Primbetov Qalibay Tlepbergenovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qoraqalpog‘istondagi madaniy meroslar vositasida talaba - yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2487.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali.
Ilmiy rahbar: Tilegenov Askarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapo Muradovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Alauatdinov Saxabatdin Iniyatdinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston arxitektura yodgorliklari va milliy madaniy meroslar orqali talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy madaniy meros va arxitektura yodgorliklari vositasida talabalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari tarbiyaning pedagogik va uslubiy jihatlarini takomillashtirishning konstruktiv mexanizmlarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda milliy madaniy meros ob’ektlari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modeli samaradorlikka erishishning pragmatik usullarini milliy ta’lim identifikasiyasini rivojlantirish bilan bog‘liq ma’naviy-axloqiy mezonlar orqali ta’lim va tarbiya sifatini kvalimetrik baholash tizimini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni milliy madaniy meroslar vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlar kompleksi ta’limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar aspektida unifikatsiyalash va amaliyot va nazariya uyg‘unligini ta’minlash mexanizmlarini dilektik aloqadorlik nuqtai nazaridan optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyalashning pedagogik texnologiyalari aksiologik yondashuv tamoyillarini tarbiya resurslarini tashkil etishning integral tizimlariga talabalarning rivojlanish vektoriga nisbatan deterministik omil sifatida moslashtirish asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istondagi madaniy meroslar vositasida talaba-yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish texnologiyasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari hamda ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
tarbiyaning pedagogik va uslubiy jihatlarini takomillashtirishning konstruktiv mexanizmlarini vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan milliy madaniy meros va arxitektura yodgorliklari vositasida talabalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” va Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan P3200170915198 raqamli “Qoraqalpog‘iston jamiyatidagi ijtimoiy ko‘rsatmalar transformatsiyasi: tarix va amaliyot” (2018-2020 yillar) mavzusidagi amaliy loyihalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 15-noyabrdagi 322-son ma’lumotnomasi; Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 5-avgustdagi 265/1 son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy madaniy meros va arxitektura yodgorliklari vositasida talabalarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
samaradorlikka erishishning pragmatik usullarini milliy ta’lim identifikasiyasini rivojlantirish bilan bog‘liq ma’naviy-axloqiy mezonlar orqali ta’lim va tarbiya sifatini kvalimetrik baholash tizimini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan talabalarda milliy madaniy meros ob’ektlari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash modeli bo‘yicha xulosa va takliflardan Qoraqalpogiston televideniesining «Meros» ko‘rsatuvi ssenariysini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-fevraldagi 05-22/117-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarni milliy madaniy meroslar vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari boyitilgan;
ta’limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar aspektida unifikatsiyalash va amaliyot va nazariya uyg‘unligini ta’minlash mexanizmlarini dilektik aloqadorlik nuqtai nazaridan optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan talabalarni milliy madaniy meroslar vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlar kompleksi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi tomonidan «Ma’naviyat va ma’rifat soatlari»ning ma’ruza materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 14-fevraldagi 01-13846-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyalashning pedagogik texnologiyalari takomillashtirilgan.