Xakimova Zulxumor Karimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Epidemiologiya, faktori riska i innovatsionnie aspekti profilaktiki zabolevaniy organa zreniya u dolgojiteley v usloviyax Uzbekistana”, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc /Tib730.
Ilmiy rahbarlar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kamilov Xolidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, PhD.04/30.12.2019Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Saloxiddinov Zuxriddin Saloxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ikramov Azizbek Fazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yangieva Nodira Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
 Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi ayrim xududlarida uzoq umr ko‘ruvchilar orasida ko‘z kasalliklari epidemiologiyasi va xamrox turli xil xavf omillarida ularning rivojlanishini o‘rganish, xayot va tibbiy xizmat sifatini baxolash, shuningdek oftal`mo kontinuumni samarali innovatsion dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq umr ko‘ruvchilarida ko‘z kasalliklarini epidemiologik aniqlashda yangicha metodik yondashuvlar va profilaktik algoritmlar ishlab chiqilgan;
ilk bor shaxar va qishloq, erkak va ayol uzoq umr ko‘ruvchilar (UUK) orasida ko‘z kasalliklarini tarqalishi darajasi va UUK ni elektron nazorati, dispanserizatsiyasi amalga oshirish asoslangan;
turli xil iqlimiy geografik xududlarida yashovchi UUKda ko‘rish a’zosi kasalliklarini (KAK) tarqalishi xolati, shakllanish xususiyatlari, ularni qiyosiy taqqoslanishi, keltirib chiqaruvchi xavf omillari va ularning komorbidligi axamiyati aniqlangan; 
analitik prospektiv tadqiqot yo‘li bilan UUKda ko‘z kasalliklarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniklangan;
ilk bor O‘zbekiston UUK orasida ko‘z kasalliklarini diagnostikasi, dispanserizatsiyasini elektron dasturi, nazorati, davolash va oldini olish chora tadbiri ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 27 iyun`dagi 06/14 sonli xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: tadqiqotlar natijasida Farg‘ona vodiysi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida uzoq umr ko‘ruvchi aholisi orasida eng ko‘p ko‘z kasalliklaridan katarakta, refraksiya anomaliyalari va to‘r parda qon tomirlarini gipertoniya kasalligidagi o‘zgarishlari ko‘proq uchrashini aniqlanganligi izlanuvchini asosiy ilmiy yangiligidir. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 11-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq umr ko‘ruvchilarda kechayotgan ko‘z kasalliklarini Farg‘ona vodiysi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatining uzoq umr ko‘ruvchilarida esa ko‘rish organi kasalliklari aksariyat miya qon tomirlarining aterosklerozi, oshqozon-ichak trakti, siydik tizimi va LOR a’zolari kasalliklari bilan birga kechishi aniqlangan. Bu yangilik ko‘z kasalliklarining rivojlanishini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘z kasalliklaridan yordamchi apparat va gavhar kasalligini umumiy kasalliklardan gipertoniya va anemiya bilan bog‘liqligini shifokor bilishi bemorlarni ko‘z kasalliklarini rivojlanishi va kelib chiqadigan asoratlarni oldini olish bilan birga davolashda ketadigan sarf-xarajatlardan 2050000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Farg‘ona vodiysi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi uzoq umr ko‘ruvchilarda ko‘rish a’zosi kasalliklaridan ko‘z yordamchi apparati va gavhar kasalliklarini, umumiy kasallik bilan bog‘liqligini, keltirib chiqaruvchi xavf omillarini bilish orqali nogironlik va ko‘rlikni oldini olishga erishiladi. To‘g‘ri va vaqtida klinik tashxis qo‘yishga va davolashga erishilishi va 1 nafar uzoq umr ko‘ruvchini bir marta ko‘z bo‘limida qayta yotib davolanishi uchun o‘rtacha (hozirgi kunda klinikamizda oftal`mologiya bo‘limida 1 kun yotish 75000 so‘m, dori-darmonga 23000 so‘m) bir kun yotib davolanishdan 773 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonning turli iqlimiy geografik zonalarida yashovchi ko‘z kasalliklari bo‘lgan uzoq umr ko‘ruvchilarida kasallikning komorbidlik holatini, bog‘liqligini o‘rganish izlanuvchining asosiy ilmiy yangiligidir. