Bekmirzaeva Xasiyat Kuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bobur she’riyatining badiiy obrazlar tizimi”,  10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2867.
Ilmiy maslahatchi: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Ergash Otadjonovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari doktori; Mullaxo‘aeva Karomat Tashxo‘jaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Boburning poetik mahoratini, uning she’riyatidagi badiiy obrazlar, timsollar, badiiy tasvir vositalarini ochib berish, Lutfiy, Navoiy va Umar Xayyom kabi Sharq adabiyoti namoyandalari she’riyati bilan Bobur lirikasining o‘xshash hamda farqli o‘ziga xos jihatlarini aniqlash, irfoniy-axloqiy masalalarni asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Boburning lirik qahramoni qiyofasi va u qo‘llagan timsollar an’anaviy she’rlarga qiyoslanganda nisbatan hayotiy, jonli va aniqligi uning alohida o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, Bobur mumtoz adabiyotimizning oldingi saflaridagi orif ijodkor, uning turli janrlardagi asarlari nafaqat milliy, balki jahon adabiyotining ham nodir namunasi ekanligi dalillangan; 
Boburning o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uning adabiy tilni xalq tiliga yaqinlashtirish va uni yanada soddalashtirishda namoyon bo‘lishi, Bobur asarlari tilida Farg‘ona shevalaridan tashqari Toshkent, Samarqand, Buxoro shevalari va folkloriga xos xususiyatlar ham mavjudligi, xalq tiliga yaqinlashtirish orqali boyitgani, unga xalq tilidagi juda ko‘p so‘z va iboralarni olib kirgani, Navoiydan farqli tarzda g‘azal, ruboiylar tilini soddalashtirish, xalq tiliga yaqinlashtirishga erishgani ochib berilgan;
lirikasi orqali Bobur shaxsiyati gavdalantirishni “Boburnoma” asarisiz amalga oshirib bo‘lmasligi, shoir ko‘pgina she’rlarini qay holatda dunyoga keltirganini “Boburnoma”da batafsil aytib o‘tgani, “Boburnoma”ning yana bir bebaho qimmati uning yordamida Bobur ijodiy biografiyasi va asarlari tarixini bemalol tiklash mumkinligi, “Boburnoma”da uchraydigan nazmiy parchalarning aksari muallif uchun tashlama vazifasini bajarib, ular keyinchalik muayyan ruboiy, g‘azal yoki qit’aga asos bo‘lgani asoslangan;
Bobur lirikasida aksari hollarda bir mavzu tevaragida so‘z borishi va mantiqiy izchillikka qat’iy amal qilinishi, natijada ular kompozision puxtalik kasb etib, konkret bir mavzuga bag‘ishlangan yoki bir obrazni yoxud muayyan bir ahvolni yorituvchi g‘azal va ruboiylar, alohida-alohida fikrlar aytilgani, badiiy yetuk baytlardan tarkib topgan g‘azallar, ya’ni maqtu’ she’rlar ham kompozision butunlikka egaligi, Bobur g‘azalarining bosh sifatlari mavzu birligi, obraz birligi, g‘oya birligida namoyon bo‘lishi, tabiat lirikasi, ishqiy lirika, vatan timsoli aks etgan she’rlar bari shoirning o‘z hayoti, turmush tarzidan olingan mavzular ekanligi, tabiat mavzui – Bobur she’riyati uchun tabiiy mavzu bo‘lib, shoir she’rlarida tabiat lirikasi o‘ziga xos ifodasini topgani, shoh Boburning hayoti turli diyorlarda kechganligi bois ijodiy merosida vatan va tabiat mavzusi yetakchi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Bobur she’riyatining badiiy obrazlar tizimi” mavzusida erishilgan ilmiy natijalardan: 
Bobur Navoiyning hayot yo‘li va ijodidan birday ta’sirlanganligi, “Boburnoma” asarida ham Alisher Navoiy shaxsi va shoirligi masalasiga katta o‘rin ajratib, batafsil ma’lumot berganligi,  Boburning Sharq va o‘zbek she’riyati namoyandalari, ayniqsa, Lutfiy va Alisher Navoiy an’analarini ijodiy o‘zlashtirganligi, ilmda  Boburning o‘zi Navoiyning terma devonini tuzib chiqqani “Boburnoma” asosida aniqlanganligi masalalariga doir ilmiy-nazariy qarashlar va xulosalardan O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va folklori institutida amalga oshirilgan PZ-20170930220 “Navoiy qomusini nashrga tayyorlash va chop etish” (2018-2020 yy.) amaliy loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2023 yil 10 martdagi 3/1255-479 raqamli ma’lumotnomasi).  Natijada Alisher Navoiy va Zahiriddin Boburning ijodiy hamkorligi hamda adabiy ta’sir xususidagi qarashlarning o‘rganilmagan jihatlarini ochib berishga xizmat qilgan. O‘zbek adabiyoti tarixidagi ikki buyuk shoir munosabatlarini yorituvchi ilmiy-nazariy xulosalar, navoiyshunoslikka oid turli mavzudagi qator maqolalar va dissertatsiyadan foydalanib keltirilgan bir qator ma’lumotlar loyihaning mazmunan boyitilishiga sabab bo‘lgan;
shoir ijodiyoti  Zahiriddin Bobur she’riyatiga oid tarixiy, adabiy manbalar o‘rganilib, hozirgacha qilingan tadqiqotlar va chop etilgan materiallarni tahlil etish natijasida shoirning Lutfiy, Navoiy, Umar Xayyom kabi ijodkorlarga izdoshligi mavzusi yoritilgan,  lirikasidagi an’ana va novatorlik ilmiy asoslangan, shoir she’riyatidagi so‘z, timsol va ifoda mutanosibligi belgilanib, obraz, ramz hamda timsollar qo‘llashdagi mahorati ko‘rsatib berilgan,  badiiy tasvir vositalaridan foydalanish mahorati ochib berilgan maqolalaridan Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti va folklori institutida amalga oshirilgan OT-FB – 78 “O‘zbek adabiyoti 100 jildligini nashrga tayyorlash” (2017-2022 yy.) fundamental tadqiqoti loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2023 yil 10 martdagi 3/1255-479 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada ma’lum bir tanlovlar asosida jamlanib, nashrga tayyorlanib, lirik merosi to‘laligicha qamrab olinib, so‘zboshilar yozishda Bobur ijodiyotining qo‘lyozma nusxalari o‘zaro qiyoslanib, shakl va mazmundagi farqli jihatlar ham tahlil qilingan monografik tadqiqot, boburshunoslikka oid turli mavzudagi qator maqolalari mazkur amaliy loyihaning metodologik asoslarini shakllantirishga xizmat qilgan. 
     

Yangiliklarga obuna bo‘lish