Nazarova Dilnoza G‘ulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabda ona tili ta’limi maqsadining leksikologiya o‘qitishda voqelanishi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2738.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Kurbanova Gulnoz Negmatovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Nurillaeva Shahlo O‘ktamovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabda ona tili ta’limi maqsadining leksikologiya o‘qitishda voqelanish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabda ona tili ta’limi maqsadining leksikologiya o‘qitishda voqelanishidagi ma’naviy-mafkuraviy qiyofasi jamiyatning bosh g‘oyasi bilan uyg‘unlashgan shaxsni tarbiyalashi sababli o'quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini rivojlantirishi, aqliy, ruhiy, ma’naviy yuksalishiga ta’sir etishi asoslangan;
muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishda motivatsion-ehtiyojga asoslangan, faoliyatli operatsion, nazorat-korreksion, refleksiv-prognostik omillarning tanqidiy, mantiqiy, kreativ fikrlashni va kompetensiyalarini shakllantirish darajalari mazmuni integrativ xususiyatlarni yaxlitlash hamda ma’lumotlarni to‘plash, bilimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish tamoyillari uyg‘unligini ratsional ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
leksikologiya o‘qitishda ijodiy va kreativ fikrlaydigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish pragmatikasiga erishish, uzviylik va uzlyuksizlikni sifat jihatidan ta’minlash, o‘quvchilarning lingvistik bilimlarini nutqiy kompetentlikka almashtirish jihatlariga ustuvorlik berish zarurati asoslangan;
ona tili darslarida o‘quvchilarga leksikologiya mavzularini o‘tishda didaktik,  estetik, gigienik talablar uchun maxsus topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib, ularning o‘quvchi o‘rganayotgan xorijiy tillar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlashi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotda maktabda ona tili ta’limi maqsadining leksikologiya o‘qitishda voqelanishi tavsifi asosida:
maktabda ona tili ta’limi maqsadining leksikologiya o‘qitishda voqelanishi ma’naviy-mafkuraviy qiyofasi jamiyatning bosh g‘oyasi bilan uyg‘unlashgan shaxsni tarbiyalash mo‘ljali sababli o'quvchilarning ijodiy tafakkuri va nutqini rivojlantirishi, aqliy, ruhiy, ma’naviy yuksalishiga ta’sir etishi etishiga asoslangan xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan OT-F1-002-raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha (2017-2020-yy.)da foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 28-dekabrdagi 01-04/01-2818-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili ta’limi mazmunining  hozirgi o‘qitish jarayonidagi xususiyatlari aniqlangan;
leksikologiya o‘qitishda ijodiy va kreativ fikrlaydigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish pragmatikasiga erishish, uzviylik va uzlyuksizlikni sifat jihatidan ta’minlash, o‘quvchilarning lingvistik bilimlarini nutqiy kompetentlikka almashtirish prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktab ona tili o‘qituvchilari faoliyatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 10-maydagi 04-02/3-387-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab ona tili darslarida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish usullarini takomillashtirishga  xizmat qilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarga leksikologiya mavzularini o‘tishda didaktik talablar, ilmiy-metodik talablar, pedagogik-psixologik talablar, estetik talablar, gigienik talablar uchun maxsus topshiriqlar tizimi ishlab chiqilib, ularni o‘quvchi o‘rganayotgan biror xorijiy tilga qiyoslab tushuntirish, tillar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlashga oid  xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyiha (2017-2020-yy.)da foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 17-fevraldagi 87-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish jarayoni tamoyillar  asosida takomillashtirilgan;
muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishda motivatsion-ehtiyojga asoslangan, faoliyatli operatsion, nazorat-korreksion, refleksiv-prognostik omillarning integrativ xususiyatlarini yaxlitlash hamda ma’lumotlarni to‘plash, bilimdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish tamoyillari uyg‘unligini ratsional ta’minlashni oshirish orqali tanqidiy, tahliliy, mantiqiy, kreativ fikrlashni va kompetensiyalarini shakllantirish darajalari mazmuni ishlab chiqishga oid xulosalaridan (2021-2022-yy.)da O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat televideniyasining “Maktab ta’limining dolzarb muammolari”, “Milliy tilimiz va uning ta’limi”, “Maktab va hayot”, “Ona tili ta’limi va o‘quvchi” teleko‘rsatuvlari, “Buxoro” radiosining “Muloqot va munozara”, “Maktab va milliy o‘zlik” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro MTRKning 2022-yil 28-dekabrdagi 1/350-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablari ona tili darslarining sifat va samaradorligini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish