Xolmatov Botir O‘tkir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda boldir suyaklari rivojlanishining tug‘ma anomaliyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash», 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022/3/PhD/Tib3063.
Ilmiy rahbar: Djuraev Axrarbek Maxmutovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Tilyakov Akbar Burievich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Xamraev Alisher Shaxobovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bolalarda boldir suyaklari rivojlanishining tug‘ma anomaliyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning yangi usullarini ishlab chiqish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boldir suyaklarida tug‘ma anomaliyalari bor bolalarning oyoqlaridagi deformatsiya va kaltalik erta yoshda bartaraf etilganida, anomal oyoq mushaklarining funksiyasi yaxshilanishi davolashdan oldin va keyin o‘tkazilgan EMG tekshiruvlari natijalari asosida isbotlangan;
katta boldir suyagining aplaziyasida tizza va boldir oshiq bo‘g‘imlaridagi deformatsiyalarni korreksiya qilish usuli takomillashtirilgan, usul son bilan kichik boldir hamda kichik boldir bilan oshiq suyaklari orasida stabil bo‘g‘in hosil qilishga asoslanib, bolalarda erta yoshda (1,5 yoshdan boshlab) oyoqlar tayanch funksiyasi tiklanishi va ularning yurishi uchun sharoit yaratilishi, operatsiya bosqichlarining kamayishi va erta reabilatatsiyani boshlash imkoniyatini yaratilishi isbotlangan;
kichik boldir suyagining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda erta yoshda (1,5 yoshdan boshlab) yopiq bilokal distraksion epifizioliz yordamida bir vaqtning o‘zida oyoq kaltaligi va deformatsiyalarini xavfsiz bartaraf etish taktikasi asosida xirurgik davolash bosqichlari va muddatlarining qisqarishi, asoratlar va qaytalanishlarning kamayishi isbotlangan;
kompleks diagnostik va davolash tadqiqotlarining natijalariga asoslangan holda ishlab chiqilgan hamda jarrohlik yo‘li bilan davolashning eng maqbul taktik usullarini tanlash imkonini beradigan boldir suyaklari rivojlanishining tug‘ma anomaliyalari bor bolalarni tashxislash va davolash usulini tanlash algoritmining samardorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2023 yil 10 iyuldagi 03/15-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2022 yil 9 sentyabrdagi 03/1112-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: boldir suyaklarida tug‘ma anomaliyalari bor bolalarning oyoqlaridagi deformatsiya va kaltalik erta yoshda bartaraf etilganida, anomal oyoq mushaklarining funksiyasi yaxshilanishi davolashdan oldin va keyin o‘tkazilgan EMG tekshiruvlari natijalari asosida isbotlangan, bu bolada erta yoshda tayanch va yurish qobiliyatini tiklashga va kelgusida ikkilamchi deformatsiyalarni yuzaga kelishini yoki kuchayishini oldini olishga imkon berdi (Intellektual mulk agentligi tamonidan berilgan patent № FAP 01726, 17.11.2021) va boldir suyaklarini tug‘ma anomaliyalari bo‘lgan bolalarni erta yoshda davolash Respublika bolalar ortopediya markazi (11.03.2019y.; №12), Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (07.02.2019y.; №16) va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (10.06.2022y.; №30) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika bolalar ortopediya markazi (11.03.2019y.; №12), Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (07.02.2019y.; №16) va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (10.06.2022y.; №30) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Boldir suyaklarini tug‘ma anomaliyalari bo‘lgan bolalarda erta yoshda kaltalik va deformatsiyalarni bartaraf etilishi bolalarda erta yoshdan yurishiga imkon berdi xamda davolashning yaqin va uzoq natijalarini yaxshilanishiga, operatsiyadan keyingi asoratlarni kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Boldir suyaklarini tug‘ma anomaliyalari bo‘lgan bolalarda oyoq kaltaligini va deformatsiyalarini erta yoshda bartaraf etilishi natijasida bemorni erta oyoqqa turishiga, kelgusidagi jarroxlik amaliyotini engil va asoratsiz kechishini ta’minlanishiga imkon berdi. Shuningdek kaltalik bilan bog‘liq bo‘lgan resedivlarni kamayishiga va bu esa bolani o‘sish davrigacha qayta uzaytirish jarroxlik muolajalarini sonini 25-30% gacha kamaytirishga olib keldi. Misol uchun bolalarda oyoq kaltaligini uzaytirish jarroxlik muolajasi shifoxonada yotish kunlari bilan xozirda o‘rtacha 4690000 so‘mni tashkil qiladi. Ilgari 4 yoshdan boshlab uzaytirish muolajalari o‘tkazilganda, bolanining o‘sishi yakunlanishiga qadar oyoq tengligini saqlab turish maqsadida o‘rtacha 4 (18760000 so‘m) marta oyoqni uzaytirish muolajalari o‘tkazilgan va bundan tashqari ikkilamchi deformatsiyalar yuzaga kelishi natijasida ularni bartaraf etish maqsadida yana o‘rtacha 2 (6400000 so‘m) ta qo‘shimcha jarroxlik aralashuvlari o‘tkazilgan. Biz davolashni 1,5 yoshdan boshlashni va bir vaqtning o‘zida xam kaltalik xam deformatsiyalarni bartaraf etishni taklif qildik, buninig natijasida ikkilamchi deformatsiyalarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha jarroxlik aralashuvlarga extiyoj qolmadi va oyoq kaltaligi bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan jarroxlik aralashuvlar sonini 3 (14 070 000 so‘m) tagacha kamaytirishga erishildi. Xulosa: Boldir suyaklarini tug‘ma anomaliyalari bo‘lgan bolalarda erta yoshda oyoq kaltaligi va deformatsiyasi bartaraf etilishi natijasida kaltalik va ikkilamchi deformatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan resedivlarning sonini kamayishiga olib keldi va buning natijasida ushbu patologiyani davolashda  o‘rtacha xisobda 11090000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: katta boldir suyagining aplaziyasida tizza va boldir oshiq bo‘g‘imlaridagi deformatsiyalarni korreksiya qilish usuli takomillashtirilgan (Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan patent № FAP 01726, 17.11.2021), usul son bilan kichik boldir hamda kichik boldir bilan oshiq suyaklari orasida stabil bo‘g‘in hosil qilishga asoslanib, bolalarda erta yoshda (1,5 yoshdan boshlab) oyoqlar tayanch funksiyasi tiklanishi va ularning yurishi uchun sharoit yaratilishi, operatsiya bosqichlarining kamayishi va erta reabilatatsiyani boshlash imkoniyatini yaratilishi Respublika bolalar ortopediya markazi (11.03.2019y.; №12) va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (07.02.2019y.; №16) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta yoshda tizza va boldir oshiq bo‘g‘imidagi deformatsiyalarni bir vaqtning o‘zida bartaraf etishi, jarrohlik aralashuvi bosqichlarini kamaytirishiga, erta yoshda tayanch funksiyasini tiklashiga va bolaning erta yurishiga xamda operatsiyadan keyin tezda reabilitatsiyani boshlashiga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: avval katta boldir suyagi aplaziyasi bo‘lgan bolalarni davolashda bemorda tayanch va yurish qobiliyatini tiklash uchun 3 boskichda jarroxlik aralashuvlari o‘tkazilgan. Xar bir bosqich o‘rtacha 15 kun statsionar davolanishni talab etgan va bu 15075000 so‘mni tashkil qilgan (xar bosqichi 5025000 so‘m). Xozirda taklif etilgan davolash usuli yordamida kerakli natijalarga bir bosqichda erishiladi va statsionarda yotish kuni o‘rtacha 14 kungacha qisqaradi, shunda davolashga sarf etiladigan xarajatlar o‘rtacha 4690000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Bolalarda katta boldir suyagining aplaziyasini davolash uchun tavsiya etilgan usulni qo‘llash shifoxonaga yotish uchun sarf qilinadigan xarajatlarni 10385000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: kichik boldir suyagining tug‘ma nuqsonlari bo‘lgan bolalarda erta yoshda (1,5 yoshdan boshlab) yopiq bilokal distraksion epifizioliz yordamida bir vaqtning o‘zida oyoq kaltaligi va deformatsiyalarini xavfsiz bartaraf etish taktikasi asosida xirurgik davolash bosqichlari va muddatlarining qisqarishi, asoratlar va qaytalanishlarning kamayishi isbotlangan (Uslubiy tavsiyanoma, RITOIATM ekspert kengashi, №03/11 2023). Davolash taktikasi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (10.06.2022y.; №30) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kichik boldir suyagi tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarda erta yoshda boldir kaltaligi va boldir-oshiq bo‘g‘imi xamda oyoq panjasi deformatsiyalarini bir vaqtning o‘zida bartaraf etish imkonini berdi va buning natijasida bolalarda erta yurishiga, jarroxlik amaliyotidan keyin reabilitatsiya muolajalarini erta boshlashga  va residiv va asoratlarni kamayishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kichik boldir suyagini tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarda avval kamida 2 bosqichda jarroxlik yo‘li bilan davolangan, birinchi bosqichda kaltalik bartaraf etilgan va statsionar davo 30 kunni tashkil etgan bo‘lib, ikkinchi bosqichda esa boldir oshiq bo‘g‘imi va oyoq panjasi deformatsiyalari bartaraf etilgan va bu o‘rtacha 14 kunni tashkil etgan (jami 14740000 so‘m). Taklif etilgan davolash taktikasi yordamida esa davolash bir bosqichda amalga oshirilib, statsionar davo esa 14 kunni tashkil etdi (jami 4690000 so‘m). Xulosa: Bolalarda kichik boldir suyagining tug‘ma nuqsonlarini davolash uchun tavsiya etilgan usulni qo‘llash shifoxonaga yotib davolanish uchun sarf qilinadigan xarajatlarni 10050000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: kompleks diagnostik va davolash tadqiqotlarining natijalariga asoslangan holda ishlab chiqilgan hamda jarrohlik yo‘li bilan davolashning eng maqbul taktik usullarini tanlash imkonini beradigan boldir suyaklari rivojlanishining tug‘ma anomaliyalari bor bolalarni tashxislash va davolash usulini tanlash algoritmining samardorligi asoslaninib, Respublika bolalar ortopediya markazi (11.03.2019y.; №12), Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (07.02.2019y.; №16) va Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik shifoxonasi (10.06.2022y.; №30) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tashxislash va davolash jarayonini engillashtiradi, bemorda diagnosti va davolash uchun qo‘llaniladigan muolajalarni turi va sonini qisqartiradi, aniq tashxis qo‘yish va davolashning to‘g‘ri yo‘lini tanlashda yordam beradi, bolada tayanchlik va yurish qobiliyatlarini tiklash maqsadida eng to‘g‘ri bo‘lgan davolash taktikasini va texnikasini tanlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: boldir suyagini tug‘ma nuqsoni bo‘lgan bolalarda aniq tashxis qo‘yish va davolash usulini to‘g‘ri tanlash uchun avval klinik, rentgen, MSKT, MRT, Doplerografiya va EMG tekshiruv usullari qo‘llanilgan (jami 754000 so‘m). Taklif etiltgan algoritm yordamida esa bu tekshiruvlarni fakatgina klinik va rentgen usullariga qisqartirishga imkon berdi (jami 122000 so‘m). Xulosa: ishlab chiqilgan algoritm boldir suyagining tug‘ma anomaliyalari bo‘lgan bolalarda aniq tashxis qo‘yib davolash taktikasini tanlash uchun bitta bemorda sarf qilinadigan xarajatlarni 632000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish