Maxmudov Saydinjon Botirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Operatsiyadan keyingi ventral churra bilan bemorlarni plastika usulini tanlash mezonlari» 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD /Tib3071.
Ilmiy rahbar: Babajanov Axmadjon Sultonboevich, tibbiyot fanlar nomzoti, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.04.2022 Tib 93.01.
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Sattorov Oybek Toxirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: «A.V. Vishnevskiy nomidagi xirurgiya milliy tibbiyot tadqiqot markazi» (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gernioalloplastika usulini tanlash mezonlaridan foydalanish asosida operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
operatsiyadan keyingi ventral churralarida gernioalloplastika usulini tanlash mezonlari nafaqat churra defektining o‘lchamiga, balki kompyuter tomografiya xulosasi bo‘yicha churra hajmining qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatini aniqlash asosida aniqlangan;
ilk bor kichik va urta hajmdagi (W 1 - W 2 ) operatsiyadan keyingi ventral churralarda laparoskopik gernioalloplastikani amalga oshirish imkoniyati asoslab berilgan va uning texnik jihatlari takomillashtirilgan;
katta va gigant o‘lchamdagi (W 3 - W 4 )  operatsiyadan keyingi ventral churralarda taranglashmagan gerioalloplastikaning taktik va texnik jihatlari optimallashtirishi kompartment sindrom va churra residivining kamaytirishi asoslangan;
gernioalloplastika usulini tanlash mezonlaridan, yani churra nuksonini ulchami, churra xajmining korin bushligi xajmiga nisbati, korin old devori tukimalarining xolati, korin bushligidagi bitishma jarayonining rivojlanganligidan foydalanish asosida operatsiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yildagi 6 yanvar`dagi 8nz/11-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 26 dekabrdagi 5254-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: kompyuter tomografiya ma’lumotlari asosida operasiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik usulini tanlashning operasiyadan oldingi mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular taranglashmagan alloplastika usulini rejalashtirish va mos implant hajmini tanlash imkonini berganligi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (16.01.2023 y.; № 15/U/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operasiyadan keyingi ventral churralarda gerniallooplastika usulini tanlashda, qorin old devorining nuqsoni hajmini va churraning qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatini aniqlash, kompyuter tomografiyasi ma’lumotlaridan foydalanish orqali bemorlarni ana’naviy operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish, davolash va hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi ventral churralarda gerniallooplastika usulini tanlashda, qorin old devorining defekti hajmini va churraning qorin bo‘shlig‘i hajmiga nisbatini aniqlash, kompyuter tomografiyasi ma’lumotlariga asoslangan bo‘lsa keyingi asoratlarni oldini olinib ortiqcha sarf harajatlar davlat byudjeti mablag‘larini  tejashga erishilgan. Operatsiyadan keyingi ventral churrasi bulgan bemorlarga kompyuter tomografiya xulosasidan foydalanish yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlarning oldini olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 6400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 8000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: kichik va urta hajmdagi (W 1 - W 2 ) operasiyadan keyingi ventral churralarda laparoskopik gernioalloplastikani amalga oshirish imkoniyati asoslab berildi va uning texnik jihatlari takomillashtirildi, bu o‘z navbatida operasiyani bajarish texnikasini sezilarli darajada soddalashtirgan Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (16.01.2023 y.; № 15/U/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: IPOM metodida laparoskopik gernioalloplastika kichik va o‘rta hajmli (W1-W2) operasiyadan keyingi ventral churralarda endoprotezni mahkamlashning texnik jihatlarini takomillashtirish operasiyani bajarish texnikasini ancha soddalashtiradigan va uning davomiyligini qisqartiradigan davolash usulini joriy etish taklif etilgan; bemorlarning hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanganligi, shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda kasallikning asoratlari va qaytalanishi bo‘lmaganligi amaliyotda keng qo‘llashni asoslab berilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kichik va o‘rta xajimdagi operatsiyadan keyingi ventral churralar (W1,W2) mavjud bo‘lgan, aponevroz defektining o‘lchamlari mos ravishda 5 sm gacha va 5 dan 10 sm gacha bo‘lgan 49 nafar bemorlarda «IPOM» usulida laparoskopik protezlovchi gernioalloplastika qo‘llanilgan. 12 (24,5%) bemorda esa "Physiomesh" yoki "Prosid" (Ethicon) kompozit tursimon implantlari qo‘llangan. Natijada operativ aralashuvdan keyin  asoratlarni oldini oladi degan xulosaga kelish mumkin, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 740000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 820000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: katta va gigant o‘lchamdagi (W 3 - W 4 )  operasiyadan keyingi ventral churralarda taranglashmagan gerioalloplastikaning taktik va texnik jihatlari optimallashtirilgan, bu esa kompartment sindrom va churra residivining kamaytirishga imkon yaratgani Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (16.01.2023 y.; № 15/U/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Oldindan o‘rnatilgan P-simon choklar yordamida "onlay" usulda taranglashmagan gernioalloplastikani va  kombinasiyalangan" onlay + sublay " usuli bilan endoprotezni implantasiya qilishning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish,  kompartment sindromi rivojlanishini va operasiyadan keyingi katta va gigant (W3-W4) o‘lchamdagi churralarda kasallikning qaytalanishini kamayishiga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Oldindan o‘rnatilgan P-simon choklar yordamida "onlay" usulda taranglashmagan gernioalloplastikani va  kombinatsiyalangan" onlay + sublay " usuli bilan endoprotezni implantatsiya qilishning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish,  kompartment sindromi rivojlanishini va operatsiyadan keyingi katta va gigant (W3-W4) o’lchamdagi churralarda kasallikning qaytalanishini kamayishiga imkon bergan, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 740000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 8900000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gernioalloplastika usulini tanlash mezonlaridan foydalanish asosida operasiyadan keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni davolash algoritmi ishlab chiqilgani Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi (16.01.2023 y.; № 15/U/2023) buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gernioalloplastika usulini tanlash mezonlari asosida operasiyadan   keyingi ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun tavsiya etilgan algoritm operasiyadan keyingi asoratlar chastotasini 11,9% dan 4,3% gacha kamaytirishga, kompartment sindromi rivojlanmasligiga va kasallikning qaytalanishini pasayishi amaliyotda keng qo‘llashni tavsiya qilish asoslangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi ventral churra bilan bemorlarni davolashda, jarroxlik usulini tanlashda tavsiya etilgan differensial yondashuv operatsiyadan keyingi yaqin davrdagi asoratlar va churra retsidivining kamayishi bilan o‘z samaradorligini isbotlagan, bu esa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 670000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 780000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Maxmudov Saydinjon Botirjon o‘g‘lining « Operatsiyadan keyingi ventral churra bilan bemorlarni plastika usulini tanlash mezonlari» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqasog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti prorektori tomonidan 2022 yil 26 dekabrdagi №5254-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqadim etilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish