Po‘latova Sevara Maxmud qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Vobkent tumani shevasining arealogik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2404. 
Ilmiy rahbar: Axmedov Atoullo Raxmatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Rasmiy opponentlar: Quvvatova Dilrabo Xabibovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Murodova Nigora Qulievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09
    Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Vobkent tumani misolida shevalarni areal-lingvistik jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vobkent tumani shevasining areal-lingvistikasi o‘zbek adabiy tilining lug‘aviy meʼyorlarini belgilash, turli sohalarning ilmiy terminologiyasini tartibga solish, tilning imloviy va orfoepik qoidalarini takomillashtirishi aniqlangan;
xaritalashtirish orqali olingan lisoniy ma’lumotlar sheva vakillarining etnogenezi, urug‘ va qabilalarning migratsiyasi, birlashish yoki ajralish jarayonlari haqida ma’lumot olishda, Vobkent tumani o‘zbek xalq shevasi bo‘yicha to‘plangan materiallar, shevaning o‘ziga xos xususiyatini ifodalovchi izoglossalar bilan dalillangan;
o‘zbek xalq shevasi orqali faqat tekshirilayotgan sheva leksikasiga mansub bo‘lgan dialektlarning aniqlanishi va lisoniy xususiyatlarning berilishi “O‘zbek tili izohli lug‘ati”dan o‘rin olmagan 40 dan ortiq dialektning ajratilganligi bilan isbotlangan;
Vobkent tumanida til hodisalarining tarqalish hududi aks etgan 70 ga yaqin xaritaning berilishi va bu landshaftlarda sheva vakillarining etnogenezi, urug‘ va qabilalarning migratsiyasi, birlashish yoki ajralish jarayonlarini aks ettirishi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
Vobkent tumani shevasining areal-lingvistik tahlili asosida o‘zbek adabiy tilining lug‘aviy meʼyorlarini belgilash, turli sohalarning ilmiy terminologiyasini tartibga solish, tilning imloviy va orfoepik qoidalarni takomillashtirish aniqlangan ma’lumotlardan A-OT-2021-2 raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2020-2021-yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 16-noyabrdagi 06-03-1-3-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘plangan shevalarga doir misollar elektron platformaning lug‘at qismidan o‘rin olib, lingvistik ta'minot vazifasini bajargan;
xaritalashtirish orqali olingan lisoniy ma’lumotlar sheva vakillarining etnogenezi, urug‘ va qabilalarning migratsiyasi, birlashish yoki ajralish jarayonlari haqida ma’lumot olishda, Vobkent tumani o‘zbek xalq shevasi bo‘yicha to‘plangan materiallar, shevaning o‘ziga xos xususiyatini ifodalovchi ma’lumotlardan Buxoro davlat universitetida Yo-A-1-9 raqamli “Aholining turli qatlamlariga psixologik yordam ko‘rsatish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda (2020-2021-yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 14-apreldagi 04-04/04-451-son ma’lumotnomasi). Natijada Vobkent tumani shevasining arealogik xususiyatiga doir lingvistik materiallar orqali asoslangan;
o‘zbek xalq shevasini orqali faqat tekshirilayotgan sheva leksikasiga mansub bo‘lgan dialektlarning aniqlanishi va lisoniy xususiyatlarning berilishi “O‘zbek tili izohli lug‘ati”dan o‘rin olmagan 40 dan ortiq dialektning ajratilganligi borasidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlari va “Asrlarning asraganlari” radioeshittirishlari ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 14-noyabrdagi 1-287-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar mazmunan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish