Esirgapov Farxodjon Bobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston kichik shaharlarining shakllanishi va rivojlanishidagi zamonaviy tamoyillar (Samarqand viloyatidagi kichik shaharlar misolida), 18.00.02-Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4/PhD.A54.
Ilmiy rahbar: Xidirov Muxsin Mixaylovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Salimov Arifdjon Muslimovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Qayumov Habib Isxakovich, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlikLITI” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kichik shaharlarni respublikamiz hududlari (viloyatlari)dagi aholi joylashuvining shakllanishini, ularning rivojlanishi va taraqqiyotidagi zamonaviy tamoyillarni aniqlash asosida O‘zbekiston kichik shaharlarini arxitektura-rejaviy takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, me’moriy-shaharsozlik nuqtai nazardan rivojlanishining muhim tamoyillari sifatida - uning geografik o‘rni, kichik shaharning paydo bo‘lishi va rivojlanish davri, ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi, ko‘chalar estetikasi, mahalla moduli hamda shaharning strukturaviy tuzilishi kabilar muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan.
kichik shaharlar arxitekturasini yaratish va rivojlantirishda ko‘p asrlardan beri ijtimoiy hamkorlik ishonchini oqlagan “mahalla” me’moriy shaharsozlik moduli samaradorligi aniqlanib, uning o‘ziga xos jihati sifatida aholining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-maishiy extiyojlariga bog‘liq obektlarning mahallalarda kompleks tarzda rejalashtirilishi zarurligi asoslangan.
kelajak kichik shaharlarining master planlarini ishlab chiqishda shaharsozlik echimlari uchun ixcham chiziqli (murakkab relefli hududlar uchun), chiziqli (magistral yo‘llar bo‘yi hududlari uchun) va radial-aylana (hududlarining relefi va iqlim sharoitiga bog‘liq ravishda) kabi uch xil rejaviy sxemalarni qo‘llash samaradorligi isbotlangan;
kichik shaharlarni ichki imkoniyatiga qarab funksiyalarga ajratgan holda sanoat korxonalari mavjud hududlarda sanoat shahri, tarixiy obidalari va qadamjolarga ega hududlarda turizm shahri, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga moslashgan hududlarda agrar sanoat shahri, tog‘ va tog‘oldi hududlarda joylashgan shaharlarda tog‘li-rekreatsiya hamda sanatoriya kurort shahar statusiga ajratish orqali shakllantirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishn. O‘zbekiston kichik shaharlari shakllanishi va rivojlanishining zamonaviy tamoyillari tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kichik shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy, me’moriy-shaharsozlik nuqtai nazardan rivojlanishining muhim tamoyillari sifatida - uning geografik o‘rni, kichik shaharning paydo bo‘lishi va rivojlanish davri, ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi, ko‘chalar estetikasi, mahalla moduli hamda shaharning strukturaviy tuzilishi kabilar muhim ahamiyat kasb etishi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 maydagi 06/5677-son ma’lumotnomasi). Yuqorida keltirilgan ilmiy natijaning qo‘llanilishi me’moriy-shaharsozlik nuqtai nazardan rivojlanishining o‘ziga xos johatlarini ochish imkonini bergan;
kichik shaharlar arxitekturasini yaratish va rivojlantirishda ko‘p asrlardan beri ijtimoiy hamkorlik ishonchini oqlagan “mahalla” me’moriy shaharsozlik moduli samaradorligi aniqlanib, uning o‘ziga xos jihati sifatida aholining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-maishiy extiyojlariga bog‘liq obektlarning mahallalarda kompleks tarzda rejalashtirilishi zarurligi asoslanganligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 maydagi 06/5677-son ma’lumotnomasi). Yuqorida keltirilgan ilmiy natijaning qo‘llanilishi Samarqand viloyatidagi kichik shaharlar misolida shaharsozlikda mahalla ananalarining  qadimdan vujudga kelganliga va taraqqiy etganligi hususida aniq xulosa chiqarish imkonini bergan;
kelajak kichik shaharlarining master planlarini ishlab chiqishda shaharsozlik echimlari uchun ixcham chiziqli (murakkab relefli hududlar uchun), chiziqli (magistral yo‘llar bo‘yi hududlari uchun) va radial-aylana (hududlarining relefi va iqlim sharoitiga bog‘liq ravishda) kabi uch xil rejaviy sxemalarni qo‘llash samaradorligi isbotlanganligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 maydagi 06/5677-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi kichik shaharlarning master planlarini ishlab chiqishda muhim dastur sifatida qo‘llanish imkonini bergan;
kichik shaharlarni ichki imkoniyatiga qarab funksiyalarga ajratgan holda sanoat korxonalari mavjud hududlarda sanoat shahri, tarixiy obidalari va qadamjolarga ega hududlarda turizm shahri, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga moslashgan hududlarda agrar sanoat shahri, tog‘ va tog‘oldi hududlarda joylashgan shaharlarda tog‘li-rekreatsiya hamda sanatoriya kurort shahar statusiga ajratish orqali shakllantirish taklif etilganligi yuzasidan olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 20 maydagi 06/5677-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi hozirgi davirning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, mazkur sohalarda yangi sahifalarni ochib berish va ulardan unumli foydalaninsh imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish