Alijonova Gulnozaxon Muxammad qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rizouddin ibn Faxriddin “Kutubi sitta va mualliflari” asarining manbashunoslik tahlili”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Isl54.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Ilmiy rahbar: Maxsudov Davron Rustamovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaev Saidakbar Saidovich, tarix fanlar doktori, professor; Mirzaev Nasriddin Muxritdinovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Rizouddin ibn Faxriddinning “Kutubi sitta va mualliflari” asari manbashunoslik ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XX asr boshiga kelib, Rossiya imperiyasining Markaziy qismlaridagi madrasalarda hadisshunoslik fanidan  o‘quv adabiyoti yaratishga bo‘lgan intilish maqsadida Rizouddin ibn Faxriddinning “Kutubi sitta va mualliflari” (كتب ستّه و مؤلفلرى) asarining yozilishiga va natijada Qozonda “Marjoniya”, Orenburgda “Husayniya”, Troiskda “Rasuliya” kabi ta’lim dargohlarida hadis ilmida ilk bor turkiy tilda yozilgan asosiy o‘quv adabiyotiga aylanishiga sabab bo‘lgani dalillangan;
“Kutubi sitta va mualliflari” asarida Rossiya musulmonlari ilm olish tarixi “Hayrat”, “Dog‘iston”, “Sxolastik” va “Intiboh” (uyg‘onish) nomli davrlarga bo‘lingani hamda ular orasida “Intiboh” davrida Movarounnahr madrasa (مدرسة)lari bitiruvchilari bo‘lgan ma’rifatparvarlar hadis ilmini keng yoyilishi hamda Qur’on va sunnatni inkor qiluvchilarga qarshi kurashda  asosiy tayanch vazifani bajarganligi isbotlangan;
manbada muhaddis Razin ibn Muoviya (vaf. 535/1140) tomonidan Ibn Mojjaning “Sunani ibn Mojja” asaridan ko‘ra Imom Molikning “Al-Muvatto”sida sahih hadislar nisbatan ko‘pligi uchun “Sihohi sitta” to‘plamiga kiritilgani hamda yangi uslubdagi “At-tajrid as-sihoh as-sitta” (التجريد الصحاح الست) nomli majmua shakllangani ochib berilgan;
Rizoudin ibn Faxriddin asarda Imom Nasoiy (الإمام النسائي)ning “Sunani Nasoiy”sida Abu Hanifadan rivoyat qilingan sahih hadislar asosida uni ishonchli roviylar qatorida alohida zikr etgani aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rizouddin ibn Faxriddin “Kutubi sitta va mualliflari” asari manbashunoslik tadqiqi bo‘yicha tadqiqotning ilmiy-nazariy natijalari asosida: 
XX asr boshiga kelib, Rossiya imperiyasining Markaziy qismlaridagi madrasalarda hadisshunoslik fanidan  o‘quv adabiyoti yaratishga bo‘lgan intilish maqsadida Rizouddin ibn Faxriddinning “Kutubi sitta va mualliflari” (كتب ستّه و مؤلفلرى) asarining yozilishiga va natijada Qozonda “Marjoniya”, Orenburgda “Husayniya”, Troiskda “Rasuliya” kabi ta’lim dargohlarida hadis ilmida ilk bor turkiy tilda yozilgan asosiy o‘quv adabiyotiga aylanishiga sabab bo‘lgani dalillangani borasidagi ilmiy xulosalari “Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi”, “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, diniy an’ana va urf-odatlari” nomli darslik va o‘quv qo‘llanmalarning mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2022 yil 21 noyabrdagi 02-03/8710-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda “Kutubi sitta va mualliflari” asari hadisshunoslik sohasiga oid asosiy manbalardan ekani to‘g‘risida tasavvur hosil qilish imkonini bergan;
“Kutubi sitta va mualliflari” asarida Rossiya musulmonlari ilm olish tarixi “Hayrat”, “Dog‘iston”, “Sxolastik” va “Intiboh” (uyg‘onish) nomli davrlarga bo‘lingani hamda ular orasida “Intiboh” davrida Movarounnahr madrasa (مدرسة)lari bitiruvchilari bo‘lgan ma’rifatparvarlar hadis ilmini keng yoyilishi hamda Qur’on va sunnatni inkor qiluvchilarga qarshi kurashda  asosiy tayanch vazifani bajarganligi isbotlangani isbotlovchi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida  tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 8 iyundagi 02/273-son ma’lumotnomasi). Natijada, Rossiyaning shimoliy hududlaridagi hadis ilmi tarixi borasidagi ma’lumotlar ilmiy jamoatchilikka etib borishiga xizmat qilgan;
manbada muhaddis Razin ibn Muoviya (vaf. 535/1140) tomonidan Ibn Mojjaning “Sunani ibn Mojja” asaridan ko‘ra Imom Molikning “Al-Muvatto”sida sahih hadislar nisbatan ko‘pligi uchun “Sihohi sitta” to‘plamiga kiritilgani hamda yangi uslubdagi “At-tajrid as-sihoh as-sitta” (التجريد الصحاح الست) nomli majmua shakllangani ochib berilganini isbotlovchi ilmiy xulosalar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “Sunani Termiziy sharhi” kitobining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining tasarrufidagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 12-iyundagi 01-07/87-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abu Hanifa Rizouddin ibn Faxriddin tomonidan muhaddis va mujtahid sifatida e’tirof etilib, undan ko‘p hadislar rivoyat qilinganligini ochib berishga xizmat qilgan;
Rizoudin ibn Faxriddin asarda Imom Nasoiy (الإمام النسائي)ning “Sunani Nasoiy”sida Abu Hanifadan rivoyat qilingan sahih hadislar asosida uni ishonchli roviylar qatorida alohida zikr etgani aniqlangani buyurtma asosida tayyorlangan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatiladigan “Buyuk yurt allomalari” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 31 maydagi 02-10-865-son ma’lumotnomasi). Natijada, ahli hadislar tomonidan hadislarni qabul qilib olishdagi shartlari orqali islom tarixiga asos solinganligi ochib berilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish