Eshniyozov Umid Axrolovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektrotexnika fanidan talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini ta’lim klasteri sharoitida rivojlantirish metodikasi (pedagogika ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4230.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Ikromjon Gulamjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.  
Rasmiy opponentlar: Xusanov Jumanazar Xusanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim klasteri sharoitida elektrotexnika fanidan talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini ishlab shiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim klasteri sharoitida elektrotexnika fanidan talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik aspektlari subektlararo o‘zaro ta’sirning diagnostik funksiyalarini tajriba resurslari transformatsiyasi jarayoniga barqaror dinamikada optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tajribani modellashtirishning xavfsizlik, produktivlik, qiyosiylik kabi tamoyillarni  ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi muhitiga differensial munosabatda singdirish asosida takomillashtirilgan;
elektrotexnika fanidan eksperimental ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi  o‘quv materiallari jozibadorligi, vizualligi, qulayligiga asoslangan interfaol o‘quv topshiriqlarini talabalarning amaliy-akademik faoliyatida konsentrik munosabatda  qo‘llash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarda eksperimental ko‘nikmalarning rivojlanganligini baholash mezonlari  tajribani anglash, qo‘yish, o‘tkazishga motivasiyalovchi ko‘p variantli instruksiyalarni qayta aloqali o‘quv jarayonida refleksiv tarzda adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassalarida, pedagogik ta’lim innovatsion klasteri muhitida talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yisha olingan ilmiy tadqiqot natijalari va dasturiy mahsulotlardan vosita sifatida foydalanish bo‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’lim klasteri sharoitida elektrotexnika fanidan talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik aspektlari subektlararo o‘zaro ta’sirning diagnostik funksiyalarini tajriba resurslari transformatsiyasi jarayoniga barqaror dinamikada optimallashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasini «O‘zbekiston» teleradiokanalida efirga uzatilgan «Ta’lim va taraqqiyot», «O‘zbekiston yoshlari» nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 23-dekabrdagi 04-36-2121-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish ushun zaruriy ko‘nikmalar tizimini ishlab shiqish imkonini bergan;
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tajribani modellashtirishning xavfsizlik, produktivlik, qiyosiylik kabi tamoyillarni  ta’lim va ishlab shiqarish integratsiyasi muhitiga differensial munosabatda singdirishga doir takliflaridan YoAS-XT-1-31/884-raqamli “Innovatsion texnalogiyalar sharoitida fizika o‘qituvshisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Nukus davlat pedagogika institutining 2023-yil 9-yanvardagi 01-20-09/18-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli fan, ta’lim va ishlab shiqarish integratsiyasini ta’minlashga va talabalarning eksperimental ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
elektrotexnika fanidan eksperimental ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi  o‘quv materiallari jozibadorligi, vizualligi, qulayligiga asoslangan interfaol o‘quv topshiriqlarini  talabalarning amaliy-akademik faoliyatida konsentrik munosabatda qo‘llashga oid tavsiyalari “Elektrotexnika, elektronika va elektro‘kazgishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023yil 27-martdagi 68-sonli buyrugʻiga asosan 68-184-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning eksperimental ko‘nikma va malakalarini rivojlanishiga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish