Norkulova Dilfuza Zoxitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sotsial turizm xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt100.
Ilmiy rahbar: Aslanova Dilbar Xasanovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich,iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sotsial turizm xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iste’molchilarni, moliyalashtirish manbalari va usullarini aniq belgilash orqali «sotsial turizm» tushunchasining takomillashtirilgan hamda «sotsial turizm xizmatlari» tushunchasining ta’riflari ishlab chiqilgan;
sotsial turizm xizmatlari iste’molchilariga imtiyoz va chegirmalarni belgilash asosida ushbu xizmatlar bozoridagi talab va taklif hajmini aniqlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
sotsial turizm turlarini tizimlashtirish va moliyalashtirishni belgilashga asoslangan sotsial turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
bolalar va yoshlar oromgohlari, xostellar, oilaviy dam olish markazlari, sanatoriylar faoliyatini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berilgan;
ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalarida sotsial turizm xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sotsial turizm xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotda qo‘llanildi, jumladan:
iste’molchilarni, moliyalashtirish manbalari va usullarini aniq belgilash orqali «sotsial turizm» tushunchasining takomillashtirilgan hamda «sotsial turizm xizmatlari» tushunchasining ta’riflari 5610200–«Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan «Turizm: nazariya va amaliyot» nomli darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 89-03-584-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida turizmga oid fanlarni takomillashtirish va o‘qitish sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan;
sotsial turizm xizmatlari iste’molchilariga imtiyoz va chegirmalarni belgilash asosida ushbu xizmatlar bozoridagi talab va taklif hajmini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 20 dekabrdagi 03-09-4478-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida mamlakatimizda imtiyozli asosda tashkil etilgan ichki turizmning jadal rivojlanishi mexanizmlarini belgilashga imkon bergan;
sotsial turizm turlarini tizimlashtirish va moliyalashtirishni belgilashga asoslangan sotsial turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 20 dekabrdagi 03-09-4478-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida mamlakatda bolalar, yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun turizmni tashkil etish mexanizmini takomillashtirish asosida sotsial turizmning rivojlanishi mexanizmlarini belgilashga asos bo‘lgan;
bolalar va yoshlar oromgohlari, xostellar, oilaviy dam olish markazlari, sanatoriylar faoliyatini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy jihatdan asoslangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 20 dekabrdagi 03-09-4478-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida ichki turizmni jadal rivojlantirish mexanizmlarini belgilashga asos bo‘lgan;
ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalarida sotsial turizm xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti O‘zDSt 3220:2017 «Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar»ga kiritildi (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 23 fevraldagi 02/455-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy tavsiyalarni amaliyotga joriy etish orqali mamlakatda turizm sohasini rivojlantirishga, uning infratuzilmasini takomillashtirishga, turizm xizmatlari sifatini oshirgan.