Ashurbaeva Rukiya Kaxxorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Ona tili darslarida o‘quvchilarga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta’lim berish usullari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1184
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
Rasmiy opponentlar: Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna pedagogika fanlari doktori (DSc); Axmedov Atoullo Rahmatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabda ona tili darslarida o‘quvchilarga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta’lim berish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab ona tili darslarida innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta’lim berish orqali o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish, fanlararo ijodiy pedagogik muhitni bosqichma-bosqich shakllantirish, rivojlantiruvchi didaktik jarayonlarga pedagogik ta’sir imkoniyatlarini aniqlashning nazariy asoslari didaktik jihatdan takomillashtirilgan;
ona tili o‘quv predmetini maktab o‘quvchilariga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta’lim berishda ularning ijodiy tafakkurini faollashtirishga yo‘naltirilgan, o‘z-o‘zini rivojlantirish va rag‘batlantirishning individual faoliyat traektoriyasida intellektual sifatlarining namoyon bo‘lish izchilligi assotsiativ uyg‘unlashtirish asosida dalillangan;
integratsiyalashgan ta’lim berishda ona tili ta’limi metodikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ratsional foydalanishga qaratilgan topshiriq va muammolarning original echimining mantiqiy fikrlash ko‘rsatkichlari darajalari aniqlangan;
innovatsion texnologiyalar vositasida maktab ona tili darslarida o‘quvchilarga integratsiyalashgan ta’lim berishning didaktik ta’minoti fanlararo tahliliy va evristik ko‘nikmalarni rivojlantirishning transformatsion komponentlarini ilmiy tafakkurdan amaliy tafakkurga moslashtirish, muammoli va ijodiy mashqlar ishlab chiqish usullari assotsiativ, kreativ, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi vosita ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
maktab ona tili darslarida innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta’lim berish orqali o‘quvchilarining kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish, fanlararo ijodiy pedagogik muhitni bosqichma-bosqich shakllantirish, rivojlantiruvchi didaktik jarayonlarga pedagogik ta’sir imkoniyatlarini aniqlashning nazariy asoslari va didaktik jihatdan takomillashtirishga oid xulosalardan OTF1-002-raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha (2017-2020-yy.)da foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 1-dekabrdagi 04-04/01-2368-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini o‘stirish jarayoni zamonaviy yondashuv va tamoyillar asosida mukammallashtirilgan;
ona tili o‘quv predmetini maktab o‘quvchilariga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta’lim berishda ularning ijodiy tafakkurini faollashtirishga yo‘naltirilgan, o‘z-o‘zini rivojlantirish va rag‘batlantirishning individual faoliyat traektoriyasida intellektual sifatlarining namoyon bo‘lish izchilligi assotsiativ uyg‘unlashtirish asosidagi mulohazalaridan 2020-2022-yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” televideniyesining “Mavzu”, “Taqdimot” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 10-noyabrdagi 06-28-1898-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabin va tinglovchilarning respublikamizdagi ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablarida ona tili darslarining sifat va samaradorligi, ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, ona tili darslarining samaradorligini oshirish borasidagi tasavvurlari hamda bilimlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
integratsiyalashgan ta’lim berishda ona tili ta’limi metodikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ratsional foydalanishga qaratilgan topshiriq va muammolarning original echimini nostandart usullar orqali mantiqiy fikrlash ko‘rsatkichlari darajalarini aniqlashtirish, innovatsion texnologiyalar vositasida maktab ona tili darslarida o‘quvchilarga integratsiyalashgan ta’lim berishning didaktik ta’minoti fanlararo tahliliy va evristik ko‘nikmalarni rivojlantirishning transformatsion komponentlarini ilmiy tafakkurdan amaliy tafakkurga moslashtirish, tezkor qarorlar qabul qilish, qo‘llash, muammoli va ijodiy mashqlar ishlab chiqish usullari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ona tili fani o‘qituvchilari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 1-martdagi 04-02/-49-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabda ona tili fanining o‘tilishida sezilarli o‘zgarishlarga erishilgan.