Yusupova Nargiza Nigmatovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Klaster sharoitida ingliz tilini tezkor o‘qitishning aralash ta’lim texnologiyalari (nofilologik ta’lim yo‘nalish talabalari misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3223.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Babaxodjaeva Lobar Gafurjanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy o‘quv yurtlari nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini aralash ta’lim texnologiyalari asosida tezkor o‘qitishning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“aralash ta’lim” tushunchasining mazmun-mohiyati va ilmiy-pedagogik xususiyatlari an’anaviy, masofaviy va internet orqali mustaqil ta’lim olishning integrativ shakllarining kasbiy tayyorgarlik jarayonini jadallashtirishga doir tashkiliy, analitik, diagnostik va prognostik faoliyat bilan gorizontal va vertikal integratsiyalashning autopedagogik imkoniyatlarini innovatsion ta’lim muhitiga mos holda kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
aralash ta’lim sharoitida talabalarga ingliz tilini tezkor o‘qitishning metodik tuzilmasi kasbiy tayyorgarlik jarayonining motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik, akmeologik, refleksiv komponentlarini aralash ta’lim texnologiyalarini erkin va maqbul tanlash, identiv maqsadni belgilash, real sharoitda ta’lim muhitini dinamik tarzda o‘zgartirib borish tamoyillari bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini aralash ta’lim texnologiyalari asosida tezkor o‘qitishning didaktik modeli o‘quv materiallarini yirik bloklarga birlashtirish orqali elektron ko‘rinishda o‘qitish (Replacement) hamda an’anaviy ta’limni innovatsion talablarga muvofiq tashkil etish (Supplemental) modellarining milliy kredit-modul tizimiga adaptivlik darajasini qiyosiylik asosida ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
aralash ta’lim sharoitida talabalarga xorijiy tilni o‘qitish jarayoniga klasterli yondashuvni tatbiq etishning pedagogik mexanizmi ochiq ta’lim resurslarining (Google for Education) “o‘girilgan sinf” texnologiyasi (Flipped Classroom)ni tayyorlov, auditoriya ishi, mustaqil ta’lim bilan sinxron kommunikatsiyaga kirishuv darajasi interaktivligi va refleksivligini ta’limiy maqsadlarga muvofiqligini hisobga olish orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini oliy ta’lim muassasalari filologik yo‘nalish talabalariga aralash ta’lim texnologiyalari vositasida tezkor o‘qitish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda amaliy takliflar asosida:
an’anaviy, masofaviy va internet orqali mustaqil ta’lim olishning integrativ shakllarining kasbiy tayyorgarlik jarayonini jadallashtirishga doir tashkiliy, analitik, diagnostik va prognostik faoliyat bilan gorizontal va vertikal integratsiyalashning autopedagogik imkoniyatlarini innovatsion ta’lim muhitiga mos holda kengaytirish orqali aniqlashtirilgan “aralash ta’lim” tushunchasining mazmun-mohiyati va ilmiy-pedagogik xususiyatlari, an’anaviy ta’limda konstruktivizm nazariyasi, avtonom ta’lim hamda Blum taksonomiyasini birgalikda qo‘llash, onlayn o‘qitishda tadqiqotlar hamjamiyati (Community of Inquiry) nazariyasining kognitiv, ijtimoiy va o‘qitishning mavjudligi konsepsiyasi ta’minlash bilan bog‘liq taklif va tavsiyalar “Ingliz tili” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-sonli burug‘iga asosan berilgan 166-268-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, “aralash ta’lim” tushunchasining mazmun-mohiyati va o‘ziga xos ilmiy-pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirishga xizmat qilgan;
kasbiy tayyorgarlik jarayonining motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik, akmeologik, refleksiv komponentlarini aralash ta’lim texnologiyalarini erkin va maqbul tanlash, identiv maqsadni belgilash, real sharoitda ta’lim muhitini dinamik tarzda o‘zgartirib borish tamoyillari bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan aralash ta’lim sharoitida talabalarga ingliz tilini tezkor o‘qitishning metodik tuzilmasi, o‘quv materiallarning yirik bloklarga birlashtirish orqali elektron ko‘rinishda o‘qitish (Replacement) hamda elektron resusrlardan foydalanish orqali an’anaviy ta’limni tashkil etish (Supplemental) modellarini milliy kredit-modul tizimiga adaptivlik darajasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini aralash ta’lim texnologiyalari asosida tezkor o‘qitishning didaktik modeli borasidagi takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida amalga oshirilgan Yo0-A1-009 raqamli “Oliy ta’lim muassasalaridagi fanlarni o‘qitishning metodik sistemasini ishlab chiqish va shu asosida innovatsion elektron o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish” (2017-2018 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 30 maydagi 02-07-2113/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik yo‘nalish talabalariga ingliz tilini tezkor o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ochiq ta’lim resurslarining (Google for Education) “o‘girilgan sinf” texnologiyasi (Flipped Classroom)ni tayyorlov, auditoriya ishi, mustaqil ta’lim bilan sinxron kommunikatsiyaga kirishuv darajasi interaktivligi va refleksivligini ta’limiy maqsadlarga muvofiqligini hisobga olish orqali ishlab chiqilgan aralash ta’lim sharoitida talabalarga xorijiy tilni o‘qitish jarayoniga klasterli yondashuvni tatbiq etishning pedagogik mexanizmi borasidagi tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining DM “Madaniy-ma’rifiy va badiy” eshittirishlar muharriyati tomonidan tayyorlangan “Til millat ko‘zgusi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun” nomli eshittirishlarining ssenariylarni tayyorlashda 2022-2023 yillarda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-may 04-36-760-son ma’lumotnomasi). Natijada radiodasturlarda berilgan mazkur ilmiy natijalar orqali tinglovchilarning til o‘rganishga qaratilgan muammolar echimi, so‘ngi yillarda til o‘rganish va o‘qitishda erishilgan yutuqlar, innovatsion izlanishlar haqida o‘qituvchilar bilimlarining takomillashishga xizmat qildi.