Ulug‘muradov Xamroz Yusuf o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sifatli tola olish maqsadida paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunasining konstruksiyasini takomillashtirish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/T1986
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: R.Sh.Sulaymonov, texnika fanlari doktori, professor. A.U.Sarimsokov, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: sifatli tola olish maqsadida paxtani mayda iflosliklardan tozalovchi takomillashtirilgan uskunani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalaydigan elastik materialdan tayyorlangan qoziqli barabanga ega bo‘lgan takomillashtirilgan elastik qayishqoq qoziqchali tozalagich ishlab chiqilgan;
rezina vtulkalar yordamida boltlar bilan barabanga mahkamlanadigan elastik qoziqli-plankali baraban bilan takomillashtirilgan tozalagichda paxta bo‘lakchasiga urinma yoʻnalish bo‘yicha og‘irlik kuchining proeksiyasi va paxtani tebranma harakatga keltiruvchi zarba kuchlari ta’sirida to‘rli yuza ustidagi xarakat tezligi tenglamasi ishlab chiqilgan.
Takomillashtirilgan uskunaning tozalash samaradorliklarini oshirish uchun normal kuchlarning qiymatlari va elastik barmoqlar bikrligi miqdorining nisbiy ajralish koeffisientiga bog‘liqligi aniqlangan.
uskunadan keyingi chigitning shikastlanish darajasi, toladagi nuqsondor tola va iflos aralashmalarning massaviy ulushi, uskunaning tozalash samaradorligi kriteriyalarga ta’sir etuvchi omillar qoziqchali barabanning aylanishlar soni, elastik qoziqning qayishqoqligi, qoziq uchi bilan to‘rli yuza oraliq masofasiga bog‘liqligi matematik rejalash usuli bilan ko‘p omilli tajribalar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash uskunasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
paxtani mayda iflosliklardan tozalashdagi takomillashtirilgan tozalagich “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tasarrufidagi korxonada, jumladan Jizzax viloyatidagi “Silverleafe” MChJ qo‘shma korxonasiga joriy etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2022 yil 
23 dekabrdagi 02/22-902-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani tozalashda agregatning tozalash samaradorligini navlar bo‘yicha o‘rtacha 2,8 (abs)% va 1,9 (abs)% ga, tola sifatini o‘rtacha 0,3 (abs)% va 0,89 (abs)% ga, chigit sifatini o‘rtacha 0,17 (abs)% va 0,38 (abs)% ga oshirish imkoni yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish