Bozorova Nazokat Mamasoatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissersiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida tarix darslarini o‘qitishda ikkinchi jahon urushiga oid mahalliy manbalardan foydalanish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1945.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30. 12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirnboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Javoxir Abduraxim o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida tarix darslarini o‘qitishda ikkinchi jahon urushi tarixiga oid mahalliy manbalardan foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktablarda tarix darslarini o‘qitishda maktab o‘quvchilarining turistik va o‘lkashunoslik faoliyati shaxsiy-hissiy yondashuvga muvofiq keng qo‘llanilganligi, o‘qituvchining hikoyasiga mahalliy materialni kiritish shaxsiy-ijodiy yondashuvning eng sodda va eng keng tarqalgan usuli ekanligi dalillangan;
tarix darslarida mahalliy materiallardan foydalanishning ko‘rgazmali, virtual-laboratoriya, mul`timediyali vositalari orqali o‘quvchilarda tarixiy qadriyatlarga ijodiy yondashuv, insonparvarlik, vatanparvarlik, millat tarixidan g‘ururlanish, ajdodlardan faxrlanish tuyg‘ularini tizimli va izchil rivojlantirish samaradorligi asoslangan;
tarix darslarida mahalliy materiallardan foydalanishda o‘qituvchi innovatsion faoliyatining (pedagogik tafakkur, eridusiya, aqliy va hissiy ijodiy barqarorlik) yo‘nalganligiga muvofiq tarixiy-qiyosiy, tarixiy-retrospektiv, tarixiy-genetik, tarixiy-tipologik kabi pedagogik usullar majmuasidan foydalanish mashg‘ulotlarni samarali, tizimli, konstruktiv va amaliy yo‘nalganlik maqsadiga muvofiq ekanligi dalillangan;
umumta’lim maktablarida tarix darslarini o‘qitish jarayoni o‘quv topshiriqlarini o‘quvchilarning (tushunish, o‘rganish, o‘zlashtirish va amalda qo‘llash) faoliyatiga ustuvorlik berish orqali rivojlantirishning pedagogik maqsad va vazifalarini, animatsion darslar, kombinatsiyalashgan ta’lim (mixed-mode) dasturlarini loyihalab asosida o‘qitish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida tarix darslarini o‘qitishda ikkinchi jahon urushi yillariga oid mahalliy manbalardan foydalanish metodikasi yo‘nalishida tarix fani o‘qituvchilarining mahalliy materiallaridan foydalanish madaniyatini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktablarida tarix darslarini o‘qitishda maktab o‘quvchilarining turistik va o‘lkashunoslik faoliyati shaxsiy -hissiy yondashuvga muvofiq keng qo‘llanila boshlanganligi, o‘qituvchining hikoyasiga mahalliy materialni kiritish shaxsiy-ijodiy yondashuvning eng sodda va eng keng tarqalgan usul ekanligi dalillanganligi tarixiy tahlil, qiyosiy-chog‘ishtirma usullari vositasida takomillashtirish to‘g‘risidagi Respublika ta’lim markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 26 maydagi 01/11–01/11–757–son ma’lumotnomasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 16 noyabrdagi 02/08/1452-son dalolatnomasi). Natijada, yoshlarimiz o‘rtasida ilmsevarlik g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
tarix darslarida mahalliy materiallardan foydalanishning (ko‘rgazmali, vertual-laboratoriya, mul`timediyali) vositalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda tarixiy qadriyatlarga ijodiy yondashuv, insonparvarlik, vatanparvarlik, millat tarixidan g‘ururlanish, ajdodlaridan faxrlanish tuyg‘ularini tizimli va izchil rivojlantirishdan iborat ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika ta’lim markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 26 maydagi 01/11–01/11–757–son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda mahalliy tarixiy manbalardan foydalanish madaniyatini oshirishda, zamonaviy qahramon obrazini yaratishda xizmat qilgan;
tarix darslarida mahalliy materiallardan foydalanishda o‘qituvchi innovatsion faoliyatining (pedagogik tafakkur, eridusiya, aqliy va hissiy ijodiy barqarorlik) yo‘nalganligiga muvofiq tarixiy-qiyosiy, tarixiy-retrospektiv, tarixiy-genetik, tarixiy-tipologik kabi pedagogik usullar majmuasidan foydalanishi mashg‘ulotlarni samarali, tizimli, konstruktiv va amaliy yo‘nalganlik maqsadiga muvofiq ekanligi yuzasidan takliflar Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining Xotira va qadrlash, Shahidlar xotirasi kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan, keng jamoatchilik o‘rtasida uyushtirilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 16 noyabrdagi 02/08/1452-son dalolatnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarda insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik xislatlarini tarbiyalashda ikkinchi jahon urushi yillariga oid mahalliy manbalardan foydalanishning amaliy imkoniyati yaratilgan;
umumta’lim maktablarida tarix darslarini o‘qitishda o‘quv topshiriqlarini o‘quvchilarning (tushunish, o‘rganish, o‘zlashtirish va amalda qo‘llash) faoliyatiga ustuvorlik berish asosida rivojlantirishning pedagogik maqsad va vazifalarini modellashtirish asosida loyihalab o‘qitish, animatsion darslar, kombinatsiyalashgan ta’lim (mixed-mode) bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2021 yil 23 noyabrdagi 01-40-1170-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarix fani o‘qituvchilarining mahalliy materiallardan foydalanish kompetentligi va kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.