Mutalova Dilnoza Abdurashidovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasterida talabalarga xorijiy til o‘rgatish mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3005.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qoraev Samariddin Barakaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasterida talabalarni xorijiy tilga o‘rgatish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim klasterida talabalarni xorijiy tilga o‘rgatishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari talabalarda mavjud til o‘rganish qiyinchiliklarini bartaraf etishning vizual nutqiy topshiriqli ish turlarini lingvometodik muhitda refleksiv ta’sir pozisiyasida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lg‘usi mutaxassislarni tayyorlashda ingliz tilini samarali o‘qitish mexanizmlari vaziyatboplik, nutqiy muhit ustuvorligi tamoyillarini kasbiy yo‘nalgan leksik bazaning intensiv o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan kompentensiyaviy o‘qitish muhitiga qisqa intervalda takrorlash munosabatida singdirish asosida takomillashtirilgan;
xorijiy tilni klaster sharoitida o‘rgatish usul va texnologiyalari talabalarda fonematik tinglash, grafik yozuv texnikasini tizimli rivojlantirishga mo‘ljallangan kasbiy keyslarni lingvodidaktik muhitda vizual o‘qitishning kommunikativ funksiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni xorijiy tilni o‘zlashtirganlik darajalarini baholash mezonlari o‘z-o‘zini baholash va rivojlantirishni tinglash, gapirish kabi indikatorlarini kasbiy til muhitiga lingvistik mashqlarga maqbullashtirilgan grafikli variantlarda kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim klasterida talabalarga xorijiy tilni o‘rgatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ta’lim klasterida talabalarni xorijiy tilga o‘rgatishning ijtimoiy-pedagogik jihatlari talabalarda mavjud til o‘rganish qiyinchiliklarini bartaraf etishning vizual nutqiy topshiriqli ish turlarini lingvometodik muhitda refleksiv ta’sir pozisiyasida qo‘llashga oid taklif va tavsiyalaridan “Maktabgacha ta’limda pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan berilgan 500-140 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarga xorijiy til o‘rgatishning metodik tizimi takomillashtirilgan;
bo‘lg‘usi mutaxassislarni tayyorlashda ingliz tilini samarali o‘qitish mexanizmlari vaziyatboplik, nutqiy muhit ustuvorligi tamoyillarini kasbiy yo‘nalgan leksik bazaning intensiv o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan kompentensiyaviy o‘qitish muhitiga qisqa intervalda takrorlash munosabatida singdirishga oid tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda ingliz tili” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 30 oktyabrdagi 648-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga xorijiy tilni o‘rgatishning izchilligi, uzviyligi va tizimliligi ta’minlangan.
xorijiy tilni klaster sharoitida o‘rgatish usul va texnologiyalari talabalarda fonematik tinglash, grafik yozuv texnikasini tizimli rivojlantirishga mo‘ljallangan kasbiy keyslarni lingvodidaktik muhitda vizual o‘qitishning qiyosiy tahlil qoidalariga ko‘ra qo‘llashga oid takliflardan “Maktabgacha ta’limda pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-son buyrug‘iga asosan berilgan 500-140 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni pedagogik kasbiy faoliyat turlariga tayyorlashning metodik va didaktik ta’minoti boyitilgan.