Gilijova Arzigul Mametmiratovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyasini insonparvarlashtirishning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3362.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maksuda Sultanovna falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ulfat Ilhamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Karaev Vohid Shirinbekovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarining kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyasini insonparvarlashtirish jarayonini tashkil etishning konstruktiv pedagogik mexanizmlari va tuzilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyasini insonparvarlashtirishning didaktik imkoniyatlari ta’lim jarayonida shaxslararo munosabatlarni maqbullashtiruvchi ijtimoiy funksiyalarni qadriyatlilik, tarixiylik, tolerantlik tamoyillari bilan optimallashuvini ijobiy dinamikada ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyasini insonparvarlashtirish modeli sog‘lom turmush tarzi va jismoniy sifatlar integrasiyasiga yo‘naltirilgan harakatli mashqlarni talaba shaxsi jismoniy rivojlanishining morfo-funksional davrida ijtimoiy-metodik kontekstda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy jamiyatda kasbiy-amaliy jismoniy tarbiya modellarini rivojlanishtirishning pedagogik mexanizmlari chaqqonlik, egiluvchanlikni baholovchi adaptiv topshiriqlarni shaxsga yo‘naltirilgan harakatli o‘yinlar jarayonida barqaror moslashuvchanlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyani insonparvarlashtirish texnologiyalari shaxsiy salomatlik va kasbiy amaliyot uyg‘unligiga asoslangan faoliyatga motivatsiyalovchi ish turlarini talabalarning mustaqil ta’limiga variativlikda singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyasini insonparvarlashtirishning pedagogik mexanizmlari mavzusida amalga oshirilgan tadqiqoti ishi bo‘uicha olingan natijalar asosida:
talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyasini insonparvarlashtirishning didaktik imkoniyatlari ta’lim jarayonida shaxslararo munosabatlarni maqbullashtiruvchi ijtimoiy funksiyalarni qadriyatlilik, tarixiylik, tolerantlik tamoyillari bilan optimallashuvini ijobiy dinamikada ta’minlashga oid takliflari 2012–2014 yillarda T.N.Qoriniyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 26 yanvardagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyani insonparvarlashtirishning didaktik imkoniyatlari keng targ‘ib etilgan;
talabalarning kasbiy-amaliy jismoniy tarbiyasini insonparvarlashtirish modeli sog‘lom turmush tarzi va jismoniy sifatlar integrasiyasiga yo‘naltirilgan harakatli mashqlarni talaba shaxsi jismoniy rivojlanishining morfo-funksional davrida ijtimoiy-metodik kontekstda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar “Boshlang‘ich ta’limda “Tarbiya” fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27 mart 68-son buyrug‘i). Natijada, jismoniy faoliyatning turli shakllari doirasida shaxsning o‘zini maksimal darajada amalga oshirishi uchun sharoit yaratishni nazarda tutuvchi talabalarning jismoniy tarbiyasini insonparvarlashtirishning pedagogik shartlari aniqlangan.
zamonaviy jamiyatda kasbiy-amaliy jismoniy tarbiya modellarini rivojlanishtirishning pedagogik mexanizmlari chaqqonlik, egiluvchanlikni baholovchi adaptiv topshiriqlarni shaxsga yo‘naltirilgan harakatli o‘yinlar jarayonida barqaror moslashuvchanlikda qo‘llashga oid takliflari 2017-2020 yillarda T.N.Qoriniyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqolpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023 yil 26 yanvardagi 58-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy-amaliy jismoniy tarbiya haqidagi umuminsoniy qarashlari va munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan.