Ergashev Islom Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion-investision jarayonlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt28.
Ilmiy rahbar: Berkinov Bozorboy Berkinovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xomitov Komiljon Zoitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Makroiqtisodiy tadqiqotlar va prognozlashtirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion-investision jarayonlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar investision jozibadorligini qiyosiy baholashning benchmarking tizimi xizmatlar sohasida investision jozibadorlik mezonlari asosida modifikatsiyalangan;
xizmat ko‘rsatish sohasida investision loyihalarni baholash uslubi sof diskontlangan daromadni va ichki daromadlilik normasini bosqichli investisiyalash samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
xizmatlar bozorining rivojlanishi tendensiyalari hamda asosiy kapitalga kiritilayotgan investisiyalar dinamikasini inobatga olgan holda xizmat ko‘rsatish sohasida investision jarayonlarni 2018–2021 yillar davomida rivojlantirishning prognoz parametrlari asoslangan;
venchur fondini shakllantirishning boshqaruv tuzilmasi hamda mas’uliyati cheklangan hamkorlar o‘zaro aloqalarini tavsiflovchi sxemasi taklif etilgan;
hududlar iqtisodiyoti investision jozibadorligini aniqlashda investision salohiyat va investision risk omillari asosida baholash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion-investision jarayonlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmatlar sohasida investision jozibadorlik mezonlari asosida modifikatsiyalangan hududlar investision jozibadorligini qiyosiy baholashning benchmarking tizimidan foydalanish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 15 martdagi ShV-03/05-2-1978-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish respublika hududlari investision jozibadorligini aniqlash amaliyotini takomillashtirish imkonini bergan;
sof diskontlangan daromadni va ichki daromadlilik normasini bosqichli investisiyalash samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirilgan xizmat ko‘rsatish sohasida investision loyihalarni baholash metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 15 martdagi ShV-03/05-2-1978-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan metodikadan foydalanish xizmat ko‘rsatish sohasi xo‘jalik sub’ektlari investision loyihalarining samaradorligini baholash uslubiyatini takomillashtirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish sohasida investision jarayonlarni 2018-2021 yillar uchun prognozlashtirishda foydalanilgan modellar va prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2017 yil 13 dekabrdagi LK-02/14-4794-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan model` va prognozlardan foydalanish qo‘mita faoliyatida istiqbolda rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda ilmiy asoslanganlik darajasini oshirgan;
venchur fondini shakllantirishning boshqaruv tuzilmasi hamda mas’uliyati cheklangan hamkorlar o‘zaro aloqalarini tavsiflovchi sxemasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 15 martdagi ShV-03/05-2-1978-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflardan foydalanish qo‘mita faoliyatida xizmatlar sohasida innovatsion faoliyatni jadallashtirish va jalb qilinayotgan investisiya mablag‘lari hajmini oshirish imkonini bergan;
hududlar iqtisodiyoti investision jozibadorligini aniqlashda investision salohiyat va investision risk omillari asosida baholash usulidan foydalanish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasining 2018 yil 15 martdagi ShV-03/05-2-1978-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan usuldan foydalanish respublika hududlari investision jozibadorligini baholash amaliyotini takomillashtirish imkonini berdi.