Nabieva Naima Axmedovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyonlarning pasterellyoz kasalligini patomorfologik diagnostikasi va unga qarshi kurash choralari”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/V24
Ilmiy rahbar: Elmurodov Bozorboy Aktamovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Dilmurodov Nasriddin Babakulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Butaev Maxmud Qarshievich veterinariya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi quyonlar pasterellyozini Respublikaning ayrim viloyatlarida tarqalishini o‘rganish, patomorfologik va bakteriologik diagnostikasini tadqiq qilish, kasallikni davolashda samarador veterinariya dori vositalaridan foydalanish va zoogigienik me’yorlari darajasida quyonlarni saqlash va to‘la qonli oziqalar berish asosida organizmning rezistentligini oshirish choralarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamizning quyonchilik xo‘jaliklarida pasterellyozning tarqalish darajasi 19 % ekanligi va mavsumiy dinamikasi bahorda 43 foizni va kuz faslida 28,4 % uchrashi aniqlangan;
quyonlar pasterellyozida jigar gepatotsitlarining nekrozlashganligi sababli qonda Alaninaminotransferaza (ALT) 2,4±0,45 marta va Aspartataminotransferaza (AST) fermentlarining faolligi 3,6±0,56 marta oshishi aniqlangan; 
quyonlar pasterellyozida qonida me’yorga nisbatan gemoglobin 4,3±0,02 %, eritrotsitlar 3,4±05 %, monotsitlar 24±1,4 %, gemotokritlar 18,4±1,02% kamayganligi va leykotsitlar 6,4±0.023%, granulotsitlar 13±1,05 %, bilirubin 11±1,03 %, karbamid 11,9±1,01 %, kreatinin 176±11,4 % ko‘payishi aniqlangan;
gistologik tekshirishlar natijasida taloqda limfotsitlar giperplaziyasi, o‘pka parenximasida (makrofaglar) infiltratsiya, limfa tugunlarida limfotsitlar giperplaziyasi va traxeyaning birlamchi epiteliyasida limfo-makrofagal infiltratsiya aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quyonlar pasterellyozining patomorfologik jihatdan diagnostikasi va unga qarshi kurash choralari asosida:
«Quyonlarni parvarishlash va ularda uchraydigan kasalliklarga qarshi kurash» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 31 yanvar 02/23-29-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomani quyonchilik bilan shug‘ullanuvchilarga shu soha bo‘yicha malakasini oshirishga, naslli quyon zotlarida ko‘p uchraydigan infeksion va yuqumsiz kasalliklarni davolash va oldini olish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari mutaxassislarga qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 
2015-2022 yillar davomida Respublikamizning ayrim viloyatlarida quyonchilik fermer xo‘jaliklarida pasterellyozning epizootologiyasi o‘rganilgan va xulosa berilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 31 yanvar 02/23-29-son ma’lumotnomasi). Natijada quyonlar pasterellyozini Samarqand, Toshkent, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida o‘rtacha 19 % tarqalishi aniqlangan. Mavsumiy dinamikasi bahorda 43 foizni va kuz faslida 28,4 % uchrashi aniqlangan. 
quyonlarning patologik namunalari, to‘qima va qon namunalari bakteriologik, gematologik, gistologik va biokimyoviy tekshirishlar asosida patomorfologik diagnostikasi joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 31 yanvar 02/23-29-son ma’lumotnomasi).  Natijada,  veterinarlar va quyonchilik bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar uchun quyonlarning pasterellyoz kasalligiga tezkor diagnoz quyish imkoni yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish