Boboyorova Shahnoza Roziqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxorodagi Chor Bakr majmuasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari”, 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.PhD/A74.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Abdumannop Abdurahimovich, arxitektura fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim; Kidirbaev Bahrom Yuldashovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxorodagi Chor Bakr majmuasining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini, arxitekturaviy tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
majmuaning yuzaga kelishi va rivojlanishi 3 bosqichda bo‘lganligi, 1-bosqichda X asrda Chor Bakr majmuasida Abu Bakr Sa’d qabri hazira tarzida shakllanganligi, 2-bosqichda XVI asr Abdullaxon II davrida masjid, madrasa, xonaqoh, darvoza, bog‘ barpo etilganligi, 3-bosqichda XVII-XIX asrlar davomida haziralar shakllanganligi dalillangan;
haziralarda bezaklarning nisbatan ko‘proq ayollar, asosan Zaynab Bonu Sultonim (XVII asr), Masturabonu Sultonim (XVII asr), Poshshooyim (XVII asr) haziralarida qo‘llanilganligi aniqlanib, ularning kompozisiyaviy tuzilishlari ochib berilgan;
Abdullaxon II Haramsaroyi Temuriylar davriga xos bog‘-saroy arxitekturasiga o‘xshashligi sababli uning XVI asrga oid ko‘shk-saroy sifatida shakllanganligi dalillangan;
majmua haziralari tarhiy-rejaviy echimiga ko‘ra 4 ta tipda shakllanganligi, ya’ni bir hujrali (XVII asr), ko‘p hujrali va ayvonli (XVIII-XIX asrlar), hovlili hamda chilla xonali tiplari mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Buxorodagi Chor Bakr majmuasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
haziralarda qo‘llanilgan bezaklarning nisbatan ko‘proq ayollar asosan Zaynab Bonu Sultonim (XVII asr), Masturabonu Sultonim (XVII asr), Poshshooyim (XVII asr) haziralarida qo‘llanilganligi aniqlanib, ularning kompozisiyaviy tuzilishlariga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligining madaniy meros ob’ektlarini saqlash, qayta tiklash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligining 2022 yil 30 dekabrdagi 01-06/4595-son ma’lumotnomasi). Natijada, majmua bezaklarini ta’mirlash va qayta tiklashda xususan, Zaynab Bonu Sultonim (XVII asr) hazira hovlisining janubiy va sharqiy devorlari bezagini qayta tiklash va restavratsiya qilish jarayonida, majmuadan samarali foydalanish maqsadida sayyohlarni jalb etish va turizm faoliyatini rivojlantirishda ulardan foydalanish imkoniyati yaratilgan;
xon haramlarining saroy yoki binoga nisbatan asosan shimol, shimoli-sharqiy qismlarida shakllanganligi, lekin Chor Bakr majmuasida Haramsaroy sharqiy qismda joylashganligiga oid erishilgan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligi turizm va madaniy meros ob’ektlarini saqlash, qayta tiklash faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligining 2022 yil 30-dekabrdagi 01-06/4596-son ma’lumotnomasi). Natijada, Haramsaroy va xon haramlari joylashuvi va Sitorai Moh Xossa haramining grafik taklif loyihasi yuzasidan aniq tasavvur hosil qilish va turizm faoliyatini rivojlantirishda ma’lumot manba sifatida hamda restavratsiya qilish, saqlashda foydalanish imkoniga erishilgan;
Abdullaxon II Haramsaroyi Temuriylar davriga xos bog‘-saroy arxitekturasiga o‘xshashligi sababli uning XVI asrga oid ko‘shk-saroy sifatida shakllanganligiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligi turizm infrastrukturasini shakllantirish faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va Madaniy meros vazirligi Madaniy meros agentligining 2022 yil 30 dekabrdagi 01-06/4596-son ma’lumotnomasi). Natijada, Haramsaroy-ko‘shki Temuriylar bog‘-saroylari kabi “chorbog‘” usulida shakllanganligi yuzasidan aniq tasavvur hosil qilish bo‘yicha muhim ma’lumot manba sifatida foydalanish imkonini hosil qilgan;