligiga erishishdagi zamonaviy asoslari aniqlangan;
taraqqiyotning yangi bosqichida jamiyat muhitni axloqiy me’yorlashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida ijtimoiy nazoratning daxldorlik hamda axloqiy bag‘rikenglik komponentlarini tarkibiy-mazmuniy faollashtirish va rivojlantirishni ta'minlaydigan, milliy tafakkur faolligiga etaklovchi sotsiostrukturaviy determenantlarni mustahkamlash zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat ma’naviy muhitini barqarorlashtirishda axloqiy me’yorlashtirish texnologiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyat ma’naviy muhitini barqarorlashtirishda xulq-odob (sabr, qanoat, tashabbus, shijoat) sifatlarining shaxs irodaviy xarakterini axloqiy me’yorlashtirishga oid texnologiyalarining aqliy-intellektual, hissiy-emotsional asoslarini yaratish va ta’lim-tarbiya tizimini obektiv zaruratga moslashtirishda ijtimoiy vosita sifatidagi ahamiyati asoslangani kabi xulosalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan “Ma’naviyat festivali” targ‘ibot faoliyati doirasidagi “Yangi Uyg‘onish davri kitob va kutubxonalardan boshlanadi” ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 27-iyul 02/08/1207-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatdagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot samaradorligiga va ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda axloqiy me’yorlashtirish texnologiyalarini an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar uyg‘unligi sifatida o‘rganishga xizmat qilgan;
ma’naviy muhitda axloqiy vorislik (jadid ma’rifatparvarlari ta’limotidagi) ilm va axloq uyg‘unligi, fikriy, xulqiy tarbiyada ibrat va namunaning mavjudligi oila mikro muhitida milliy qadriyatlar tizimini assimilyasiyasiya va deformatsiyadan saqlab qoluvchi an’anaviy gumanistik mezonlari hamda avlodlararo vorisiylik taraqqiyotini ta’minlovchi zamonaviy progressiya xususiyati ochib berilganliga hamda avlodlararo vorisiylik taraqqiyotini ta’minlovchi progressiya xususiyatining zaruriy ifodasi sifatida innovatsion milliy-madaniy tafakkurni an’anaviylikdan zamonaviylikka o‘zgarishini ta’minlovchi dixotomik yondashuvlar birligi bo‘lishi isbotlanganligi, yoshlar dunyoqarashini shakllanishida axloqiy me’yorlashtirish (kitobxonlik va muloqot texnologiyasi)ning ijtimoiy-madaniy jihati jamiyat taraqqiyotida inson faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishiga oid aksiologik omillarning umuminsoniy qadriyatlar va milliy manfaatlar ustuvorligiga erishishdagi zamonaviy asoslari aniqlanganligiga oid xulosalardan respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan “Ma’naviyat festivali” targ‘ibot faoliyati doirasidagi “Ma’naviyat festivali” targ‘ibot faoliyati doirasidagi “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 27-iyul 02/08/1207-son ma’lumotnomasi). Natija yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy hayotida bag‘rikenglik xislatini oshirishga va jamiyat ma’naviy muhitini barqarorlashtirishga xizmat qilgan;
taraqqiyotning yangi bosqichida jamiyat muhitni axloqiy me’yorlashtirishning asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida ijtimoiy nazoratning daxldorlik hamda axloqiy bag‘rikenglik komponentlarini tarkibiy-mazmuniy faollashtirish va rivojlantirishni ta'minlaydigan, milliy tafakkur faolligiga etaklovchi sotsiostrukturaviy determenantlarni mustahkamlash zarurati isbotlangani kabi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 27-iyul 4-13-23-2272-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar dunyoqarashida jamiyatga nisbatan ijobiy munosabatning shakllanishi, jamiyat ma’naviy muhitining barqarorlashuvi, yosh rahbar kadrlar ma’naviy dunyoqarashida bilim egallash xalq bilan muloqot vositasi ekanligiga xizmat qilgan.