Usenova Kizlargul Ubaydullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq tilining etnografik leksikasi», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2486.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karlibaeva Gulmira Ermekbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc); Seydullaeva Darigul Yuldashevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tilidagi etnografik leksikaning leksik-semantik tabiati, o‘ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
qoraqalpoq etnosiga xos bo‘lgan milliy maʼnaviyat va madaniyatni aks ettiruvchi etnografizmlar til tizimining tarkibiy qismi ekanligi, ular xalqning turmush tarzini ifodalashga xizmat qilishi isbotlanib, ularning lingvomadaniy xususiyatlari ochib berilgan; 
qoraqalpoqlarning o‘ziga xos urf-odatlari (chaqaloqning tug‘ilishi va uning tarbiyasi, uylanish dasturi va dafn marosimi) orqali etnografizmlarning leksik-semantik jihatlari aniqlanib, ma’naviy-madaniy meros, milliy qadriyatlar, mentalitet, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kabi ichki omillarning bevosita ta’siri, shuningdek, etnografizmlar evolyusiyasiga tashqi omillarning ta’siri aniqlangan; 
qoraqalpoq etnografizmlarining ovqatlanish bilan chambarchas bog‘liq urf-odatlar (marosimlarga bog‘liqligi) turli shakllarda qo‘llanishining tipik qoliplari va turli iboralarda mujassamlashib kelishi isbotlangan;
qoraqalpoq tiliga xos bo‘lgan grammatik xususiyatlar mezonlari etnografizmlarning tuzilishida so‘z yasalish nazariyasi va amaliyotiga asosan takomillashtirgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilidagi etnografik leksikani tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq etnosiga xos bo‘lgan milliy maʼnaviyat va madaniyatni aks ettiruvchi etnografizmlar til tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ular xalqning turmush tarzini ifodalashga xizmat qilishi isbotlangan va lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishda olingan ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-GOO3 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 18-avgustdagi 294/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq og‘zaki ijodi  tilidagi etnografizmlarning adabiy til rivojlanishidagi o‘rnini aniqlashga erishilgan; 
qoraqalpoqlarning o‘ziga xos urf-odatlari (chaqaloqning tug‘ilishi va uning tarbiyasi, uylanish dasturi va dafn marosimi bilan bog‘liq etnografizmlar) orqali etnografizmlarning leksik-semantik guruhlari aniqlangan va ma’naviy-madaniy meros, milliy qadriyatlar, mentalitet, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kabi ichki omillarning bevosita ta’siri, shuningdek, etnografizmlar evolyusiyasiga tashqi omillarning ta’siriga oid materiallardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Berdaq milliy muzeyini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 2-02/1029-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilidagi etnografik leksika, o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy leksik-semantik guruhlari haqidagi ma’lumotlar joriy etilgan;
qoraqalpoq etnografizmlarining ovqatlanish bilan chambarchas bog‘liq urf-odatlar (marosimlarga bog‘liqligi) turli shakllarda qo‘llanishining tipik qoliplari va turli iboralarda mujassamlashib kelishi haqida nazariy xulosalar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022-yil aprel va may oylaridagi «Adabiyot va zamon», «Munosabat» teleko‘rsatuvi va eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2022-yil 5-avgustdagi 05-22/484-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan va etnografizmlarning xalq tilini boyitishdagi ahamiyati bo‘yicha ilmiy qarashlar jamoatchilik o‘rtasida keng tarqalishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish