Axnazarova Diyora Erkin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Talabalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/P466.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Ostanov Shuhrat Sharifovich, psixologiya fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlanlanishida nostandart vaziyatlarda echim topish qobiliyatining divergent fikrlash kontekstida differensial namoyon bo‘lishi tufayli kreativlikni kognitiv jihati ustuvor ekanligi dalillangan;
talabalarda ijodiy fikrlashni namoyon bo‘lishida ob’ektiv va ramziy fikrlashni o‘g‘il bolalarda ramziy va majoziy fikrlashni qiz bolalarda ustuvorligi tufayli gender farqlarning mavjudligi isbotlangan;
talabalardagi ijodiy qobiliyatni rivojlanishi ob’ektiv, ramziy, belgili fikrlashning mantiqiy va abstract tafakkurda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli intelekt strukturasining integrative shakillanishiga identiv ekanligi;
talabalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun o‘z-o‘zini faollashtirishni ,, divergent fikrlashini semantik moslashuvchanlikka usuvorlik berish orqali kuchaytirish muhimligi tufayli kreativ tasavvurlarni jamlantirishning psixologik jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: talabalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlariga oid muammoni tadqiq etish natijasida:
talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlanlanishida nostandart vaziyatlarda echim topish qobiliyatining divergent fikrlash kontekstida differensial namoyon bo‘lishi tufayli kreativlikni kognitiv jihati ustuvor ekanligi dalillangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-34 a-son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-34-m son maʼlumotnomasi). Natijada ijodkorlik xususiyatlari muammosiga oid ilmiy manbalarni tahlil qilish va tadqiqot maqsadiga mos ravishda tizimlashtirilgan.
talabalarda ijodiy fikrlashni namoyon bo‘lishida ob’ektiv va ramziy fikrlashni o‘g‘il bolalarda ramziy va majoziy fikrlashni qiz bolalarda ustuvorligi tufayli gender farqlarning mavjudligi isbotlangan ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-34 a- son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-34-m son maʼlumotnomasi). Natijada talabalarda ijodkorlik xususiyatlarini namoyon bo‘lishining o‘ziga xosligi aniqlashtirilgan.
talabalardagi ijodiy qobiliyatni rivojlanishi ob’ektiv, ramziy, belgili fikrlashning mantiqiy va abstract tafakkurda ustuvor namoyon bo‘lishi tufayli intelekt strukturasining integrative shakillanishiga identiv ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-34 a- son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-34-m son maʼlumotnomasi). Natijada talabalarda ijodkorlik xususiyatlari rivojlanishiga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan.
talabalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun o‘z-o‘zini faollashtirishni, divergent fikrlashini semantik moslashuvchanlikka usuvorlik berish orqali kuchaytirish muhimligi tufayli kreativ tasavvurlarni jamlantirishning psixologik jihatlari asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 5 iyuldagi PM-34 a- son buyrug‘i asosida «Ontogenez psixologiyasi va pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 6 iyuldagi PM-34-m son maʼlumotnomasi). Natijada talabalarda ijodkorlik xususiyatlarini shakllantirishga qaratilgan psixologik trening dasturini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash mezonlari aniqlangan.