Kurbanova Aziza O‘ktamovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarining ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohasini klasterli yondashuv asosida rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3421.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilxamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Nilufar Sa’dullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohani klasterli yondashuv asosida ravojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida ijtimoiy-madaniy sohani klasterli yondashuv orqali rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari insonparvarlik, huquqiy tendensiyalar hamda ijtimoiy faoliyatning nazariy-metodologik, faoliyatli, loyihaviy-tahliliy komponentlarini ta’lim jarayoniga intensiv moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim muassasasining ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohasining tarkibiy-funksional modeli maktabda ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini uzviylashtirishga qaratilgan funksional vazifalarini ma’naviy-axloqiy mezonlar va sinergetik tamoyillar orqali moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida klasterli yondashuv asosida ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohani rivojlantirish texnologiyasi ta’lim oluvchilarda kasbiy potensial imkoniyatlarni o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minot muhitida texnologik jarayon bosqichlarini saqlagan holda integrativ tashkil etish asosida rivojlantirilgan;
umumta’lim maktablarida ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohani rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari ijtimoiy faoliyat traektoriyasiga differensial va integrativ ishlash elementlarini intensiv rivojlantirishga qaratilgan kasbiy-amaliy topshiriqlarni konsentrik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumuta’lim maktablarida ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohani klasterli yondashuv asosida rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
insonparvarlik, huquqiy tendensiyalar hamda ijtimoiy faoliyatning nazariy-metodologik, faoliyatli, loyihaviy-tahliliy komponentlarini ta’lim jarayoniga intensiv moslashtirish asosida aniqlashtirilgan umumta’lim maktablarida ijtimoiy-madaniy sohani klasterli yondashuv orqali rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlariga oid takliflaridan “Qiyosiy pedagogika’’ nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 25-dekabrdagi 538-son buyrug‘i). Natijada, umumta’lim maktablarida ma’naviy va ma’rifiy sohani rivojlantirishning metodik ta’minoti takomillashtirilgan;
maktabda ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini uzviylashtirishga qaratilgan funksional vazifalarini ma’naviy-axloqiy mezonlar va sinergetik tamoyillar orqali moslashtirish asosida takomillashtirilgan umumta’lim muassasasining ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohasining tarkibiy-funksional modeliga oid tavsiyalari OT-F1-049 raqamli “O‘quvchilarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021yy) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-2000-2005-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan model umumta’lim maktablarida ma’naviy muhitni yaxshilashga xizmat qilgan;
ta’lim oluvchilarda kasbiy potensial imkoniyatlarni o‘quvchilarda hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan didaktik ta’minot muhitida texnologik jarayon bosqichlarini saqlagan holda integrativ tashkil etish asosida rivojlantirilgan umumta’lim maktablarida klasterli yondashuv asosida ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohani rivojlantirish texnologiyasiga oid takliflari asosida OT-F1-049 raqamli “O‘quvchilarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” (2017-2021yy) mavzusidagi amaliy loyihaning mazmuniy komponenti ishlab chiqilgan (Jizzax politexnika institutining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-2000-2005-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab texnologiya maktab o‘quvchilarining dunyoqarashi va qobiliyatlarini rivojlanishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy faoliyat traektoriyasiga differensial va integrativ ishlash elementlarini intensiv rivojlantirishga qaratilgan kasbiy-amaliy topshiriqlarni konsentrik uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan umumta’lim maktablarida ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohani rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlariga oid metodik tavsiyalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalida efirga uzatilgan “Bolalar va biz” “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar senariyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanalining 2023 yil 6-fevraldagi O‘z/rv-23-11son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan mezonlar maktablarda ijtimoiy-madaniy va ma’rifiy sohani rivojlantirishga xizmat qilgan.