Masharipov Azamat Komuljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talaba-yoshlar sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishiga turizmning ta’siri va ijtimoiy ahamiyati”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2332.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy rahbar: Ko‘palov Sanjarbek Ulug‘bekovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Dilnoza Nigbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Qoraev Samaraddin Barakaevich pedagogoka fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport-sog‘lomlashtirish turizmi vositasida mutaxassisligi jismoniy tarbiya bo‘lmagan talabalarining salomatligini  mustahkamlash, morfofunksional hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishni tajribada asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mutaxassisligi jismoniy tarbiya bo‘lmagan talabalarning morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik holatini barqarorlashtirish jarayoni obektiv ko‘rsatkichlarni qiyoslash imkonini beruvchi siklli monitoring vositasida ta’minlanishi diagnostik kontekstda dalillangan; 
sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlarining uslubiy tuzilmasi talabalarda turistik turmush malakalarini visual dinamikada intensiv rivojlantiruvchi mashqlar majmuasini hordiq va jismoniy harakat integrasiyasi muhitida integrativ qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar talabalar organizmining individual hususiyatini inobatga olgan adaptiv mashqlarni variativlashtirilgan didaktik muhitning umumiy faollikni mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi garmonik jarayonida differensiallikda saralash asosida takomillashtirilgan;   
turizm mashg‘uloti mazmuni va didaktik ta’minoti notanish makonda mo‘ljal olish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi individual dasturni akademik va sayohat mashg‘ulotlarida variativlikda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba-yoshlar sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishiga turizmning ta’siri va ijtimoiy ahamiyatini tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida: 
mutaxassisligi jismoniy tarbiya bo‘lmagan talabalarning morfofunksional va jismoniy tayyorgarlik holatini barqarorlashtirish jarayoni obektiv ko‘rsatkichlarni qiyoslash imkonini beruvchi siklli monitoring vositasida ta’minlanishi bo‘yicha takliflar “Turizm” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 02 noyabrdagi 1023-son buyrug‘iga asosan 1023-024 raqamli guvohnoma). Natijada, mazkur turizm mashg‘ulotlarining mazmunan sifati oshishiga xizmat qilgan;
sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlarining uslubiy tuzilmasi talabalarda turistik turmush malakalarini visual dinamikada intensiv rivojlantiruvchi mashqlar majmuasini hordiq va jismoniy harakat integrasiyasi muhitida integrativ qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport-sog‘lomlashtirish turizmi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-son buyrug‘iga asosan 68-364 raqamli guvohnoma). Natijada, turizm vositalari orqali talabalarni sog‘lomlashtirish algoritmi ishlab chiqilgan, talaba yoshlarning jismoniy rivojlanish, morfofunksional holati yaxshilanishiga erishilgan;    
sport-sog‘lomlashtirish turizmi mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi harakatli o‘yinlar talabalar organizmining individual hususiyatini inobatga olgan adaptiv mashqlarni variativlashtirilgan didaktik muhitning umumiy faollikni mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi garmonik jarayonida differensiallikda saralashga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 27-apreldagi 04-01/04/20/3922-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning individual hususiyatlariga mos mashqlardan foydalanish tajribasining ommalashishiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish