Maxmudova Muazzamxon Sultonmaxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amir Temur va temuriylar saltanatida irrigatsiya tizimining rivojlanishi”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1113.
Ilmiy rahbar: O‘ljaeva Shohistaxon Mamajonovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Madraimov Abdumajid Abduraimovich, tarix fanlari doktori, professor; Mahmudov Sherzodxon Yunusovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amir Temur va temuriy hukmdorlarning Movarounnahr, Xuroson va xorijiy mamlakatlarda amalga oshirgan irrigatsiya tizimidagi bunyodkorligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amir Temurning Movarounnahrda olib borgan irrigatsiya sohasidagi bunyodkorlik ishlari yangi ma’lumotlar bilan boyitilib, Sirdaryo va Nurota oralig‘idagi “O‘rimboy arig‘i”, Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida “Darxon ariq” kabi sug‘orish ariqlarining mazkur davrda qazilganligi aniqlangan;
hozirgi kunda Baylaqon shahrini suv bilan ta’minlovchi Eski Xonqizi kanali ba’zi ilmiy adabiyotlarda ta’kidlangani kabi Barlos kanali emas, Baylaqon kanali ekanligi asoslangan;
Amir Temur tomonidan Hindiston yurishi oldidan Kobul yaqinida qazdirgan, manbalarda Bodom, Juyi Mohigir va Juyi Nav deb nomlanuvchi ariqning hozirgi kunda ham Juyi Mohigir nomi ostida Parvon viloyatining markazi bo‘lgan Chorikor (Chahorikor) tumanining sug‘orilishida foydalanilayotganligi aniqlangan;
Sulton Abu Said Mirzo tomonidan ta’mirlangan Mashhad yaqinidagi Guliston, Boysunqur Mirzo tomonidan Xuroson-Razaviy viloyatida qurilgan Axlamad (Boysunqur), Alisher Navoiy tomonidan Mashhad yaqinida bunyod etilgan Turuq (Turuqband) to‘g‘onlarining joylashgan o‘rni aniqlanib, ularning hozirgi kunda ham faoliyat ko‘rsatayotgani asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur va temuriylar salatanatida irrigatsiya tizimining rivojlanish tarixini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Amir Temurning Movarounnahrda olib borgan irrigatsiya sohasidagi bunyodkorlik ishlari yangi ma’lumotlar bilan boyitilib, Sirdaryo va Nurota oralig‘idagi “O‘rimboy arig‘i”, Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumanida “Darxon ariq” kabi sug‘orish ariqlarining mazkur davrda qazilganligi, hozirgi kunda Baylaqon shahrini suv bilan ta’minlovchi Eski Xonqizi kanali ba’zi ilmiy adabiyotlarda ta’kidlangani kabi Barlos kanali emas, Baylaqon kanali ekanligi asoslanganligi haqidagi xulosa va natijalardan 2021-yilda O‘zbekiston tarixi telekanalining Ochiq dars ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2022-yil 24-fevraldagi 06-28-458-son ma’lumotnomasi). Ushbu ma’lumotlar ko‘rsatuvning keng jamoatchilik uchun yanada qiziqarli va mazmundor bo‘lishini ta’minlagan; 
Amir Temur tomonidan Hindiston yurishi oldidan Kobul yaqinida qazdirgan, manbalarda Bodom, Juyi Mohigir va Juyi Nav deb nomlanuvchi ariqning hozirgi kunda ham Juyi Mohigir nomi ostida Parvon viloyatining markazi bo‘lgan Chorikor (Chahorikor) tumanining sug‘orilishida foydalanilayotganligi, Sulton Abu Said Mirzo tomonidan ta’mirlangan Mashhad yaqinidagi Guliston, Boysunqur Mirzo tomonidan Xuroson-Razaviy viloyatida qurilgan Axlamad (Boysunqur), Alisher Navoiy tomonidan Mashhad yaqinida bunyod etilgan Turuq (Turuqband) to‘g‘onlarining joylashgan o‘rni aniqlanib, ularning hozirgi kunda ham faoliyat ko‘rsatayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining madaniy-ma’rifiy tadbirlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 2-iyundagi 02/02/980-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar xalqimizga Amir Temur va temuriy hukmdorlarning bunyodkorlik g‘oyalarini targ‘ib qilishda amaliy ahamiyatga ega.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish