Ubaeva Shaxnoza Lutfullaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari barqarorligini samarali boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Iqt186.

Ilmiy rahbar: Axunova Gulchehra Nazarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.

Rasmiy opponentlar: Raximova  Dilfuza  Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat  banklarida zamonaviy menejment usullarini qo‘llash orqali ularning samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tijorat banklari barqarorligini boshqarish mexanizmi, strategiyalari, uning huquqiy-me’yoriy asoslari takomillashtirilgan va ularga xos bo‘lgan  innovatsion  xizmat turlarini joriy etish asoslab berilgan;

rivojlangan mamlakatlar tijorat banklarining faoliyati o‘rganilib, kelgusida “kontrakt banklar” ravnaqi, bank mahsulotlari va xizmatlarining yangi turlarini yaratish va ularni diversifikatsiyalash imkoniyatlari aniqlangan, risklarni baholash va banklarning samaradorligini oshirishga qaratilgan DEA (Data Envolope Analysis ) va CAMEL (Capital, Assets, Management quality,Earnings and Liquidity) usullari taklif etilgan;

tijorat banklari barqarorligini ta’minlaydigan omillar (bank kapitalizatsiyasi darajasi, aktivlar va menejment sifati, sof daromad va likvidlik darajasi) aniqlanib, balansdan tashqaridagi faoliyatdan keladigan daromadni oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;

tijorat banklari menejmenti sifatini reytinglash, bank xizmatlari  va mahsulotlari bozorining muvozonatini ta’minlaydigan optimal qarorlar qabul qilish metodologiyasi marjinal daromad va marjinal xarajatlarni hisoblash  asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston Respublikasi  tijorat banklari barqarorligini samarali boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha  olingan ilmiy  natijalar asosida:

jadal islohotlar sharoitida Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda tijorat banklari barqarorligini boshqarish mexanizmi, strategiyalari, uning huquqiy-me’yoriy asoslari takomillashtirilgan va ularga xos bo‘lgan  yangi innovatsion xizmat turlari “Davr bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki va O‘zbekiston Respublikasi  aksiyadorlik tijorat banki “Infinbank”amaliyotiga joriy etilgan (“Davr bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankining 2017 yil 12 dekabrdagi 4560/ch-54/1-17-son va  aksiyadorlik tijorat banki “Infinbank”ning 2017 yil 15 dekabrdagi 01-1/5160-son ma’lumotnomalari). Natijada bankning  missiyasi, kelajagi, maqsadi, vazifalari, strategiyasi va taktikasi aniq belgilangan, innovatsion boshqaruv texnologiyalarini qo‘llash asosida tijorat bankining boshqaruv tizimini taqomillashtirish uchun menejmentning yangi samarali konsepsiyalari jumlasiga kiruvchi “seven es”, “biznes g‘ildiragi” singari tamoyillar  boshqaruvga  joriy etilgan. Buning natijasida 2017 yilda “Davr bank”ning transaksion xarajatlari 2016 yilga nisbatan 10,5 foizga va “Infinbank”ning transaksion harajatlari esa 9,5 foizga kamaygan;

rivojlangan mamlakatlar tijorat banklarining faoliyati o‘rganilib kelgusida “kontrakt banklar” ravnaqi, bank mahsulotlari va xizmatlarining yangi turlarini yaratish va ularni diversifikatsiyalash imkoniyatlari aniqlangan, risklarni baholash va banklarning samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi usullar: DEA (Data Envolope Analysis) va CAMEL (Capital, Assets, Management quality, Earnings and Liquidity) “Davr bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki va O‘zbekiston Respublikasi  aksiyadorlik tijorat banki “Infinbank”amaliyotiga joriy etilgan (“Davr bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankining 2017 yil 12 dekabrdagi 4560/ch-54/1-17-son va  aksiyadorlik tijorat banki “Infinbank”ning 2017 yil 15 dekabrdagi 01-1/5160-son ma’lumotnomalari). Natijada makon va zamon miqyosida banklarning samaradorligini o‘lchash va boshqa banklar bilan uni taqqoslash imkoniyati yaratilgan. Tavsiya etilgan usullar yordamida bank menejmentining 2010–2017 yillardagi boshqaruv samaradorligi taqqoslangan va u “Davr bank”da 13,2 foizga va “Infinbank”da esa 14,5 foizga oshganligini ko‘rsatgan. Bu esa bank sohasida xarajatlarni pasaytirish, bankka aholining ishonchini oshirish chora-tadbirlarini belgilash imkonini yaratgan;

rivojlangan mamlakatlarning tijorat banklari barqarorligini boshqarish tajribasi tizimli tahlil etilib, tijorat banklarda iqtisodiy-matematik modellashtirish yordamida barqarorlikni ta’minlaydigan omillar aniqlanib, balansdan tashqaridagi faoliyatdan keladigan daromadni oshirish mexanizmlari taklif etilgan va ular “Davr bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki va O‘zbekiston Respublikasi  aksiyadorlik tijorat banki “Infinbank”amaliyotiga joriy etilgan (“Davr bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankining 2017 yil 12 dekabrdagi 4560/ch-54/1-17-son va  aksiyadorlik tijorat banki “Infinbank”ning 2017 yil 15 dekabrdagi 01-1/5160-son ma’lumotnomalari). Natijada iqtisodiy-matematik model yordamidagi tahlil shuni ko‘rsatganki, “Davr bank”ning asosiy bank operatsiyalariga qaraganda balansdan tashqarida bajariladigan faoliyatidan 15,5 foiz va “Infinbank”da esa 12,4 foiz ko‘p daromad olishga erishilgan;

tijorat banklari menejmenti sifatini reytinglash, bank xizmatlari  va mahsulotlari bozorining muvozonatini ta’minlaydigan optimal qarorlar qabul qilish metodologiyasi marjinal daromad va marjinal xarajatlarni hisoblash  asosida takomillashtirilgan va ular “Davr bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki va O‘zbekiston Respublikasi  aksiyadorlik tijorat banki “Infinbank”amaliyotiga joriy etilgan (“Davr bank” xususiy aksiyadorlik tijorat bankining 2017 yil 12 dekabrdagi 4560/ch-54/1-17-son va  aksiyadorlik tijorat banki “Infinbank”ning 2017 yil 15 dekabrdagi 01-1/5160-son ma’lumotnomalari). Natijada bank boshqaruvida axborot kommunikatsiya texnologiyalari va matematik modellashtirish usullaridan  keng foydalanish hisobiga 2017 yilda joriy xarajatlar “Davr bank”da 16 foizga va “Infinbank”da 11 foizga kamaygan va daromadlar esa qo‘shimcha resurs jalb qilmagan holda mos ravishda 14,2 va 19,2  foizga ko‘paygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish