Jalilova Madinaxon Faxriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik texnologiyalar asosida nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ota-onalarini pedagogik korreksion ishiga jalb etish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3441.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Lola Rahimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori,
professor; Raximova Xurshidaxon Sadiqovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik texnologiyalar asosida nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ota-onalarini logopedik-korreksion ishga jalb etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ota-onalarini logopedik-korreksion ishiga jalb etish samaradorligi milliy va xorijiy ilg‘or tendensiyalar, kompetensiyaviy yondashuviga asoslangan ijtimoiy yo‘nalganlilik tamoyillarini amalga oshirish hamda alaliya, dizartriya, rinolaliya tashxisi qo‘yilgan bolalarning individual xususiyatlarini psixokorreksion imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lgan bolalar ota-onalarini logopedik-korreksion ishiga jalb etish texnologiyalari bolalarda tovush talaffuzini shakllantirish, lug‘at boyligini oshirish, mustaqil nutqni faollashtirish, nutq qobiliyatini rivojlantirish hamda amaliy qo‘llash malakasini kengaytirish imkoniyatlarini sensor va fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ota-onalarini logopedik-korreksion ishiga jalb etishning pedagogik modeli logopedning ota-ona ishtirokida bolalarda mavjud nuqsonlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan korreksion-pedagogik texnologiyalarni murakkab differensiyalashgan dinamik va o‘zgaruvchan sabablarini aniqlagan holda oilaning entopsixologik xususiyatlarini biologik va ijtimoiy omillarining integratsiyasini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
ota-onalar va logopedlar hamkorligi mazmuni farzand holatini to‘g‘ri qabul qilish, oilaviy tarbiya, munosabatlar, totuvlik, farzandga halollik munosabatlarini rivojlantirishga, nutq nuqsonlarini korreksiyalashga yo‘naltirilgan texnologiyalarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli nutq kamchiliklari bo‘lgan bolalarning ota-onalari hamkorligida nutqini shakllantirishga qaratilgan differensiyalashgan logopedik ishning natijasi asosida:
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ota-onalarini logopedik-korreksion ishiga jalb etish samaradorligi milliy va xorijiy ilg‘or tendensiyalar, kompetensiyaviy yondashuviga asoslangan ijtimoiy yo‘nalganlilik tamoyillarini amalga oshirish hamda alaliya, dizartriya, rinolaliya tashxisi qo‘yilgan bolalarning individual xususiyatlarini psixokorreksion imkoniyatlarini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining “Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyatga” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalda oshirishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2023-yil 01/85-son ma’lumotnomasi). Natijada ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida nutq kamchiliklarining bartaraf etishda logopedik-korreksion ishiga ota-onalar jalb etilgan;
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ota-onalarini logopedik-korreksion ishiga jalb etish texnologiyalari bolalarda tovush talaffuzini shakllantirish, lug‘at boyligini oshirish, mustaqil nutqni faollashtirish, nutq qobiliyatini rivojlantirish hamda amaliy qo‘llash malakasini kengaytirish imkoniyatlarini sensor va fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining “Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyatga” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalda oshirishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2023-yil 01/85-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotga oid yaratilgan metodik va didaktik ta’minot va tavsiyalar korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim mazmuni, shakllari va metodlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ota-onalarini logopedik-korreksion ishiga jalb etishning pedagogik modeli logopedning ota-ona ishtirokida bolalarda mavjud nuqsonlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan korreksion-pedagogik texnologiyalarni murakkab differensiyalashgan dinamik va o‘zgaruvchan sabablarini aniqlagan holda oilaning entopsixologik xususiyatlarini biologik va ijtimoiy omillarining integratsiyasini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining “Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyatga” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalda oshirishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2023-yil 01/85-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-onalar uchun yaratilgan metodik ta’minot va tavsiyalar korreksion-rivojlantiruvchi ishga jalb etish samaradorligi oshgan;
ota-onalar va logopedlar hamkorligi mazmuni farzand holatini to‘g‘ri qabul qilish, oilaviy tarbiya, munosabatlar, totuvlik, farzandga halollik munosabatlarini rivojlantirishga, nutq nuqsonlarini korreksiyalashga yo‘naltirilgan texnologiyalarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining “Inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyatga” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni amalda oshirishda foydalanilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2023-yil 01/85-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogik texnologiyalar asosida nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ota-onalarini pedagogik korreksion ishiga jalb etishga sharoit yaratilgan.