Kadirova Shoista Abduvasit qizining pedagoigka
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak mutaxxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetentli yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish (Biologiyaning konseptual asosolari fani misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3557.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Xasan Aliqulovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Karaxoniova Lobar Musaxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetentli yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biolog-mutaxassislarda kasbiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirishda kompetentli yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining tashkiliy-didaktik aspektlari ta’lim oluvchilarda shaxsiy, metapredmetli, fanga oid kompetensiyalarini mazmun, texnologik, diagnostik va tashkiliy-boshqaruvga ko‘ra takomillashtirilgan;
bo‘lajak biolog-mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetentli yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkillashtirish komponentlarining integrativ modeli kompetentli yo‘naltirilgan texnologiyalarni maqsadli, texnologik, refleksiv bosqichlarini fan mazmuniga intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
biolog-mutaxassislarda kasbiy kompetentlikni rivojlanganlik darajasining mezonli-diagnostik apparati va affektiv, kognitiv va faoliyatli tarkibiy qismlarining dagnostikalash hamda kasbiy vaziyatlarni modellashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak biolog-mutaxassislarda fanga oid, fanlararo va amaliy kompetentli yo‘naltirilgan topshiriqlar tizimi asosida kasbiy tayyorgarlikni shakllanganlik darajasini (darajali, faoliyatga yo‘naltirilgan, vaziyatli testlar doirasida) diagnostikalash vositalari ishlab chiqilib, ularning samaradorlik darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetentli yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak biolog-mutaxassislarda kasbiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirishda kompetentli yo‘naltirilgan o‘quv jarayonining tashkiliy-didaktik aspektlari ta’lim oluvchilarda shaxsiy, metapredmetli, fanga oid kompetensiyalarini mazmun, texnologik, diagnostik va tashkiliy-boshqaruvga ko‘ra takomillashtirilganligi, bo‘lajak biolog-mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetentli yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkillashtirish komponentlarining integrativ modeli kompetentli yo‘naltirilgan texnologiyalarni maqsadli, texnologik, refleksiv bosqichlarini fan mazmuniga intensiv integratsiyalash asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar “Biologiyaning konseptual asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirigan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta]lim vazirligining 2022 yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-085-raqamli nashr guvoxnomasi). Natijada, kompetentli ta’lim paradigmasi talablarini amalga oshirish va bo‘lajak biolog-mutaxassislarning kasbiy foliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvning pedagogic-psixologik imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
biolog-mutaxassislarda kasbiy kompetentlikni rivojlanganlik darajasining mezonli-diagnostik apparati va affektiv, kognitiv va faoliyatli tarkibiy qismlarining dagnostikalash hamda kasbiy vaziyatlarni modellashtirish asosida aniqlashtirilganligi, bo‘lajak biolog-mutaxassislarda fanga oid, fanlararo va amaliy kompetentli yo‘naltirilgan topshiriqlar tizimi asosida kasbiy tayyorgarlikni shakllanganlik darajasini (darajali, faoliyatga yo‘naltirilgan, vaziyatli testlar doirasida) diagnostikalash vositalari ishlab chiqilib, ularning samaradorlik darajasi aniqlanganligiga doir ilmiy-metodik tavsiyalari “Biologiyaning konseptual asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirigan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta]lim vazirligining 2022 yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i, 106-085-raqamli nashr guvoxnomasi). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentlik darajasini mezonli diagnostikalash asosida kasbiy sifatlarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan.