Sultaniyazov Madiyar Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv jarayonlarida talaba-yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped882.
Ilmiy rahbar: Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01
Rasmiy opponentlar: Qodirov Quandiq Aytbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonida talaba yoshlarni tarbiyalashning innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va metodik asoslarini yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv jarayonida talaba yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik zarurati tarbiya tamoyillarining zamonaviy jamiyat talablariga mos holda o‘zgarishi hamda taraqqiyot tendensiyalariga muvofiqligini faktik jihatdan asoslash orqali aniqlashtirilgan;
globallashuv jarayonida talaba yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlari zamonaviy tarbiya shakllarini vitagen tarbiya integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga epistemologik va kognitiv tamoyillar vositasida qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
globallashuv jarayonida talaba yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish modeli darsdan tashqari vaqtlarda talaba yoshlarni tarbiyalashning shakl va usullarini tarbiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektiv omillarga nisbatan qo‘llash hamda natijalarni xolis baholash strategiyasining pragmatik, empirik, plyuralistik omillarini kvalimetrik baholash orqali takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan;
talaba-yoshlarni tarbiyalashning amaliy-texnologik tizimi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning konstruktiv va destruktiv, psixologik-pedagogik, evristik va uslubiy xususiyatlarini globallashuvning ijobiy tendensiyalariga metodik jihatdan deterministik omil sifatida moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv jarayonlarida talaba-yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
tarbiya tamoyillarining zamonaviy jamiyat talablariga mos holda o‘zgarishi hamda taraqqiyot tendensiyalariga muvofiqligini faktik jihatdan asoslash orqali aniqlashtirilgan globallashuv jarayonida talaba yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik zaruratini asoslashga doir takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 17-noyabrdagi 324/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv jarayonida talaba yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik zarurati va pedagogik-psixologik yo‘nalishlarini asoslashga xizmat qilgan;
zamonaviy tarbiya shakllarini vitagen tarbiya integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga epistemologik va kognitiv tamoyillar vositasida qo‘llash asosida takomillashtirilgan globallashuv jarayonida talaba yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat universitetida bajarilgan JHBL-22 «Oiladagi jinoyatlar va zo‘ravonliklar, oiladagi krinogen muhit, kelib chiqish sabablarini tadqiq etish» mavzusidagi qisqa muddatli ilmiy loyihasida amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2023-yil 12-yanvardagi 09-03/10 son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv jarayonida talaba yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish jarayonlarini takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilishiga xizmat qilgan;
darsdan tashqari vaqtlarda talaba yoshlarni tarbiyalashning shakl va usullarini tarbiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektiv omillarga nisbatan qo‘llash hamda natijalarni xolis baholash strategiyasining pragmatik, empirik, plyuralistik omillarini kvalimetrik baholash orqali takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan globallashuv jarayonida talaba yoshlarni tarbiyalashning innovatsion mexanizmlarini takomillashtirish modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida amalga oshirilgan I1-XT-O-17222 raqamli «Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish» mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 15-noyabrdagi 319/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurtimizda boshlangan barcha ezgu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – davlatimiz salohiyatini oshirish, xalqimiz farovonligini ta’minlash, ozod va obod Vatan poydevorini mustahkamlash, yoshlarimizning o‘qib- o‘rganib, zamonaviy ilmlarni egallab, sog‘lom va ma’naviy etuk avlod bo‘lib voyaga etishi yo‘lida keng ko‘lamli islohotlarning mazmunini keng ommaga to‘g‘ri tushuntirishga xizmat qilgan;
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning konstruktiv va destruktiv, psixologik-pedagogik, evristik va uslubiy xususiyatlarini globallashuvning ijobiy tendensiyalariga metodik jihatdan deterministik omil sifatida moslashtirish asosida takomillashtirilgan talaba-yoshlarni tarbiyalashning amaliy-texnologik tizimiga oid ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining mutaxassislari, tegishli vazirlik va tashkilotlari, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahri mutaxassislari, tuman bo‘lim rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan seminar treninglarda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 14-fevraldagi 01-13/44-son ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining mutaxassislariga, tegishli vazirlik va tashkilotlariga, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahri mutaxassislariga, tuman bo‘lim rahbarlariga «Ma’naviyat va ma’rifat soatlari»ni tashkil qilish va o‘tkazib borishga xizmat qilgan.