Sobirov Furqat Baxromboy o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xatshunoslik ekspertizasida imzolar tadqiqoti metodikasini takomillashtirish”, 
12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu987.  
Ilmiy rahbar: Nurumbetova Sadoqat Allayarovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi imzolar bo‘yicha xatshunoslik ekspertizasini o‘tkazishning nazariy, huquqiy asoslari va amaldagi tadqiqot o‘tkazish metodikalarini ilmiy tadqiq qilish orqali mavjud muammoli holatlarni o‘rganish, shuningdek kelgusida mazkur holatlarni bartaraf etishga qaratilgan taklif, tavsiyalar hamda imzolar bo‘yicha xatshunoslik ekspertizasini o‘tkazishning yangicha ko‘rinishdagi tadqiqot metodikalarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
imzolar tadqiqoti bo‘yicha xatshunoslik ekspertizasidadagi matematik hisoblash metodikasi oddiy va elektron siyohli imzolardagi xususiy belgilarning har biri uchun o‘zgarmas koeffisientlar berish va ekspertiza jarayonida shu orqali ma’lum bir to‘xtamga kelish imkoniyatlari asoslantirilishi hisobiga takomillashtirilgan;
elektron grafikali imzolar xatshunoslik ekspertizasining yangi tadqiqot obekti bo‘lganligi sababli, xatshunoslik ekspertizasidagi imzolarni tadqiq etish metodikasidagi namuna turlari, ularga qo‘yilgan talablar shuningdek, identifikatsiya jarayonidagi umumiy hamda xususiy belgilarga elektron grafikali imzolar xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi hisobiga takomillashtirilgan;
xatshunoslik ekspertizasida imzolar tadqiqoti bo‘yicha pullik asosda ekspertlik xizmatini ko‘rsatish tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori yoxud sudning ajrimiga asosan o‘tkazilmasligi sababli, o‘tkazilgan pullik xizmat ko‘rsatish natijalari yuzasidan olingan javobni ekspert xulosasi ko‘rinishida emas, balki mutaxassis fikri yoki ma’lumotnoma shaklida rasmiylashtirish lozimligi asoslantirilgan;
xatshunoslik ekspertizasida pullik asosda ekspertlik xizmatini ko‘rsatish atamasi uchun - ekspert-kriminalistika bo‘linmalariga tadqiqot o‘tkazishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan ekspertiza turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ekspertlik tadqiqotlarini (xatshunoslik, hujjatlarning texnik-kriminalistik hamda boshqa turdagi ekspertiza va tadqiqotlar) o‘tkazish mazmunidagi nazariy tushuncha mos kelishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xatshunoslik ekspertizasida imzo tadqiqotlari metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida: 
xatshunoslik ekspertizasida oddiy va elektron siyohli imzolardagi xususiy belgilarning xar biri uchun o‘zgarmas koeffisientlar berish orqali takomillashtirilgan matematik hisoblash metodikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-malaka komissiyasi tomonidan ijobiy tavsiflanib, ekspert-kriminalistika bo‘linmalari faoliyatida, Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalari tinglovchi va kursantlariga, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilarga foydalanish uchun tavsiya etilgan (Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 21/330-son dalolatnomasi). Ushbu metodikaning ishlab chiqilishi oddiy va elektron siyohli imzolar tadqiqoti bo‘yicha xatshunoslik ekspertizalarini o‘tkazish metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
elektron grafikali imzolar xususiyatidan kelib chiqqan holda namuna turlari, ularga qo‘yilgan talablar shuningdek, identifikatsiya jarayonidagi umumiy hamda xususiy belgilarga o‘zgartirishlar kiritilishi hisobiga takomillashtirilgan imzolar bo‘yicha xatshunoslik ekspertizasini o‘tkazish metodikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-malaka komissiyasi tomonidan ijobiy tavsiflanib, ekspert-kriminalistika bo‘linmalari faoliyatida, Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalari tinglovchi va kursantlariga, tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilarga foydalanish uchun tavsiya etilgan (Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 21/330-son dalolatnomasi). Ushbu metodikaning ishlab chiqilishi elektron grafikali imzolar tadqiqoti bo‘yicha xatshunoslik ekspertizasini o‘tkazish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan;
xatshunoslik ekspertizasida imzolar tadqiqoti bo‘yicha pullik asosda ekspertlik xizmatini ko‘rsatish tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qarori yoxud sudning ajrimiga asosan o‘tkazilmasligi sababli, o‘tkazilgan pullik xizmat ko‘rsatish natijalari yuzasidan olingan javobni ekspert xulosasi ko‘rinishida emas, balki mutaxassis fikri yoki ma’lumotnoma shaklida rasmiylashtirish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan 2022-yilning 15-avgustdagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan pullik xizmatlarni ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 313-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida ekspert-kriminalistika faoliyati sohasida ekspertlik, biometrik identifikatsiya, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini hamda sohaga oid boshqa pullik xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 28-bandi birinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 21/1464-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi, xatshunoslik ekspertizasi tadqiqot metodikasida muqaddam xatshunos ekspert tomonidan rasmiylashtirilishi mumkin bo‘lgan javob ko‘rinishlarini yangilari bilan boyitishga xizmat qilgan;
xatshunoslik ekspertizasida pullik asosda ekspertlik xizmatini ko‘rsatish atamasi uchun quyidagi: ekspert-kriminalistika bo‘linmalariga tadqiqot o‘tkazishga ruxsatnomaga ega bo‘lgan ekspertiza turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan ekspertlik tadqiqotlarini (xatshunoslik, hujjatlarning texnik-kriminalistik hamda boshqa turdagi ekspertiza va tadqiqotlar) o‘tkazish mazmunida ishlab chiqilgan taklifdan taklifdan Ichki ishlar vazirining 2022-yilning 15-avgustdagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan pullik xizmatlarni ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi 313-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika bo‘linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida ekspert-kriminalistika faoliyati sohasida ekspertlik, biometrik identifikatsiya, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini hamda sohaga oid boshqa pullik xizmatlarni ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandi 9-xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 29-dekabrdagi 21/1464-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi xatshunoslik ekspertizasi tadqiqot metodikasini, pullik asosda xizmat ko‘rsatish tushunchasi bilan boyitishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish