Toshpulatova Durdona Komiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped2781.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ijodiy faollikni oshirishga qaratilgan faktik sintez va aqliy harakatlar ketma-ketligini maqsadli aniqlashtirish hamda o‘zlashtirilgan yangi bilimlarni oddiydan murakkabga qarab emosional izohlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayoni integrallashgan sifatlarni maqsadli tarkib toptirish, mazmunli muvofiqlashtirish va o‘zaro izchilligini rasional ta’minlash hamda intellektual-kognitiv tartibga soluvchi ijodiy-refleksiv talqinlarni jadal qo‘llashga ustuvorlik berish asosida takomillashirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish modeli zukkolik, nutqiy ravonlik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarining shaxsga yo‘naltirilganlik darajasini oshirish hamda effektiv muloqotga undash, ziddiyatlarni mustaqil bartaraf etish va o‘zaro hamkorlik yondashuvlarini integrativ xususiyatlariga ko‘ra adaptiv yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi o‘z-o‘zini kognitiv va kreativ boshqarish, maqsadga intilish, rejalashtirish, tahlil qilish, refleksiyalash jarayonlarining integrativ xususiyatlarini frontal yaxlitlash hamda vertikal pedagogik nazorat darslarini hamkorlikda o‘qitish jarayoni bilan gorizontal integrallashuvini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrtiv yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatlari ijodiy faollikni oshirishga qaratilgan qiyosiy tahlil, faktik sintez va aqliy harakatlar ketma-ketligini maqsadli aniqlashtirish hamda o‘zlashtirilgan yangi bilimlarni oddiydan murakkabga qarab emotsional izohlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2246/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining integrativ yondashuv asosida mantiqiy fikrlash qobiliyatining pedagogik imkoniyatlaring mohiyati aniqlashtirishga sharoit yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayoni integrallashgan sifatlarni maqsadli tarkib toptirish, mazmunli muvofiqlashtirish va o‘zaro izchilligini ratsional ta’minlash hamda intellektual-kognitiv tartibga soluvchi ijodiy-refleksiv talqinlarni jadal qo‘llashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2246/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlantirish imkoni yaratilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish modeli zukkolik, nutqiy ravonlik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarining shaxsga yo‘naltirilganlik darajasini oshirish hamda efektiv muloqotga undash, ziddiyatlarni mustaqil bartaraf etish va o‘zaro hamkorlik yondashuvlarini integrativ xususiyatlariga ko‘ra adaptiv yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2246/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish modelini takomilashtirish samaradorligi oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish samaradorligi o‘z-o‘zini kognitiv va kreativ boshqarish, maqsadga intilish, rejalashtirish, tahlil qilish, refleksiyalash jarayonlarining integrativ xususiyatlarini frontal yaxlitlash hamda vertikal pedagogik nazorat darslarini hamkorlikda o‘qitish jarayoni bilan gorizontal integrallashuvini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 9-iyundagi 02-07-2246/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada o‘quvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarining rivojlanganlik darajalari aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.