Naimova Munira Zafarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Favqulodda va krizis holatlarda tezkor vaziyatni hisobga olgan xolda ko‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirilishi va o‘tkazilishini takomillashtirish”, 21.02.24 – Fuqarolar himoyasi. Favqulodda holatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish vositalari va usullari ixtisosligida dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1694.
ilmiy rahbar: Shomansurov Sunnat Sultanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengashi.
Rasmiy opponentlar:
Fayzibaev Sherzod Sobirovich – Toshkent davlat transport universiteti professori, texnika fanlari doktori, professor;
Lityaga Artem Valer`evich - O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra boshlig‘i t.f.f.d, (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi favqulodda va krizis holatlardagi tezkor vaziyatni hisobga olgan holda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini tashkillashtirilishi va o‘tkazilishini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini tashkillashtirilishi va o‘tkazilishida bo‘linmalar va tuzilmalarning o‘zaro xamkorlikdagi xarakatlari, boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi, hamda favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda tezkor holatni hisobga olgan holda bo‘linmalarning kuch va vositalardan samarali foydalanishning maqbul hisob-kitobi ilmiy jihatdan asoslangan;
olib borilgan qo‘mondonlik-shtab mashqlari natijasida favqulodda vaziyatlar xududiga resurslarni etkazib berish uchun vaqt va masofani optimallashtirishga imkon beradigan va favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda vazifalarni bajarish samaradorligini oshiradigan hududiy bo‘linmalarning moddiy resurslari zaxiralarini oqilona taqsimlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
amaliy jihatdan dala sharoitida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarinining tadqiqotlari natijasida bo‘linmalarning vaqtinchalik dislokatsiya joyidagi kutish vaqt parametrining matematik ifodasi orqali kuch va vositalarni samarali taqsimlash, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning umumiy vaqtini aniqlash usullar takomilllashtirishga erishilgan;
qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarida bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish orqali favqulodda holatlarni tezkorlik bartaraf etishdagi usullarini takomillashtirish orqali tezkor shtab faoliyati samaradorligini 15-20% gacha yaxshilash mumkinligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Favqulodda va krizis holatlarda tezkor vaziyatni hisobga olgan holda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini tashkillashtirilishi va o‘tkazilishini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘quv mashqlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, shuningdek tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun mo‘ljallangan bo‘linmalarning kuch va vositalarini ilmiy asoslangan maqbul hisoblanishi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2021 yil 18 oktyabrdagi dalolatnomasi). Hisob-kitoblar moddiy-texnika bazasi zahiralarini taqsimlash uchun dastlabki ma’lumot hisoblanadi, bu o‘z navbatida, favqulodda vaziyatda xarajatlarni kamaytirish va aholi hayotining birinchi navbatdagi ta’minotini tashkil qilish imkonini bergan;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda bo‘linmalarning zahiralarini oqilona taqsimlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy apparati boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devonining 2022 yil 7 apreldagi №1/1-2253-sonli ma’lumotnomasi hamda 2021 yil 20 dekabrdagi dalolatnomasi); Natijada favqulodda holatlarni tezkorlik bartaraf etishdagi usullarini takomillashtirish orqali tezkor shtab faoliyati samaradorligini 15-20% gacha yaxshilash mumkinligi aniqlangan.
qo‘mondonlik-shtab mashqlarida katnashadigan xududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikdagi xarakatlarini tashkillashtirilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining 2022 yil 8 fevraldagi №387-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘quv mashqlarini o‘tkazish vaqtida hududiy quyi tizimlar boshqaruv organlarining hamkorlikdagi ishlashlarini o‘z vaqtida tashkillashtirilishini ta’minlash imkonini beradi, bunda, bo‘linmalarning harakatlarini tashkillashtirish samaradorligini oshirishiga erishilgan.