Iskenderova Elizaveta Kamalatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Qoraqalpoq tilidagi zoonimlarning lingvomadaniy tahlili», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil139.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Bekbergenov Qidirbay Ayjarikovich, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tilidagi zoonimlarni lingvomadaniy yo‘nalishda konseptual xususiyatlarini aniqlash, qoraqalpoq tilidagi o‘xshatishlari va metaforalar tarkibidagi zoonimlarni lingvomadaniy nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
qoraqalpoq tilidagi zoonim birliklar qardosh turkiy tillar zoonim tizimining tarkibiy qismi ekanligi dalillanib, turkiy tillardagi zoonim birliklar tarkibida qoraqalpoq tili zoonimlarining lingvomadaniy manbalarining tarixiy kelib chiqishi bo‘yicha bir tarixiy asosga ega ekanligi aniqlangan;
qoraqalpoq xalqining boy og‘zaki ijodi tarkibidagi zoonimlar xalq tilida saqlanishi bilan tilda pragmatik, kognitologik, lingvokulturologik jiqatdan jiddiy farqlanishi, soʻzlashuv tilida, badiiy-publisistik, paremiologik matnlarda olamning milliy manzarasining lisoniy voqelanishi asoslangan; 
qoraqalpoq tilidagi zoonimlar orqali qoraqalpoq xalqining milliy ong-tuyg‘usiga xos bo‘lgan lisoniy olam manzarasida milliy madaniy kodlari zoonim birliklar ma’nosining semantik belgilari mohiyati, metaforalanish jarayoni aniqlangan;
zoonimlarga nisbatan o‘xshatishlarda obrazlilik, inson ongi-tuyg‘usining chuqurligini ko‘rsatib, uning qiyofasi, harakatlari, xulq-atvori, hayvonot dunyosiga qiyoslanishi asosida qoraqalpoq xalqining chorvachilik kasbi, hayvonot olamiga munosabati, aholining til madaniyatida o‘z aksini topishidagi lingvomadaniy jihatdan farqlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilidagi zoonimlarning lingvomadaniy tahlilini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qoraqalpoq tilidagi zoonim birliklar qardosh turkiy tillar zoonim tizimining tarkibiy qismi ekanligi dalillanib, turkiy tillardagi zoonim birliklar tarkibida qoraqalpoq tili zoonimlarining lingvomadaniy manbalarining tarixiy kelib chiqishi bo‘yicha bir tarixiy asosga ega ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016-yillarda bajarilgan «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 11-martdagi 92/1-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilidagi zoonimlarining lingvomadaniy aspektda o‘rganilishi asosida yozilishi ta’minlangan;
qoraqalpoq xalqining boy og‘zaki ijodi tarkibidagi zoonimlar xalq tilida saqlanishi bilan tilda pragmatik, kognitologik, lingvokulturologik jiqatdan jiddiy farqlanishi, soʻzlashuv tilida, badiiy-publisistik, paremiologik matnlarda olamning milliy manzarasining lisoniy voqelanishiga oid xulosalardan Qaraqalpaqstan «Assalawma-áleykum, Qaraqalpastan!», «Qaraqalpastan», «Ilim marjanları», «Miyras», «Xabarlar» madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuv va eshittirishlari orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2022-yil 10-martdagi 05-22/140 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, zoonimlar bilan bog‘liq ma’lumotlar va materiallarning keng jamoatchilikka tanishtirilishi ko‘rsatuv va eshittirishlarning madaniy-ma’rifiy ahamiyatining oshirilishiga erishilgan;
qoraqalpoq tilidagi zoonimlar orqali qoraqalpoq xalqining milliy ong-tuyg‘usiga xos bo‘lgan lisoniy olam manzarasida milliy madaniy kodlari zoonim birliklar ma’nosining semantik belgilari mohiyati, metaforalanish jarayoniga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Berdaq milliy muzeyida zoonimlarga oid ma’lumotlar olishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 7-martdagi 2-03/279-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq mumtoz shoirlari asarlari matnidagi zoonimlarning shakllanishi, o‘ziga xos xususiyatlari va semantik xususiyati haqida batafsil ma’lumotlar berishga erishilgan;
zoonimlarga nisbatan o‘xshatishlarda obrazlilik, inson ongi-tuyg‘usining chuqurligini ko‘rsatib, uning qiyofasi, harakatlari, xulq-atvori, hayvonot dunyosiga qiyoslanishi asosida qoraqalpoq xalqining chorvachilik kasbi, hayvonot olamiga munosabati, aholining til madaniyatida o‘z aksini topishi lingvomadaniy farqlariga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli umumiy o‘rta maxsus maktablarda o‘qitiladigan «Ona tili» fanining mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2022-yil 4-martdagi 01-01/5-595-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan «Ona tili» darslarida zoonimlarga tegishli mavzularning mazmunini boyitish imkonini va yosh avlodni milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashda erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish