Xojiev Kuchkor Mamadiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er hisobini yuritish uslubiyatini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx868
Ilmiy rahbar: Babajanov Allabergan Ruzimovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Qurvantoev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xo‘jakeldiev Komil Nosirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er hisobini yuritish bo‘yicha mavjud holatlarni o‘rganish, tahlil qilish, baholash asosida uni yuritish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er fondi toifalaridan foydalanish maqsadi va xususiyatlariga ko‘ra ularni tarkibiy jihatdan maqbullashtirish, shuningdek, ilk bor, er fondi toifalarining tarkibiy qismini tashkil etuvchi er turlariga huquqiy maqom berish bo‘yicha er turlarining tavsiflanishi asoslangan;
butunjahon koordinatalar tizimi (WGS-84) ga bog‘lagan holda tumanlarning ma’muriy chegarasidagi tumanga bo‘ysunuvchi shahar, shaharcha, qishloq (ovul)lar hududlari bo‘yicha er hisobini yuritish asoslangan;
qaytadan yoki yangidan o‘zlashtirilgan erlarni foydalanishga qabul qilish jarayonida er turlarini transformatsiya qilish mexanizmi ishlab chiqilgan;
er hisobini yuritishda muhim ahamiyat kasb etuvchi er maydonlarini xatlovdan o‘tkazish natijalarini er balansiga olishning tizimi yaratilgan, shuningdek, er hisobini yuritish bilan bog‘liq amaldagi er balansi tarkibidagi shakllarni  takomillashtirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar natijasida er hisobini yuritish uslubiyatini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida) bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqib ketgan erlarni foydalanishga qabul qilish Qishloq xo‘jaligi vazirligining xulosasiga muvofiq qabul qilinadigan viloyat hokimining tegishli qarori asosida amalga oshirish tizimi joriy qilingan hamda qaror qabul qilingandan so‘ng qayta foydalanishga kiritilgan erlarning hisobini er turlari bo‘yicha yuritish ishlariga kirishilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 
2022-yil 30-dekabrdagi 04/28-28-9956-sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyat bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarning, jumladan, sug‘oriladigan ekin erlarining aniq hisobini yuritish imkoni vujudga kelgan va sug‘oriladigan erlar muhofazasi ta’minlangan;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar toifasi sug‘oriladigan, shartli sug‘oriladigan va lalmikor erlarga guruhlanib, ekinlarning hosildorligini belgilash ishlariga kirishilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 04/28-28-9956-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarning sug‘oriladigan, shartli sug‘oriladigan va lalmikor erlarga tabaqalanishi bo‘yicha er hisobining shakllanishiga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatini hamda er solig‘i bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish imkoni yaratilgan;
er fondining “Zaxira erlar” toifasi O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi yangi tahriri loyihasi 6-moddasidan chiqarilgan, shuningdek, “Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan erlar” toifasi bilan “Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlar” toifasi birlashtirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2022-yil 26-dekabrdagi 10/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada er fondi toifalari soni amaldagi 8 tadan 6 taga keltirilib, er fondi toifalari bo‘yicha er balansining soddalashtirilishiga olib keladi;
O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi yangi tahriri loyihasi 
8-moddasida er turlariga huquqiy maqom berilib, ularning nomlanishi ta’riflangan. Shuningdek, Er kodeksining yangi tahriri loyihasi 9-moddasida er turlarini bir turdan boshqasiga o‘tkazish normasi yoritib berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2022-yil 26-dekabrdagi 10/2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada er turlariga maqom berish va tavsiflanishi bo‘yicha huquqiy asos yaratilgan;
yangidan o‘zlashtirilgan erlar viloyat hokimining tegishli qarori asosida foydalanishga qabul qilinmoqda va mazkur qarorga muvofiq bundan buyon yangidan o‘zlashtirilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarning tegishli turi hisobga olinib borilmoqda (Davlat kadastrlar palatasining 2023-yil 12-yanvardagi 01-09/01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyat bo‘yicha yangidan o‘zlashtirilgan erlarning tegishli turi bo‘yicha er hisobini aniq va haqqoniy yuritish imkoni yaratilgan;
tuman (shahar) er balansi tarkibiga kiradigan er balansi shakllarida “uzumzorlar” er turi qayta ishlangan, noqishloq ehtiyojlari uchun er ajratish bilan bog‘liq 14 iva 18-shakllar maqbullashtirilib, yagona bitta shakl ko‘rinishga keltirilgan, dehqon xo‘jaliklarining hamda xususiylashtirilgan er maydonlarini hisobga olish bilan bog‘liq yangi shakllar asosida er hisobini yuritishga kirishilgan. “Bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilik uyushmalarining erlari” er turi balansi shakllaridan chiqarilgan va ular erdan foydalanuvchi sifatida qabul qilingan (Davlat kadastrlar palatasining 2023-yil 12-yanvardagi 01-09/01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada er balansi shakllari takomillashtirilgan, er turlarining nomlanishi tartibga keltirilgan, dehqon xo‘jaliklarining erlarini hamda xususiylashtirilgan er maydonlarini hisobga olish ta’minlangan;
er maydonlarida o‘tkazilgan xatlov jarayonida aniqlangan o‘zgarishlar, jumladan, er qonunbuzilish holatlari bartaraf etilgandan keyin xatlov natijalarini er balansiga olishning tizimi joriy etilgan. (Davlat kadastrlar palatasining 2023-yil 12-yanvardagi 01-09/01-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tuman (shahar)lar bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalarini er balansiga qabul qilish mexanizmi yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish