Hamdamov Jahongir Usmonali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga uning rezosferasidan olingan tuproqlarni qo‘llashning ta’siri”, 06.01.08- O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx527
Ilmiy rahbar: Mannopova Ma’muraxon, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Mas’ud Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Soya o‘simliklarining ildiz qismida azotni faol o‘zlashtiruvchi Bradyrhizobium Japonicum bakteriyalarini shakillantirishda hamda o‘simligining o‘sish-rivojlanishi, don hosildorligi shuningdek iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun tuproq tarkibida azot elementini faol o‘zlashtiruvchi (Bradyrhizobium Japonicum) bakteriyalari mavjud tuproq va fosfor parchalovchi Fosstim-3 bakterial o‘g‘iti qo‘llash bo‘yicha agrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida soya urug‘larini ekish oldidan fosfor parchalovchi Fosstim–3 bakterial o‘g‘iti bilan ishlov berib, erni ekishga tayyorlashda azotni faol o‘zlashtiruvchi (Bradyrhizobium Japonicum) tuganak bakteriyalarni o‘zida saqlovchi maydonlarning 0–15 sm qatlamidan tuproq olib kelinib, gektariga 1500 kg miqdorida qo‘llab ekish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
azotni faol o‘zlashtiruvchi (Bradyrhizobium Japonicum) tuganak bakteriyalarni o‘zida saqlovchi tuproq qo‘llash natijasida soya navlari o‘simliklarining ildiz tizimida tuganak bakteriyalarning shakllanishiga ijobiy ta’sir etib, an’anaviy usulda ekilgan maydonga nisbatan dukkaklash davrida 40,8-53,2 dona/tup gacha, pishish davrida 30,3-43,8 dona/tup gacha yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
fosfor parchalovchi Fosstim–3 bakterial o‘g‘iti va azotni faol o‘zlashtiruvchi (Bradyrhizobium Japonicum) tuganak bakteriyalarni o‘zida saqlovchi tuproq hamda o‘suv davrida Serhosil biopreparati bilan ishlov berilganda an’anaviy nazorat variantiga nisbatan 3,9-4,0 s/ga gacha qo‘shimcha don hosili olinib, rentabellik darajasi 32,9-33,0 foizgacha yuqori bo‘lishi aniqlangan;
fosfor parchalovchi Fosstim–3 bakterial o‘g‘iti va azotni faol o‘zlashtiruvchi (Bradyrhizobium Japonicum) tuganak bakteriyalarni o‘zida saqlovchi tuproq hamda o‘suv davrida Serhosil biopreparati bilan ishlov berish orqali ushbu ekinlarni parvarishlashda qo‘llaniladigan fosforli va azotli o‘g‘itlar me’yorlarini 25-30% ga tejash imkoniyatlari mavjudligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyati sharoitida soyaning ertapishar va o‘rtapishar mahalliy navlari urug‘larni ekish oldidan azotni faol o‘zlashtiruvchi bakteriyalari mavjud bo‘lgan tuproq va fosfor parchalovchi Fosstim−3 bakterial bioo‘g‘iti hamda o‘suv davrida Serhosil biopreparatini qo‘llash agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ilmiy natijalari asosida:
fermer xo‘jaliklari uchun “Muqaddam nitrogenlangan tuproqlarni soya ekiladigan maydonlarda qo‘llash bo‘yicha” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023–yil 16 yanvardagi 07/21-21-05/159–son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida soya navlarini resurs−tejamkor usulda etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
soyaning o‘rta kechpishar “Baraka” va o‘rtpishar “To‘maris Mman-3” navlari Beshariq tumani, “Abdumalikova Maknuna Orzusi” 2,4 gektar, “Chilmat Rais” 1,7 gektar, “Beshariq nav sinash uchastkasi” 2,4 gektar, “Komiljon Axmedov” 2,0 gektar, “Muslimbek Asadbek kelajagi” 2,4 gektar, “Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy tajriba stansiyasi” ning 3,0 gektar maydoniga va “Turdiev Hamizali Turdievich” 1,5 gektar jami 15,4 gektar maydoniga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023–yil 16 yanvardagi 07/21-21-05/159–son ma’lumotnomasi); Natijada don hosildorligi soyaning “Baraka” navida 37,0-36,4 s/ga “To‘maris Mman-3” navidan 33-32,8 s/ga don hosili olinib, nazoratga nisbatan “Baraka” navi 1,2-0,7 s/ga “To‘maris Mman-3” navi 1,2-1,0 s/ga don hosili olishga erishilgan.
soyaning o‘rta kechpishar “Baraka” va o‘rtpishar “To‘maris Mman-3” navlari urug‘larini ekish oldidan fosfor parchalovchi Fosstim–3 bakterial o‘g‘iti bilan ishlov berib, erni ekishga tayyorlashda azotni faol o‘zlashtiruvchi (Bradyrhizobium Japonicum) tuganak bakteriyalarni o‘zida saqlovchi maydonlarning 0–15 sm qatlamidan tuproq olib kelinib, gektariga 1500 kg miqdorida qo‘llab ekish texnologiyasi Farg‘ona viloyati Beshariq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 yanvardagi 07/21-21-05/159–son ma’lumotnomasi). Natijada rentabillik darajasi “Baraka” navida 26,8-24,5 foizga soyaning “To‘maris Mman–3” navida rentabellik ko‘rsatkichi 28,8-27,4 foizga yuqori bo‘lganligi aniqlangan.