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, turli iqlimiy geografik zonalarida yashovchi uzoq umr ko‘ruvchilarda ko‘z gavhari kasalligi (r= 0,301) va gipertoniya kasalligi (r= -0,106) o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bor. Bu yangilik ko‘z kasalliklaridan ko‘rlik va nogironlikning  rivojlanishini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 11-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rganilgan regionlarda yashovchi uzoq umr ko‘ruvchilarda ko‘z yordamchi apparati kasalliklari, gavhar kasalliklari, gipertoniya kasalligidagi ko‘zdagi patologik o‘zgarishlar umumiy kasalliklar bilan komorbidlik holatini aniqlash kasallikning davolashda, asoratlarini oldini olishda muhim ko‘rsatkich ekanligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi bemorlarda ko‘z kasalliklaridan va umumiy kasalligidan kelib chiqadigan asoratlarni, nogironlik va ko‘rlikning oldini olishga va bemorlarni ko‘z yordamchi apparati kasalliklaridan 34,9% holatda tuzalib ketishiga olib keldi, 26,2% hollarda yaxshilanishga; gavhar kasalliklarida mos ravishda 56,2% tuzalish va 16,0% holatda yaxshilanishga olib keldi. Kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolash uchun ketadigan o‘rtacha (3 kunlik oftal`mojarrohlik bo‘limlarda barcha tahlillar narxi bilan birga yotish 660000 so‘m va kataraktani jarrohlik yo‘li bilan olish va sun’iy gavhar qo‘yish uchun 916 000 so‘m) 1 576 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: Umumiy kasallikni davolash va bu bilan birgina gavharning loyqalanishi, kataraktaning oldini olish natijasida uzoq umr ko‘ruvchilarda ko‘zni jarrohlik usulida davolanishdan 30% holatda oldini olishga erishildi va bitta bemorda o‘rtacha (3 kunlik oftal`mojarrohlik bo‘limlarda yotish barcha tahlillar bilan birgalikda 660000 so‘m va kataraktani jarroxlik yo‘li bilan davolash va sun’iy gavxar qo‘yish uchun 916 000 so‘m) 1 576 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: kasallikni nasldan naslga o‘tishi omili ham hududlarda asosiy omillardan ekanligi aniqlangan. Gipertonik retinopatiya rivojlanishida eng muhim faktorlardan aksariyat uglevodli ovqatlanish (24,03%) va alkogolizmning mavjudligi (17,14%) aniqlandi. Glaukoma aniqlangan bemorlarda nafas olish organlarining patologiyasi (r = 0,110) va gipertoniya kasalligi (r = 0,107) mavjudligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlandi. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 11-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘zbekistonda turli xil iqlimiy sharoitlarda yashovchi uzoq umr ko‘ruvchilarda rivojlanadigan ko‘z kasalliklariga sabab bo‘luvchi xavf omillarini aniqlash va ularni xavflilik darajasini va bir necha xavf omilining birgalikda kechishini oftal`molog va umumiy amaliyot shifokorlarining bilishlari bu yoshdagi aholini ko‘z kasalliklarini rivojlanishini, ko‘rlik va nogironlik holatining oldini olishga xizmat qiladi, ko‘p faktorli profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llashni talab etadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Birlamchi tibbiy va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga qaratilgan elektron monitoring tizimi asosida ishlab chiqilgan algoritm prognozlarga ko‘ra, uzoq umr ko‘ruvchilarda ko‘rish a’zosi kasalliklarini samarali aniqlash, monitoring qilish, boshqarish, davolash va oldini olishga xizmat qiladi dasturidan foydalanish quyidagi natijalarga erishishga imkon beradi. To‘g‘ri va vaqtida klinik tashxis qo‘yish xisobiga 1 nafar uzoq umr ko‘ruvchini bir marta ko‘z bo‘limida qayta yotib davolanishi uchun o‘rtacha (hozirgi kunda klinikamizda oftal`mologiya bo‘limida 10 kun yotish 1 420 000 so‘m, dori-darmonga 550000 so‘m) 1 970 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Ko‘z kasalliklarining rivojlanishiga olib keluvchi yuqori insolyasiya, nasliy omil, chekish, alkogol` iste’mol qilish, aksariyat uglevodli ovqatlanish tartibi, semizlik kabi xavf omillarini bilish orqali ko‘rlik va nogironlikni 30% oldini olishga erishilgan, natijada uzoq umr ko‘ruvchilarni ko‘z kasalliklarini davolash uchun ketadigan o‘rtacha (hozirgi kunda klinikamizda oftal`mologiya bo‘limida 10 kun yotish 1 420 000 so‘m, dori-darmonga 550000 so‘m) 1 970 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonning turli iqlimiy geografik xududlarida yashovchi uzoq umr ko‘ruvchilarining orasida ko‘z kasalliklari tufayli nogironlanish xususiyatlarini o‘rganish. Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 11-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq umr ko‘ruvchilarni ko‘z kasalliklari va bir vaqtdagi umumiy kasalliklari tufayli nogironlanish ko‘rsatgichlarini bilish sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inidagi oftal`molog va umumiy amaliyot shifokorlariga uzoq umr ko‘ruvchilardagi nogironlikka sabab bo‘luvchi omillarini bartaraf etishda va oldini olishda profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.     Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Uzoq umr ko‘ruvchilardagi nogironlikka sabab bo‘luvchi kasalliklarning 20% ga oldini olishga erishildi, o‘z vaqtida davo muolajalarini belgilashga imkon yaratdi va natijada uzoq umr ko‘ruvchilarda shifoxonada yotib davolanish va davolanishga sarflanadigan iqtisodiy xarajatlarni 50% holatda ko‘z kasalliklarining rivojlanib ketishini to‘xtatishga sabab bo‘ldi. Bitta bemorni 10 kun statsionar davolanishidan 1 970 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: uzoq umr ko‘ruvchilarni ko‘z kasalliklari va bir vaqtdagi umumiy kasalliklari tufayli nogironlanish ko‘rsatgichlarini bilish sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inidagi oftal`molog va umumiy amaliyot shifokorlariga uzoq umr ko‘ruvchilardagi nogironlikka sabab bo‘luvchi omillarini bartaraf etishda va oldini olishda profilaktik chora tadbirlarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qildi va natijada bitta be’morni 10 kun statsionar davolanishidan 1 970 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. 
beshinchi ilmiy yangilik:  ishlab chiqilgan algoritm o‘z ichiga KAK paydo bo‘lish xavfi darajasini va oftal`mologik patologiyani erta aniqlashni o‘z ichiga oladi; Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 80-sonli, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z kasalliklari mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy markazi Namangan filiali bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 204-A/F-sonli va Andijon viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi bo‘yicha 2023 yil 19 iyun`dagi 11-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yaratilgan algoritm birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida ko‘z shifokori va oilaviy shifokorning klinik ko‘rikdan o‘tkazish, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va UUKda KAKni oldini olish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: profilaktik tibbiy ko‘rik algoritmidan foydalanish birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida KKni o‘z vaqtida tashxislash va oldini olish natijasida kasallikni erta aniqlash, tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolash imkonini beradi; va buning natijasida UUKlar holatini 3,5 barobarga yaxshilaydi, 89% hollarda ko‘z kasalliklarining rivojlanishini to‘xtatishga olib keladi. Bu Farg‘ona vodiysida kuzatuvda bo‘lgan 60 ta UUK davolanishiga 3 million 360 ming so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi. Xulosa: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami darajasida KKni klinik ko‘rikdan o‘tkazish, o‘z vaqtida tashxislash va oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm kasallikni barvaqt aniqlash, tashxis qo‘yish va o‘z vaqtida davolash imkonini beradi va buning natijasida UUK lar ahvolini 3,5 barobarga yaxshilaydi, KAK 89% hollarda rivojlanishini to‘xtashiga olib keladi. Buning natijasida Farg‘ona vodiysidagi kuzatuvda bo‘lgan 60ta UUK davolanishiga 3 million 360 ming so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish